Dori vositalarining yaratilish jarayoni va ta’sir qilish mexanizmlari
Dori preparatlarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ishtiroki
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
8Dori vositalari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dori moddalarni loyihalash jarayoni
Dori preparatlarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ishtiroki.
Yangi dori moddalarini ishlab chiqishda bir qator fanlar: genomika, proteomika kabi fanlarning o’rni beqiyosdir. Genomika va proteomika molekulyar nishonlarni aniqlash jarayonini tubdan o’zgartirdi. Tibbiy davo maqsadida nishonni an’anaviy usulda aniqlash odatda be’morlarni kuzatish va kerakli klinik effektni namoyon qilgan moddalarni saralash orqali amalga oshiriladi. Genomika rivojlanishi bilan, xususan, inson genomining to’liq aniqlanishi va annotatsiyalanishi struktura, funksiya va ketma-ketligiga ko’ra minglab boshqa nishonlarni aniqlash imkonini beradi. Bioinformatika nafaqat nukleotid yoki aminokislota ketma-ketliklarini tahlil qilish, balki dori preparati va nishon-oqsil ta’sirlashuvini modellashtirish algoritmlarini ishlab chiqish bilan ham shug’ullanadi. Buning natijasida dori vositalarini ratsional ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. Ya’ni oqsil strukturasi haqidagi ma’lumotlar asosida shu nishon bilan ta’sirlashuvchi ligandlar oldindan aytib beriladi. O’z navbatida bunday texnologiyalarni qo’llash katta kimyoviy kutubxonalarni yaratishni talab etadi. Farmakoinformatika o’z ichiga biologiya, kimyo, matematika, information texnologiyalar kabi fanlarni birlashtiradi. Dori moddalarni loyihalash jarayoni Dori-darmonlarni kashf qilish jarayoni yo’naltiruvchi strukturani aniqlash, so'ngra uning analoglarini sintez qilish, dori vositalarini ishlab chiqarish uchun nomzod molekulalarini olish uchun ularni tekshirishni o'z ichiga oladi. An'anaviy dori moddalarni izlash jarayonida quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: ❖ Dori-darmonlar uchun nishonlarni aniqlash, bular asosan: DNK, RNK va oqsillarni (retseptorlari, transportyorlari, fermentlari va ion kanallari kabi) o'z ichiga olgan biomolekulalarni aniqlash. ❖ Aniqlangan nishonni bahiolash va tasdiqlash. Bunda aniqlangan nishon biomolekulaning tekshirilayotgan kasallikni davolashda farmakologik ahamiyatini bilish va yetarli darajada "ishonch" hosil qilish zarurdir. Bunday ishlar hujayra yoki molekula kabi eng quyi darajalardan tortib butun organizm darajasida ya’ni hayvonlarda amalga oshirilishi mumkin. ❖ Aniqlangan “nishon” uchun ingibitorlar, modulyatorlar yoki antagonistlar kabi samarali birikmalarni aniqlash “na’muna yaratish” deb ataladi, bunda maqsadga muvofiq ta'sirni kuzatish uchun na’muna (proba) yaratiladi va mos tahlilni ishlab chiqish amalga oshiriladi. ❖ Ma’lum bir ishonchlilik darajasiga ega bo’lgan va dozaga bog'liq maqsadli modulyatsiyani namoyon qilgan birikmalar na’muna birikmalari sifatida keying tahlillar uchun yuboriladi. ❖ Keyinchalik, tajribalar laboratoriyalarda hayvon modellarida amalga oshiriladi va ijobiy natijalar ta’sir kuchi va selektivlik nuqtai nazaridan optimallashtiriladi. ❖ Bunday na’muna moddalar dori ishlab chiqarishga nomzod bo'lishdan avval ularning fizik- kimyoviy xususiyatlarini, farmakokinetik va xavfsizlik xususiyatlari ham o’rganiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling