Dori vositalarining yaratilish jarayoni va ta’sir qilish mexanizmlari
Dori preparatiga qo’yiladigan talablar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
8Dori vositalari-1
Dori preparatiga qo’yiladigan talablar:
Farmakolog bilan bir vaqtda mutaxassis – provizorlar ham ish olib boradilar. Ular eng ma’qul bo’lgan ratsional dori shaklini aniqlab beradilar. Shu bilan preparatning klinik sinovlargacha bo’lgan bosqichi o’z yakuniga yetadi. Har bir davlatda dori vositasini klinik sinash va kelgusida dori preparati sifatida qo’llash uchun ruxsatnoma taqdim etuvchi tashkilot mavjud. Dori preparatini aprobatsiya uchun qabul qilgan klinitsist olim oldida turgan vazifa ham xuddi farmakologlar kabi moddaning dorivorlik xususiyatini baholash va uni qo’llashda kelib chiqishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlarni aniqlashdir. Biroq klinitsistlar farmakologlar duch kelmaydigan qiyinchilikka duch keladilar, bu inson ongining dori ta’siriga baho berishga ko’rsatadigan ta’siridir. Ayrim kasalliklarda shifokorning nufuzi va singdirishi, kasalxona rejimi, dieta sabab kasalning ahvoli yahshilanishi ham mumkin. Shu sababli davolashga ta’sir etuvchi qo’shimcha faktorlarni inobatga olgan holda dori vositasining haqiqiy ta’sirini ajratib olish zarur. Buning uchun platsebo (bo’sh dori) usulidan foydalaniladi. Misol uchun, be’morlarning tezkor effektiv da’vo zarur bo’lmagan bir guruhiga, dori vositasi bo’lgan tabletkalar, ikkinchi guruhiga esa tashqi ko’rinishi o’xshash bo’lgan ammo dori vositasi tutmagan platsebo tabletkalar beriladi. хavfsiz effektiv Kimyoviy va metabolik chidamli Oson so’riluvchi Sintezlanishi qulay Normativ-huquqiy patentlanishi Agar bunday da’vo natijasida birinchi guruh be’morlarining taxminan 60 % da salomatligi yahshilansa, ikkinchi guruhda esa 30 % bemorlarning sog’lig’I yahshilangani kuzatilsa, bunda dori vositasining samarasi platsebo ustidan yaqqol namoyon bo’ladi. Demak preparat samarali degan xulosaga kelish mumkin. Agar preparatning effekti platsebo ko’rsatgan tatijaga teng bo’lsa, preparat samarasiz deb hisoblanadi. Preparatlarni ishlab chiqish bilan nisbatan yosh bo’lgan fan – Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling