Dori vositalarining yaratilish jarayoni va ta’sir qilish mexanizmlari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
8Dori vositalari-1
klinik farmakologiya shug’ullanadi. Agar klinik sinovlar natijasida preparat samarali ekanligi
tasdiqlansa, shifokor keying bosqichda preparatning nojo’ya ta’sirini baholashi kerak. Misol uchun, agar shifokor qon bosimini pasaytirish uchun dori vositasini qo’llasa va shu bilan bir vaqtda be’morda oshqozon – ichak buzilishi kuzatilsa, bu preparatning nojo’ya ta’siri hisoblanadi. Bu nojo’ya ta’sirning kuchli darajasi yuqoriligi sabab, ba’zan klinik sinovlar to’xtatilishiga va preparatning kelgusida ishlab chiqarilmasligiga sabab bo’la oladi. Biroq kam uchraydigan va yuzaga kelishi sust bo’lgan va be’morning salomatligiga bevosita salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan nojo’ya ta’sirlar preparatni rad etishga sabab bo’la olmaydi. Ma’lumki, bir qator siydik haydovchi vositalar: furosemid, dixlotiazid kabilar qonda kaliy miqdorini kamaytiradi, ya’ni gipokaliemiyani yuzaga keltiradi. Bunday vaziyatda organizmdagi kaliy miqdori dieta yoki kaliyli dori preparatlari, kaliy tejovchi diuretiklar buyurish orqali qayta tiklanadi. Korreksiyaning bunday usuli yurak qon – tomir kasalliklari bo’lgan be’morlarni gipokaliemiya rivojlanishidan xavotir olmagan holda diuretiklar bilan samarali davolash imkonini beradi. Klinik sinovlar muvaffaqiyatli o’tsa, preparatni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga ruxsat beriladi va dorixonalardan joy oladi. Preparat haqidagi taqrizlar chop etiladi, dori vositasining ta’sir qilish mexanizmini o’rganish davom ettiriladi va nihoyat, preparat dori vositalari qatoridan joy oladi. Dori vositasining tadqiqotning birinchi bosqichidan to be’morlargacha bo’lgan yo’li uzoq va mashaqqatlidir. Dori vositasini amaliyotga qo’llashga ruxsat berilishiga ko’pincha bir necha yillar talab etiladi. Bir necha ming birikmalardan faqat ayrimlarigina “dori preparati” nomini olib amaliyotga tadbiq etiladi. Farmakokinetika muammolari Farmakokinetika – farmakologiyaning bir bo’limi bo’lib, dori vositalari organizmda namoyon qiladigan xususiyatlari: dorining organizmga so’rilishi, tarqalishini, ajratib chiqarilishi va biotransformatsiyasini o’rganadi. Dori preparati ta’sir qilishi uchun u eng avvalo organizmga kiritilishi zarur. Bu esa ikki xil usulda: enteral va parenteral (yunoncha enteron – oshqozon – ichak trakti) amalga oshiriladi. Enteral usullarga organizmga bevosita kiritish, til ostiga, o’n ikki barmoq ichak va to’g’ri ichakka kiritish kabilar misol bo’ladi. Parenteral usulda dori preparati oshqozon ichak trakti ishtirokisiz amalga oshadi. Bular: teri ostiga, mushaklar orasiga, venaga inyeksiya qilish kabilardir. Dorini kiritish yo’li ko’p hollarda uning ta’sir qilish samaradorligi va tezligini aniqlab beradi. Organizmga kiritilgandan so’ng dori moddasi qon orqali barcha organlar, to’qimalar va hujayralar aro suyuqliklar bo’ylab tarqaladi. Bunda kiritilgan moddaning konsentratsiyasi har bir to’qima va organlarda bir xil bo’lmaydi. Dori moddasining organism bo’ylab bir xil tarqalishiga to’qima baryerlari (to’siq) to’sqinlik qiladi. Bunday baryerlardan biri gematoensefalik baryer (GEB) bo’lib, qondan moddalarning markaziy nerv tizimiga o’tishi chegaralangan. Lipidlarda erimaydigan va ionlashgan zarrachalar bu baryerdan o’ta olmaydi. Masalan, to’rtlamchi azot atomi tutuvchi moddalar bu baryer orqali juda qiyin o’tadi. Bunday moddalarga atsetilxolinni misol qilish mumkin. Bunday baryerning vazifasi ma’lumdir: ya’ni u qon orqali ayrim moddalarning MNS ga so’rilishi va funksiyasini buzishini oldini oladi. Shu tufayli nafaqat biologic faol moddalar, balki ko’pgina dori vositalari (miorelaksantlar, ganglioblokatorlar) ham gematoensefalik baryerdan o’ta olmaydi. Nisbatan yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan baryer sifatida kapillyarlar devorini keltirish mumkin. U orqali ko’pgina dori vositalari o’ta oladi va shu bilan birga yuqori molekulyar og’irlikka ega moddalar (masalan, 70 000 kDa massaga ega bo’lgan albumin) o’ta olmaydi. Kapillyarlarning bunday xususiyati qon o’rnini bosuvchi yuqori molekulyar moddalar (poliglyukinlar) ni amaliyotda qo’llanilishi imkonini beradi. Bu moddalar qonda sirkulyatsiya qiladi va to’qimalarga so’rilmaydi. Ona organizmini homiladan ajratib turuvchi yo’ldosh pardasi (platsentar baryer) ham ko’pgina dori vositalarini oson o’tkazadi. Shuning uchun ona oragnizmiga kiritilgan dori moddalari homilaga ham ta’sir etadi. Suvda yahshi eruvchi dori vositalari asosan buyraklar orqali organizmdan chiqariladi. Uchuvchan moddalar o’pka orqali, qisman moddalar najas orqali, shuningdek ter orqali ham chiqariladi. Dori vositalarining organizmdan chiqarilishi uning qondagi konsentratsiyasi kamayishi va samaradorligining pasayishining asosiy sabablaridan biridir. Yuqoridagi o’zgarishlardan tashqari, dori moddalari biotransformatsiyaga uchraydi. Dorilarning aksariyat qismi yog’da eruvchan kuchsiz organik kislota yoki ishqorlar bo’lib organizmdan osonlikcha ajratilib chiqarilmaydi. Masalan, buyrak tugunchalaridagi filtratsiyadan so’ng dori moddalari membrane orqali diffuziya yo’li bilan reabsorbsiyalanadi. Oragnizmdan tezroq ajratib chiqarilishi uchun dori vositasi qutbli shaklga transformatsiyalanishi lozim. Shu sababli, agar organizmdagi biotransformatsiya jarayonida qutbli, fiziologik pH muhitida ionlashgan, plazma va to’qima oqsillar bilan kam bog’langan metabolitlar hosil bo’lsa, ular buyrak kanalchalari membranasidan deyarli o’ta olmaydi va reabsorbsiyalanmaydi. Natijada siydik orqali ajralib chiqadi. Demak, biotransformatsiya jarayoni dorilarni organizmdan chiqarilishi orqali ularning effektini kamaytiradi. Biotransformatsiyada ishtirok etuvchi kimyoviy reaksiyalar sintez (konyugatsiya) va nosintetik reaksiyalarga bo’linadi. Birinchi xil reaksiyalarda dori moddalariga moddalar almashinuvi mahsulotlarining birikishi amalga oshadi. Misol uchun, atsetillanish, ya’ni sirka kislotasi, glyukuron va sulfat kislota qoldig’ining birikishidir. Sintez reaksiyalarida ko’pgina organik va anorganik mddalarni, og’ir metallarni bog’lash vazifasini bajaruvchi sulfgidril guruhlar ishtirok etadi. Nospetsifik reaksiyalarga esa oksidlanish, qaytarilish va gidroliz reaksiyalarini kiritish mumkin. Biotransformatsiyada ishtirok etuvchi fermentlar jigarda va jigar hujayralari endoplazmatik retikulumida joylashgan. Tajribalarda jigar hujayralaridan differensial sentrifugalash metodi yordamida ajratib olinganda bu fermentlar mikrosomalar fraksiya bilan bog’langan holda ajralgani uchun mikrosomal fermentlar nomini olgan. Mikrosomal fermentlar konyugatsiya va oksidlanish reaksiyalari tomonidan katalizlansa, nomikrosomal fermentlar esa qaytarilish va gidroliz reaksiyalarini katalizlaydi. Bu mikrosomal fermentlarning faolligi har bir insonda turlicha bo’lib, organizmning genetik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Turli insonlar organizmida biotransformatsiya darajasi 6 va undan ortiq marta farq qilishi mumkin va bu xususiyat organizmning preparatlarga individual ta’sirchanligini belgilab beradi. Ya’ni, bir be’morda kerakli effektga erishish uchun boshqa bir be’morga nisbatan kattaroq dozalar berish orqali erishish mumkin, yoki aksincha. Ayrim dori preparatlari microsomal fermentlarning faolligini kuchaytiradi va ular induktorlar deb ataladi. Ingibitorlar esa aksincha, fermentlar faolligini susaytiradi. Terapiya vaqtida mikrosomal fermentlarning faolligining muhimligiga misol qilib, zotiljam (tuberkulyoz) ga qarshi preparat – isoniazid preparatini keltirish mumkin. Be’morlarning ayrimlarida mikrosomal fermentlarning faolligi yuqori bo’lib, ular izoniazidning tezkor inaktivatorlari deb atalsa, boshqa be’morlarda bu faollik past bo’lib, ular bu preparatni sekin inaktivatorlari hisoblanadi. Ferment faolligi past bo’lgan be’morlarga preparatni 6 kun davomida yuborilganda, qonda izoniazid konsentratsiyasi ikkinchi guruh be’morlarga nisbatan 2.5 barobar yuqori bo’ladi. Fermentni sekin inaktivatorlarida dorining salbiy nojo’ya ta’sirini oldini olish uchun preparat dozasini kamaytirishga to’g’ri keladi. Tabiiyki, dori vositalarini nafaqat jigar, balki boshqa organlar ham “biotransformatsiyalaydi”. Buning natijasida dori preparati tarkibidagi modda nisbatan sust faollikka ega bo’lgan, yahshi eruvchan va organizmdan buyraklar orqali chiqarilishi osonroq bo’lgan boshqa metabolitlarga aylanadi. Shu yo’l bilan inson tanasi kiritilgan dori moddasidan tozalaydi. Farmakokinetika moddaning inaktivatsiya va organizmdan ajratib chiqarilish tezligini aniqlashni o’z ichiga olib, har ikkala jarayon “eliminatsiya kvotasi” termini bilan belgilanadi. Bunda kiritilgan dozaning metabolizmga uchragan va bir sutka davomida chiqarib yuborilgan foizi aniqlanadi. Agar bu foiz kichik bo’lsa, dori moddasini keyingi qabul qilinishi, uning organizmda to’planishi va effektini kuchaytirishi mumkin. Davolovchi shifokor bu fenomendan ustalik bilan foydalanishi mumkin, ya’ni dastlab organizmni to’yintiruvchi dozasini tanlash va keyinchalik kichikroq dozani, preparat konsentratsiyasini muqobillashtirib turuvchi dozani tanlashi mumkin. Ayrim moddalar, xususan, digitalis (naperstyanka) glikozidlari aynan shu yo’l bilan qo’llaniladi. ….. - jadval Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling