Dori vositalarining yaratilish jarayoni va ta’sir qilish mexanizmlari


Dori preparatlarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ishtiroki


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1439635
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8Dori vositalari-1

Dori preparatlarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ishtiroki. 
 


Yangi dori moddalarini ishlab chiqishda bir qator fanlar: genomika, proteomika kabi 
fanlarning o’rni beqiyosdir. Genomika va proteomika molekulyar nishonlarni aniqlash jarayonini 
tubdan o’zgartirdi. Tibbiy davo maqsadida nishonni an’anaviy usulda aniqlash odatda be’morlarni 
kuzatish va kerakli klinik effektni namoyon qilgan moddalarni saralash orqali amalga oshiriladi.
Genomika rivojlanishi bilan, xususan, inson genomining to’liq aniqlanishi va 
annotatsiyalanishi struktura, funksiya va ketma-ketligiga ko’ra minglab boshqa nishonlarni 
aniqlash imkonini beradi.
Bioinformatika nafaqat nukleotid yoki aminokislota ketma-ketliklarini tahlil qilish, balki 
dori preparati va nishon-oqsil ta’sirlashuvini modellashtirish algoritmlarini ishlab chiqish bilan 
ham shug’ullanadi. Buning natijasida dori vositalarini ratsional ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. 
Ya’ni oqsil strukturasi haqidagi ma’lumotlar asosida shu nishon bilan ta’sirlashuvchi ligandlar 
oldindan aytib beriladi. O’z navbatida bunday texnologiyalarni qo’llash katta kimyoviy 
kutubxonalarni yaratishni talab etadi. Farmakoinformatika o’z ichiga biologiya, kimyo, 
matematika, information texnologiyalar kabi fanlarni birlashtiradi.
Dori moddalarni loyihalash jarayoni 
 
Dori-darmonlarni kashf qilish jarayoni yo’naltiruvchi strukturani aniqlash, so'ngra uning 
analoglarini sintez qilish, dori vositalarini ishlab chiqarish uchun nomzod molekulalarini olish 
uchun ularni tekshirishni o'z ichiga oladi. 
An'anaviy dori moddalarni izlash jarayonida quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 
❖ Dori-darmonlar uchun nishonlarni aniqlash, bular asosan: DNK, RNK va oqsillarni 
(retseptorlari, transportyorlari, fermentlari va ion kanallari kabi) o'z ichiga olgan 
biomolekulalarni aniqlash. 
❖ Aniqlangan nishonni bahiolash va tasdiqlash. Bunda aniqlangan nishon biomolekulaning 
tekshirilayotgan kasallikni davolashda farmakologik ahamiyatini bilish va yetarli darajada 
"ishonch" hosil qilish zarurdir. Bunday ishlar hujayra yoki molekula kabi eng quyi darajalardan 
tortib butun organizm darajasida ya’ni hayvonlarda amalga oshirilishi mumkin. 
❖ Aniqlangan “nishon” uchun ingibitorlar, modulyatorlar yoki antagonistlar kabi samarali 
birikmalarni aniqlash “na’muna yaratish” deb ataladi, bunda maqsadga muvofiq ta'sirni 
kuzatish uchun na’muna (proba) yaratiladi va mos tahlilni ishlab chiqish amalga oshiriladi. 
❖ Ma’lum bir ishonchlilik darajasiga ega bo’lgan va dozaga bog'liq maqsadli modulyatsiyani 
namoyon qilgan birikmalar na’muna birikmalari sifatida keying tahlillar uchun yuboriladi. 
❖ Keyinchalik, tajribalar laboratoriyalarda hayvon modellarida amalga oshiriladi va ijobiy 
natijalar ta’sir kuchi va selektivlik nuqtai nazaridan optimallashtiriladi. 
❖ Bunday na’muna moddalar dori ishlab chiqarishga nomzod bo'lishdan avval ularning fizik-
kimyoviy xususiyatlarini, farmakokinetik va xavfsizlik xususiyatlari ham o’rganiladi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling