Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Janubi sharqiy osiyoning aholisi va madaniyati


Download 0.92 Mb.
bet53/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

42 Janubi sharqiy osiyoning aholisi va madaniyati.
Vietnam 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinda turarkan. China Daily statistik malumotlariga ko'ra Vietnam, 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinni egallagan. O'sha statistik ma'lumotlarga ko'ra 2015-yilning o'zida Vetnamda tug'ilgan chaqaloqlarning 56% i nikohsiz tug'ilgan farzandlar edi. Bunga sabab ayollarning erkaklar tomonidan aldanishi va tashlab ketilishi ekan. Ulari qishloqlarida bir umrlik sharmandalik va badarg'a kutib turar edi. Ilgari ular bu vaziyatdan faqat bola oldirish yo'li bilan chiqib ketishgan. Ammo 2018-yilga kelib nikoh agentligi tomonidan aqlga sig'maydigan xizmat, ijaraga beriladigan erlar xizmati taqdim etildi. Shundan so'ng esa Vietnamda bola oldirish va o'zini o'zi o'ldirish statistikasi keskin pasayib ketgan. Janubiy-Sarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo, Osiyo qitʼasining janubi-sharqida joylashgan mintaqadir. Bu mintaqa Xitoyning janubi, Hindistonning sharqi hamda Avstraliyaning shimolida joylashgan davlatlarni oʻz ichiga oladi. Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagi orollarini o‘z ichiga oladi. Bu reyonda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos. Malayziya, Myanma, Suigapur, Tailand va Filippin davlatlari joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyalarning mustamlakalari bo'lib kelgan bu mamlakatlar o'z mustaqilliklarini, asosan. 1945-1984-yillar orasida qo'lga kiritdilar. Hududi 4,5 mln. kv.km bo'lib, unnig yarmidan kо'pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo`lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan. Iqtisodiy-geografik o‘rni, asosan, ancha qulayligi, avvalo, Yevropadan Tinch okean havzasi mamlakatlariga olib boradigan serqatnov savdo yo'li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan boshqa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo`yida yoki orollarda joylashgandir. Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol о ynamoqda. Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat. Mintaqada aholi tabiiy o'sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) о`smoqda. Aholining o'sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o'sish har 1000 kishiga 20-22 kishidan to'g'ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich, aksincha, past. Ularda bu ko'rsatkich 5-10 kishinini tashkil qiladi. Aholi mintaqa bo'ylab notekis joylashgan. O`rtacha har 1 kv km maydonga 140 kishidan aholi to'g'ri kelgan holda bu ko'rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o'rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda anolining o'rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 50-80 kishini tashkil qiladi. Urbanizatsiya darajasi o`rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko`rsatkich Singapurda 100% ni, tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%) davlatlariga xos. Eng past ko`rsatkich Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi. Janubi-sharqiy Osiyo o`tgan asrning 70-yillargacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi. Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so`ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo`shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko`zga tashlanmoqda. Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo'jaligida rivojlanish darajasiga ko'ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg'or bo'lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi. Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7% i sanoatga, 24,7% i qishloq xo`jaligiga va 34,6% i xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Chetdan keltiriladigan metal asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan agrosanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlami ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o'sib borayotgan millionlab ahohni zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug`ullaniladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko'plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O'simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi. Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o`ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo`l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko`proq xalqaro aloqalarda muhim o`rin tutadi. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo`lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda. Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo`yicha Singapur (45,0 %), Malayziya (17,3 %), Tailand (14,7 %) va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chiqarildi. Mintaqa mamlakatlari bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo`lish mumkin. Bular: 1. Malakka mamlakatlari – Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20 % i, aholisining 16 % ini o`zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi. Ular og`ir sanoat tarmoqlari (elekr stansiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko`pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o`rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud. 2. Orollar mamlakatlari – Indonaziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig`idagi minglab katta-kichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan.3. Hindi-Xitoy mamlakatlari – Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotning asosini qishloq xo`jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi. Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar bor. Ayniqsa, qalayi, volfram kabi rangli metallarning yirik korlari bor. Shuningdek, rux, qo'rg'oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko'mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topi Imoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy. Janubi-sharqiy Osiyonning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya, jami 11 davlat. Ularning ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, bozor mexanizmi ruli “qattiq siyosiy qo‘llar”da, ya’ni davlatning qo‘lida. Shu jihatdan olganda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlar negizida ham davlatning bosh islohotchilik siyosati yotibdi. Janubi-Sharqiy Osiyoning irqiy va etnik tarkibi juda xilma-xildir. Bu dinga ham tegishli: arxipelagning sharqiy qismida asosan buddizm tarafdorlari istiqomat qiladi, shuningdek, konfutsiylar ham bor - XXR janubiy provinsiyalaridan kelgan xitoylik muhojirlarning koʻpligi tufayli ularning 20 millionga yaqini bu yerda yashaydi. . Bu davlatlar qatoriga Laos, Tailand, Myanma, Vetnam va boshqa qator davlatlar kiradi. Hindular va nasroniylar bilan uchrashish ham odatiy hol emas. Janubi-Sharqiy Osiyoning g'arbiy qismida islom asosan e'tiqod qiladi, bu din izdoshlari soni bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Mintaqaning etnik tarkibi quyidagi xalqlardan iborat: Va bu ro'yxatda - barcha etnik guruhlar va kichik guruhlarning faqat kichik bir qismi, shuningdek, Evropa xalqlarining vakillari ham bor. Umuman olganda, janubi-sharq madaniyati hind va xitoy madaniyatlarining aralashmasidir. Bu yerlardagi orollarni mustamlaka qilgan ispanlar va portugallarning aholiga ta'siri katta bo'lgan. Arab madaniyati ham katta rol o'ynadi, bu erda 240 millionga yaqin odam islom diniga e'tiqod qiladi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling