Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Italiya iqtisodiy rayonlari tahlili


Download 0.92 Mb.
bet50/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

39 Italiya iqtisodiy rayonlari tahlili.
Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) — Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km2. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti — Rim shahar. Italiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-yil 22-dekabrda qabul qilingan va 1948-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1999-yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi. Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning janubida pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m — Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi — Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari janubida joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100-200°) bulok, koʻp. Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shimolidan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20-28°, baʼzan issiq shamol esganda 40-45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 — 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600-800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor. Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp. Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500-600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor. Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. — jami maydon 200 ming ga. Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili — italyan tili. Asosiy din — katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo. Italiya — yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band. Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari — dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari — bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shimolidagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Janubiy viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shimolida sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. −304 ming km, temir yoʻl uz. — 19,6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi (eksport kjlarining 60-65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol. Italiya — xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan koʻproq sayyoh kelib ketadi). Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. Italiya chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi — lira.Xalqaro Valyuta Fondining maʼlumotlariga koʻra 2006-yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu koʻrsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-oʻrinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xoʻjaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining maʼlumotiga koʻra Italiya 2004-yilda sanoat mahsulotlari eksporti boʻyicha 6-oʻrinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan boʻlsa, janubiy qismlarda qishloq xoʻjaligi rivojlangan.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling