Dorixonada ishlovchi xodimlar vazifalari va shtatlari. Dorixona xodimlarining etikasi
Download 90.71 Kb. Pdf ko'rish
|
6-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1 Farmatsevtika faoliyati, xodimlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari.
Dorixonada ishlovchi xodimlar vazifalari va shtatlari. Dorixona xodimlarining etikasi Farmatsevtika faoliyati, xodimlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari. Farmatsevt xodimlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi. Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigiyenik talablar 8.1 Farmatsevtika faoliyati, xodimlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan farmatsevtika faoliyati yo‘nalishlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2009 yil 20 maydagi №157 son buyruq bilan farmatsevt kadrlar lavozim nomenklaturasi va lavozim nizomlari tasdiqlangan. 1-jadval Farmatsevt kadrlar lavozim nomenklaturasi Kategoriya Lavozim nomi Rahbar xodimlar Dorixona mudiri Dorixona mudiri muovini Dori vositalarini ulgurji savdosini amalga oshiruvchi omborxona mudiri Dori vositalarini ulgurji savdosini amalga oshiruvchi omborxona mudir muovini Farmatsevtika tashkilotlarining bo‘lim boshliqlari Oliy farmatsevtika ma'lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislar Farmatsevt Farmatsevt-texnolog Farmatsevt-analitik Farmatsevt-kosmesevt Farmatsevt muhandisi Biotexnolog Klinik farmatsevt O‘rta maxsus ma'lumotli farmatsevt kadrlar Farmatsevt assistenti Yordamchi xodimlar Qadoqlovchi Sanitar yuvuvchi Oliy va o‘rta maxsus ma'lumotiga ega bo‘lgan farmatsevt kadrlar 3 bosqichga ega bo‘lgan kvalifikasion kategoriyaga ega bo‘lishi mumkin.Malakaviy toifa 5 yil muddatgacha amalda bo‘lib, so‘ngra uni qaytadan tasdiqlash zarur. Malakaviy toifa farmatsevt kadrlar attestasiyasi natijalariga ko‘ra beriladi. Attestasiya jarayonida ishtirok etish farmatsevt kadrlarning ihtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi. Malakaviy toifa olishni hohlagan mutaxassislar Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi attestasiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladilar va oxirgi 3 yildagi faoliyat bo‘yicha hisobot topshiradilar. Attestasiya komissiyasi xulosasiga ko‘ra farmatsevt kadrlarga kategoriya berilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etiladi. Farmatsevtika tashkilotlarida (dorixonalarda) farmatsevt kadrdan tashqari faoliyat yuritish uchun ma'muriyat-boshqaruv (bosh buxgalter, buxgalter, kassir) va yordamchi xodimlar (qadoqlovchi, sanitar yuvuvchi), shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi (farrosh, yuk tashuvchi, xaydovchi)lar ham shtat jadvaliga kiritilishi lozim. Download 90.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling