Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari


Download 23.38 Kb.
bet4/4
Sana25.04.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1396800
1   2   3   4
Bog'liq
Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari

Retsept va uning funksiyalari, retsept turlari
Yevropa Ittifoqi direktiva maslahatiga muvofiq 1992-yil 31-martdan «Odam uchun dori vositalari kategoriyasini aniqlash haqida» «Retsept» dori vositasiga vozma buyruq, uni huquqli mutaxassis yozib beradi, degan aniqlik kiritilgan.
Faqat retsept bo'yicha qo'yiladigan dori vositalari uchun alohida kichik guruhlar belgilanadi:
•bir martali yoki ko'p martali retseptlar bo'yicha qo'yiladigan dori vositalari;
• maxsus retsept bo'yicha sotiladigan dori vositalari;
• retsept bo'yicha va ishlatishda cheklanishga ega bo'lgan dori vositalari. Faqat retsept bo'yicha dori vositalari quyidagi hollarda sotilishi mumkin:
• agar iste'molchini sog'lig'iga xavf yetadigan (dorini to'g'ri ishlatsa ham) va tibbiy ko'rigi bo'lmaganda;
• agar ko'pchilik iste'molchilarning dori vositasini noto'g'ri iste'mol qilishi natijasida ularning sog'lig'iga zarar yetadigan bo'lganda;
• agar dori vositasida keyinchalik izlanishni talab qiluvchi moddalar, zararli ta'sirlar bo'lganda;
• agar vosita parenteral qo'llash uchun bo'lganda. Maxsus retsept bo'yicha sotiladigan dori vositalari:
• Xalqaro konvensiya va vakolatli milliy tizim tomonidan psixotrop yoki giyohvandlik vositasi sifatida aniqlanadigan moddalar;
• noto'g'ri ishlatilganda (suiiste'mol qilish, o'rganish, noqonuniy maqsadlarda qo'llash) xavf-xatar tug'diradigan dori vositalari;
• yangiligi natijasida yoki farmakologik xususiyatlari tufayli ehtiyotlik yuzasidan bu guruhga ajratish mumkin bo'lgan moddalar. Retsept bo'yicha sotiladigan va cheklangan doirada ishlatiladigan dori vositalari:
• farmakologik xususiyatlari, yangiligi uchun va aholining sog'lig'ini saqlanishida faqat statsionar sharoitlarida ishlatiladi;
• statsionar sharoitida qo'yilgan tashxisni davolash uchun foydalaniladi, lekin boshqa sharoitlarda ham nazorat ostida bu dori vositasini qabul qilish mumkin;
• ambulatoriya sharoitida davolanish uchun mo'ljallangan, lekin uni ishlatishda jiddiy qo'shimcha ta'sirlarga olib kelish ehtimoli bo'lgani uchun retsept mutaxassis tomonidan yozilib, doimiy tibbiy nazoratda bo'lishi kerak.


Retsept funksiyalari

Tibbiyot nuqtayi nazaridan, retsept bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda doza va tarkibi shifokor tomondan belgilangan dori vositalarni sotib olish va qo'llash uchun ishlatiladigan asosiy hujjat. U yuridik hujjat bo'lib, yozilish sanasi ko'rsatiladi, bemor va shifokor familiyasi, dorining farmakologik xususiyatlarini hisobga olgan holda retsept blanki ishlatiladi, bunda retsept yozadigan va ular bo'yicha dori tayyorlaydigan shaxslar yuridik javobgarlikka ega.


Texnologik nuqtayi nazardan, retsept farmatsevtga dori tayyorlashda ko'rsatma va asos bo'lib xizmat qiladi, qanday dori vositalaridan foydalanish va qanday dori shakliga keltirishni ko'rsatadi.
Shuningdek, iqtisodiy hujjat bo'lib, dori va yordamchi moddalarni sarflash uchun, tarif hamda narxni aniqlash uchun hujjat hisoblanadi.
Bundan tashqari, turli ijtimoiy-iqtisodiy imtiyoz maqomiga ega insonlarga malakali dori vositalar yordami ko'rsatish uchun kafolat beradi.


Retsept yozishning umumiy qoidalari

Davolash-profilaktika muassasasi shifokorlari mavjud ko'rsatmalarga muvofiq, bemorga dori vositalariga retsept yozib, uni shaxsiy muhr bilan tasdiqlashlari kerak. Retsept blanklarining shakli ilovalarda berilgan.


Retseptlar bosmaxona yo'li bilan chop etilgan retsept blankiga dori vositasini qo'llash shakli, bemorning yoshi ko'rsatiladi. Barcha retseptlar aniq va ravshan to'ldirilishi lozim. Retseptga tuzatishlar kiritilishi mumkin emas. Dori vositasining tarkibi, dori shakli, dorini tayyorlash usuli, bemorga sotish uchun shifokor farmatsevt ko'rsatmasi lotin tilida yoziladi.
Lotin qisqartmalarni ishlatish faqat tibbiyot va farmatsevtikada umumiy qabul qilingan qisqartmalar bo'lishi mumkin. Ingrediyentlarga yaqin bo'lgan qisqartmalarni ishlatish mumkin emas, chunki ular qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashga yordam bermaydi. Zaharli ta'sir etuvchi dorilar va giyohvandlik vositalari retsept boshida, so'ng qolganlari yoziladi. Dorini iste'mol qilish yo'li, dozasi ko'rsatilgan, ichish vaqti (ovqatdan oldin yoki keyin) va uni muddati davlat tilida yoziladi. Umumiy ko'rsatmalar bilan cheklanish man etiladi.
Ambulatoriya sharoitida davolanishga muhtoj, shuningdek, statsionar sharoitda davolanib, ambulatoriya sharoitida davola- nishni davom ettiradigan bemorlar uchun zarur dori vositalariga retsept yozib beriladi.
Quyidagi holatlarda retsept yozib berish taqiqlanadi:
• O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomo- nidan tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilmagan dori vositalariga;
• kasallik belgilari mavjud bo'lmaganda;
• faqat davolash-profilaktika muassasasida ishlatiladigan dori vositalari (narkoz uchun efir, xloretil, fentanil, sombrevin, kalip- sol, ftorotan, ketamin va boshqalar).
Agar retseptda zaharli, narkotik va boshqa ingrediyentlar qo'shilmasidagi kuchli ta'sir qiluvchi vositalar yozib berilgan bo'lsa, ularni tayyorlangan dori tarkibiga kiritmay alohida berish taqiqlanadi.
Pushti rangdagi maxsus retseptura blanklari yozib berilgan narkotik dori-darmon vositalari hududiy davolash-profilaktika muassasalariga faqat shu maqsadlar uchun biriktirib qo'yilgan dorixonalardan beriladi. Zaharli va narkotik dori vositalari berish huquqiga ega bo'lgan dorixona va davolash-profilaktika muassasa- larining ro'yxati joylardagi sog'liqni saqlash organlari va «Dori- darmon» hududiy birlashmalari tomonidan belgilanadi.
Etilmorfin gidroxlorid, kodein, kodein fosfat va natriy etami- nalning boshqa dori-darmon vositalari bilan aralashmasi shahar (shahar yoki qishloq, ma'muriy tuman) doirasida barcha dorixo- nalar tomonidan o'zlari joylashgan hududdagi davolash-profi- laktika muassasalarining retseptlari bo'yicha beriladi.
Bemorga tez zarurat bo'yicha dori olish kerak bo'lsa, retsept- ning yuqori burchagiga «sito» (tez) yoki «statim» (darhol) belgi- lari qo'yiladi. Ekstemporal, ya'ni yakka tartibda tayyorlanadigan dorilarga retsept yozilganda suyuq dorilar miqdori millilitrlarda, tomchilarda, qolganlari esa grammlarda yoziladi.
Retsept yozilganda shifokor «surunkali bemorga» deb yozib, retseptni ishlatilish muddati va unda dorining sotish vaqti (har hafta, har oy va boshq.) bo'lishi kerak, ko'rsatma shifokor imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Buzilish, tuzatish va bir-biriga to'g'ri kelmaydigan dori vositalari bilan yozilgan retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi va unga dori berilmaydi. Retsept «Retsept haqiqiy emas» yozuvi bilan bekor qilinadi.
Dorixona ishida mas'uliyatli vazifalardan biri retseptlarni qabul qilish va ular bo'yicha dori vositalarini berish hisoblanadi. Bu ishning bajarilishida farmatsevt retsept yozgan shifokor tomoni- dan qilingan xatolarini aniqlash va farmatsevtik deontologiya negizlari asosida retseptni bajarish maqsadida juda e'tiborli bo'lishi kerak.
Farmatsevt tayyor doriga retsept qabul qilayotganda tegishli barcha ma'lumotlar borligini tekshirib, bemorga saqlashni va uy sharoitida qabul qilish qoidalarini eslatadi.
Farmatsevt ekstemporal dorilarga retsept qabul qilayotganda bemorning yoshini aniqlab, retsept yozilgan sanaga, yozilgan ingrediyentlarning dozasi va to'g'ri kelishiga alohida e'tibor berishi kerak. Bolalarga dori tayyorlayotganda zaharli va maxsus hisobda turuvchi dorilarga ham katta e'tibor beriladi.
Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling