Dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishda zamonaviy biotexnologiyaning ahamiyati. Ma’ruza rejasi


Download 247.38 Kb.
bet16/16
Sana02.01.2022
Hajmi247.38 Kb.
#188366
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BIOLOGIK FAOL MODDALAR KLASSIFIKATSIYASI,TUZILISHI

Aralashtirish tezligi (har bir mahsulot uchun har xil).

Aeratsiya uchun uzatiladigan xavo sarfi.

Fermenterdagi bosim

rn muhit


Suvda erigan kislorodning porsial bosimi

Fermenterdan chiqishdagi korbonat angidrid gazi konsentratsiyasi

Biokimyoviy ko‘rsatkichlar (oziqa moddalarini o‘zlashtirishi)

Morfologik ko‘rsatkichlar (sitologik) xujayralarning rivojlanishi m/o ni nazorat etish.

Begona mikroflorani borligi

Fermentatsiya jarayonida biologik faollikni aniqlash

Fermentatsiya jarayonida m/o metabolizmi natijasida kщpik xosil bщladi. Uni yo‘qotish (so‘ndirish) maqsadida ko‘pikni yo‘qotuvchilarni – yog‘larni qo‘shish lozim bo‘ladi (baliq moyi, sintetik moylar) 3. Biosintez jarayonlarini turlari2

Bisintez jarayonlari quyidagilarga bo‘linadi:

• davriy,

• yarim davriy,

uzluksiz,

• ko‘p bosqichli.

1. Davriy jarayon – ekish materiali fermenterga uzatilgandan so‘ng, texnologik parametrlari o‘rnatiladi (harorat, rn, aralashtirgich aylanish soni) va jarayon so‘nggi mahsulot hosil bo‘lgunga qadar o‘zi amalga oshadi. Bu jarayon iqtisodiy jihatdan foydasi kamdir, chunki so‘nggi mahsulot miqdori kam chiqadi.

2. Yarim davriy jarayon yoki boshqariladigan fermentatsiyadavriy jarayondan fermentatsiya jarayonida fermentyorga turli oziqa moddalari qo‘shilishi bilan (uglerod azot manbalari), rn boshqarilishi bilan va ma’lum vaqtda o‘tmishdosh modda qo‘shilishi bilan ajralib turadi .

YArim davriy jarayon iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, so‘nggi mahsulot chiqish hajmi kattadir.



3. Uzluksiz jarayon. Biosintez jarayonida fermentyordan ma’lum miqdordagi kultural suyuqligi olinadi va boshqa fermenterga o‘tkaziladi, unda ham biosintez jarayoni amalga oshadi.

Kultural suyuqlik ekish materiali sifatida hizmatqiladi. Kultural suyuqlik olingan fermentyorga shuncha hajmda suv qo‘shiladi va biosintez jarayoni davom etaveradi. Bu manipulyasiya doim takrorlanib turadi. Bunda kultural suyuqlik bir fermentyordan ikkinchi fermentyorga o‘tkazilib boraveriladi. Bu jarayonni ustunligi shundaki, bunda ekish materialining o‘sish bosqichi kisqaradi.



4. Ko‘p bosqichli jarayon. Fermentatsiya so‘nggida 90% kultural suyuqlik to‘kib yuboriladi, qolgan qismi esa ekish materiali sifatida hizmat qiladi.

11.Комилов Х.М., Махмудов А.А. Биологик фаол моддалар технологияси. Тошкент. EXTREMUM PRESS, 2010. 270 б.

2Tanaka Y. and Omura S. 2008. Regulation of biosynthesis of polyketide antibiotics.In: Okami Y., Beppu T. and Ogawara H. (editors), Biology of Actinomycetes '88, pp. 418-423. Japan Science Society. Tokyo.

Download 247.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling