Dorixonada ishlovchi xodimlar vazifalari va shtatlari. Dorixona xodimlarining etikasi


Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigiyenik talablar


Download 90.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi90.71 Kb.
#1015033
1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU

 
8.3.Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigiyenik talablar 
Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya 
qoidalari va ularning gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” 
(SanPin R.
Uz № 0337-16)da keltirilgan. Unga ko‘ra dorixona xodimlari quyidagi 
qoidalarga amal qilishlari shart: 
-dorixona xodimlari ishga kelganda ustki kiyim va poyafzalini 
almashtirishi zarur; 
-ish boshlashdan avval xodim qo‘llarini O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning 
gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-
16)ning 1-ilovasiga muvofiq yuvishi kerak; 
-hojatxonaga kirishdan avval ish kiyimi yechilishi va tashrifdan so‘ng 
qo‘llarni yuvish va dezinfeksiya qilish zarur
-dorixonadagi ish kiyimi va poyafzalida tashqariga chiqish man etiladi. 


Dorixonada ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan xodimlarning ish 
joylari va ish kiymining cho‘ntaklarida dastro‘moldan tashqari shaxsiy buyumlarni 
saqlash ta'qiqlanadi. Dori vositalarini tayyorlash, nazorat qilish, o‘rash bilan 
shug‘ullanadigan shaxslar tirnoqlarini qisqa kesib, lak bilan qoplamasliklari va 
barmoqlariga uzuklarni kiymasliklari kerak. 
Sanitariya kiyimlari va sanitariya poyafzallari amaldagi qoidalarga 
muvofiq xodimlariga beriladi. Sanitariya kiyimlarini almashtirilishi haftada kamida 
2 marta, zarur bo‘lganda undan tez amalga oshirilishi kerak. Buning uchun 
farmasevt xodimlarining kamida ikkita to‘plam ish kiyimi bo‘lishi kerak. 
Dori vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash bilan shug‘ullanadigan 
xodimlarga shaxsiy foydalanish uchun toza sochiq berilishi kerak. 
Dorixona xodimlarini ishga qabul qilish jarayonida tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkaziladi. Keyinchalik muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi va 
bu haqida maxsus kitobchaga qayd etilib boriladi. 
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra kasallik yoki kasallik tashuvchi 
bakteriyalarni mavjudligi aniqlangan taqdirda, xodimni dori vositalarini tayyorlash
qadoqlash, sifatini nazorat qilish va bemorlarga berish ishlariga faqatgina, uni 
davolangani haqidagi ma'lumotnomaga va bakteriyalarni tashuvchanligi bo‘yicha 
manfiy natija bo‘lgandagina ishga qo‘yiladi. 
Dorixona xodimlari xar yili bo‘lib o‘tadigan “Shaxsiy gigiena” 
mavzusidagi seminarlar-treninglarda qatnashishlari, o‘z faoliyatlarida amaldagi 
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari zarur. 
Talaba bilimini tekshirish uchun nazorat savollari 
1. Farmatsevtika faoliyatiga qanday ta’rif berilgan. 
2. Kadrlar lavozim nomenklaturasi-nima degani. 
3. Dorixon shtatlari-nima degani. 
4. Farmatsevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar
5. Kasb tavsifnomasi-qanday xujjat. 


6. Dorixona xonalariga qanday talab - qoidalari belgilangan? 
7.Dorixona jihozlariga qo‘yiladigan sanitar talablarni sanab berng ? 
8. Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar 
 

Download 90.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling