Dorixonada ishlovchi xodimlar vazifalari va shtatlari. Dorixona xodimlarining etikasi


 Farmatsevt, xodimlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb


Download 90.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi90.71 Kb.
#1015033
1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU

8.2. Farmatsevt, xodimlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb 
tavsifnomasi 
Respublikamizda jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan farmatsevtika 
sohasi farmatsevt kadrlar malakasiga qo‘yiladigan talabni ham ko‘rib chiqishni 
dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Farmatsevtika sohasidagi kadr buyurtmachilari va 
iste'molchilari bugungi kunda bitiruvchi nafaqat farmatsevtikaga oid bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini balki, muloqat psixologiyasi, axborot texnologiyalari, 
xorijiy tillarni bilishini ham talab etmoqdalar. 
O‘z navbatida farmatsevt kadrlarning kvalifikasion tavsifnomasi ham, 
zamon talabiga muvofiq o‘zgarib bormoqda. 
Respublikamizda farmatsevt kadrlar bilan ta'minlovchi yagona OTM – 
Toshkent farmatsevtika institutida bugungi kun amaliyoti talablari asosida yangi 
ta'lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar tashkil etilmoqda, fan dasturlari muntazam 
yangilanib borilmoqda. Ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalar, boshqaruv 
tizimi, tahlil uslublarining rivojlanib borishi, ta'lim standartlarini ham 
takomillashtirishni taqazo etmoqda. 
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi 
Qonuniga muvofiq Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlarini ro‘yobga 
chiqarish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, 
fan, texnika va texnologiya yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida xalqaro 
rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqib, iqtisodiyot sohalarining 
modernizasiyalashuv sharoitida kadrlar iste'molchilarining talablarini oliy ta'lim 
tizimi mazmuniga tezkor joriy etilishiga tegishli sharoitlar yaratish, oliy ta'lim 
davlat ta'lim standartlarini xalqaro amaliyotdagi akademik standartlar bilan 
uyg‘unlashtirish hamda ularning uzviyligini ta'minlash maqsadida, Vazirlar 
Mahkamasining “Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 
2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 
Unga ko‘ra respublikamizdagi barcha ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar 
uchun malaka talablari va bilim sohalari bo‘yicha Davlat ta'lim standartlarini ishlab 
chiqish belgilandi. 


Yangi me'yoriy hujjatlarda farmatsevtik yordam masalalariga ham alohida 
urg‘u berilmoqda. Bugungi kun dorixona farmatsevtika amaliyotini samarali 
tashkil qilish uchun mutaxassisdan o‘z faoliyatida aholiga nafaqat tayyor dori 
vositalarini sotish bilan shug‘ullanishi, balki yuqori malakali farmatsevtik yordam 
ko‘rsatish ko‘nikmalariga yetarli darajada ega bo‘lishi talab etilmoqda. Axborot 
texnologiyalari va unga bog‘liq ravishda servis xizmatlarini jadal rivojlanib borishi 
yaqin istiqbolda dori vositalari iste'molchiga yetkazishni Internet tizimi orqali 
amalga oshirilishi kutilmoqda. 
Farmatsevtika sohasining yana bir dolzarb muammolardan biri – dori 
vositalardan oqilona foydalanishdir. Ma'lumki, bugungi kun dunyo bozorida 350 
ming xil dori vositalari mavjud bo‘lib, Yevropada bu ko‘rsatgich 25 mingga, 
O‘zbekistonda 7 mingga yaqin. Ushbu ummondan foydalanishda nafaqat 
iste'molchi bemor, balki dori vositasini savdo nomi bilan yodga olgan tibbiyot 
xodimlari tomonidan xam ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatilmoqda. 
Shuning uchun dori vositalari muomalasi (mutanosibligi, ta'siri aks ta'siri, genetik 
mosligi) bo‘yicha larda yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish 
maqsadida, tibbiy biologik fanlarning dasturlari takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, 
klinik farmasiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilarida ushbu vazifalarni chuqur 
o‘zlashtirishga alohida urg‘u qaratilgan. Quyida dori vositalari muomalasidagi 
statistik ma'lumotlar buning tasdiqlovchi omili sifatida keltirildi: 
• 
AQShlarida har yili dori vositalarining nojo‘ya ta'siri natijasida 3,5-
8,8 mln. bemor gospitalizasiya qilinmoqda, bu esa 100 mingdan ziyod bemorni 
hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga olib kelmoqda. 
• 
Fransiyada bir yilda 1,3 mln. bemor dori vositalarining nojo‘ya 
ta'siridan jabrlanganliklari qayd etilgan, ulardan 33% jiddiy jabrlangan va 16% 
gospitalalizasiya qilingan, 1,4% o‘lim bilan yakunlangan. 
• 
Germaniyada dori vositalari nojo‘ya ta'siri natijasida qayd etilgan 
bemorlar soni har yili 10-15%ga ko‘payib bormoqda. 


• 
Jahon SSTning rasmiy xabarnomasiga ko‘ra AQShda 20%, 
Yevropaning 8 ta davlatida 19,8%, Italiyada 25% holatlarda bemorlarning klinik 
holatiga mos bo‘lmagan dori vositalari tayinlanganligi qayd etilgan. 
• 
Rossiyada 36% bemorlarga kerak bo‘lmagan dori vositalari 2,5% 
bemorlarga mumkin bo‘lmagan dori vositalari tayinlanganligi va 31% bemorlarga 
zarur bo‘lgan dori vositalari tayinlanmaganligi qayd etilgan. 
• 
Turli xil davlatlarda sog‘liqni saqlash uchun ajratilgan mablag‘ning 
5%dan 17%gacha bo‘lgan xajmi, aynan dori vositalarining nojo‘ya ta'sirini 
davolash uchun sarflanayotgani qayd etilgan. 
Hukumatimiz tomonidan sanoat farmatsiyasini rivojlantirish masalasini 
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ustuvor vazifalardan 
deb 
belgilangan. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan aholini mahalliy xom ashyolar asosida bezarar, sifatli va arzon dori 
vositalari bilan ta'minlash borasida qator qarorlar qabul qilingan. 

Download 90.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling