Dullo quronov galaktikada bir
OBMA: GALAKTIKADA NIMA GAP?
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
OBMA: GALAKTIKADA NIMA GAP?
General Obma haligacha sodir boʻlayotgan voqealar jumbogʻini yecha olmay oʻz qarorgohida behalovat oʻtirardi. Shu kunlarda uning yoniga hatto eng yaqin mulozimlari ham kira olmas, biror nima sodir boʻlib sarkardaning gʻazabiga uchrab qolishdan qoʻrqishardi ular. General esa shu tobda josuslarining aloqaga chiqishini intiqlik bilan kutyapti. Nihoyat, uzoq kutilgan qoʻngʻiroq ovozi eshitildi. General aloqa qurilmasining tugmasini bosdi. Monitorda josus giksning basharasi koʻrindi. – Qoʻling qayrilmasin, general, – deya salom berdi josus giks. – Sening ham. Qanday xabaring bor?! – General, Yer yaqinidagi Qizil sayyorada juda gʻalati voqea sodir boʻldi. Uchta nomaʼlum fazogirni qoʻldan chiqarib yubordik. – Ahmoq, axir, senda bizning eng tezkor kemamiz bor- ku! – Ha, shunday. Lekin ularning kemasiday kema hatto butun koinotda yoʻq. Koʻz ochib yumgunimizcha gʻoyib boʻldi. Radarlarimiz ham koʻrmay qoldi. – Nima, yorugʻlik tezligidan ham tezroq ucharkanmi? – Ha, yorugʻlik tezligidan bir necha oʻn, balki yuz barobar tezroq! Agar yorugʻlik tezligida uchganida, uskunalarimiz uni bir qancha muddat koʻrsatib turgan boʻlar edi. Bu kema esa butunlay gʻoyib boʻldi. – Qanaqasiga? Qanday qilib? – tutaqib ketdi Obma. Bu xabar general Obmani ancha hushyor torttirdi. Chunki u shu kungacha bunday kema boʻlishi mumkinligi haqida oʻylab ham koʻrmagan edi. Qaroqchi emasmi, shu tobda uning butun fikr-u xayolini oʻsha kemani qoʻlga kiritish orzusi egallab oldi. 79 – Kemada kimlar bor edi, aniqladingmi? – soʻradi general. – Bizdagi uskunalar kemadagi ikki kishi va bir droidni aniqladi. Ikki kishining biri odam ekani aniq. – Nima-nima, odam dedingmi? – Ha, uskunalarimiz odamning DNKsini aniqladi. – Jin ursin! Odamlarning bu mashmashaga qanday aloqasi bor ekan-a? Eh, borgan sari kalavaning uchi chigallashib ketyapti! – General, ular koʻzdan gʻoyib boʻlgandan soʻng kema oʻz ortidan gʻalati, yorugʻ bir iz qoldirdi. Changgami, tumangami oʻxshab ketadigan iz nuri uch-toʻrt daqiqa fazoda muallaq turib qoldi. – Xoʻsh?! – Biz izni tekshirib kema uchgan yoʻnalishni aniqladik. Taxminimizcha, ular Al-Toyir yulduzi tomonga uchishdi. – Tushunarli. Sen ortga qaytaver, endi bu shaldiroq kemang bilan ularga yetib boʻpsan, – deb general aloqani uzdi. Endi Obma sodir boʻlayotgan voqealarni yaxshilab oʻylashi, tahlil etishi va eng toʻgʻri qarorni qabul qilishi kerak. Hammasidan ham bu ishlarga odam bolasining aralashib qolganidan u hayratda edi. Chunki odamlar shu choqqacha galaktika ishlariga aralashmagan, hatto oʻzlariga eng yaqin boʻlgan sayyoralarga ham borishmagan. Aslida, buning uchun odamda imkoniyat ham yoʻq. Shu sababli ular bilan hech kimning ishi ham boʻlmaydi. Odamlarda qandaydir ulugʻvor bir qudrat borligi sabab galaktikaning biror qavmi ularga zarar yetkazishga jurʼat etmaydi. Lekin nega endi dabdurustdan galaktikadagi favqulodda bir voqeaga odam aralashib yuribdi?.. Shular haqida oʻylarkan, Obmaning xayolini yana bir fikr egallab oldi: “Galaktikada oʻzi nimalar boʻlyapti? Shuncha umr koʻrib 80 bunaqa kema haqida eshitmagan ekanman. Yoki bu oʻzga galaktikaliklar kemasimikan? Nahotki, oʻzga galaktikalarda ham hayot boʻlsa?!” Obma shu kabi oʻylar bilan bir muddat chalgʻib qoldi. Soʻng ishongan sarkardasi Ragoni chaqirib salmirliklarning yulduzlararo uchar kemasini safarga hozirlashni buyurdi. – Bugun yangi kemamizda birinchi marta safarga chiqamiz. Manzil uzoq – Al-Toyir yulduzi. Ammo bizning kema uchun bu ikki kunlik yoʻl. Qani, koʻraylikchi, oʻzi galaktikada nima gap ekan? Shu tariqa general Obma boshchiligidagi eng sara 20 nafar qaroqchi salmirliklardan olib qoʻyilgan kemada yoʻlga chiqishdi. Yoʻl-yoʻlakay Obma va Rago safar rejalarini kelishib olishdi. Qaroqchilar Al-Toyir yulduziga yaqinlashib, yulduz tizimidagi sayyoralarga oʻzlarining josuslarini yubora boshladilar. Bu josuslar osongina oʻz qiyofasini oʻzgartirib, borgan sayyorasida yashaydigan mavjudotlarga oʻxshab olishar edi. Ayyor josuslar sayyoralardagi aholi gavjum joylarga borib, ularning suhbatini tinglashar, bilmagan kishiday savol berishar va koʻp narsani aniqlab olishardi. Mana, hozir ham Zagun sayyorasiga yuborilgan josus noyob fazo kemasiga ega “kelgindi”lar ikki kun oldin Maanen yulduzi tomonga uchib ketganini aniqlab qaytdi. Bu xabarni olishi bilan Obma vaqtni boy bermay kema yoʻnalishini Maanen yulduzi tomonga burdi. – General, Maanen yulduz tizimida miksliklarning tengsiz lashkari bor, ulardan ehtiyot boʻlishimiz kerak, – dedi Rago. – Bilaman, shuning uchun Miks sayyorasiga yaqin bormaymiz. Oldin vaziyatni bilib kelish uchun eng yaxshi josusni miksliklar qiyofasida sayyoraga yuboramiz. Balki, shundan soʻng biror reja oʻylab toparmiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling