Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Vyetnamning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi


Download 0.92 Mb.
bet56/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

45 Vyetnamning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolidagi davlat. Maydon 330 ming 991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi (2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sahari Vyetnam Sotsialistik Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yil 19-dekabrda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartish va tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident (1997-yildan Chan Dik Liong). Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi Mamlakat hududining 80 % dan ortigʻi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi, markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari (Kontum, Darlak, Mnong va boshqa) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi ham shu yerda — 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida. Daryolari sersuv. Ularning eng kattalari — Mekong va Xongxa. Qir va togʻlarda qizgʻish-sariq laterit, daryolarning etaklarida — allyuvial tuproqlar. Vyetnam hududining 40 % oʻrmon bilan qoplangan; togʻlarning quyi yon bagʻirlaridagi doimiy yashil tropik oʻrmonlar balandlikdagi subtropik oʻrmonlarga ulanib ketadi. Yassitogʻliklar va platolarda siyrak savanna oʻrmonlari va butalar oʻsadi. Vodiylarda bambuklar, dengiz sohillarining ayrim joylarida mangra oʻrmonlari uchraydi. Batma-Xayvan milliy bogʻi va koʻpgina qoʻriqxonalari bor. Oʻrmonlarda gibbon, makaka, ayiq va yoʻlbars, katta boʻgʻma ilon, yirik echkemarlar, oq va yashil toʻti, savannalarda hind fili, karkidon, jayran, yovvoyi buqa, jayra, tovus, burgut, delta va botqoqliklarda qizil gʻoz, laylak, qarqara, oʻrdak, yovvoyi gʻoz, daryolarida baliqlar yashaydi. Aholisining 86 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — Vyetnam tili. Aholining 34 shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning — 55 % buddaviylar, 7 % katoliklar. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin. Vyetnam sanoati rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligi va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 36,6 %, sanoatning ulushi — 20,9 %ni tashkil etadi. Sanoati tarkibida yengil va oziqovqat tarmoqlari ustun. Juda koʻp kichik sholi oqlash, qand-shakar, pivo va konserva zavodlari, choy va tamaki fabrikalari bor. Xanoy, Namdin, Xayfon, Xoshimin va boshqa shaharlarda toʻqimachilik kombinatlari, trikotaj fabrikalari ishlab turibdi. Elektr energiya asosan issikdik elektr styalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 10,8 mlrd. kVt-soat). Konchilik sanoatida toshkoʻmir, qalay (Kaolang viloyatida), xromit (Kodin), apatit, volfram qazib olinadi. Kaobangda kapay, Langshonda alyuminiy, Txaynguyen, Benxoada poʻlat eritish korxonalari bor. Mashinasozlik mahsulotlari orasida stanoklar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, konchilik mashina-uskunalari, nasoslar, radiopriyomniklar, televizorlar, transport vositalari ishlab chiqarish asosiy oʻrinni oladi. Mashinasozlik korxonalari asosan Xanoy, Xoshimin, Benxoa, Kamfa, Xayziong va Xadong sh.da joylashgan. Qora va rangli metallurgiya, metallni qayta ishlash sanoati mavjud.[4][5]. Xayfon va Xoshiminda kemasozlik korxonalari, Xanoy, Vetchi, Lamtxao shaharlarida va mamlakat janubida kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Binokorlik materiallari sanoati korxonalari, yogochsozlik va sellyuloza-qogʻoz, kauchukni qayta ishlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi sohasida mehnatga layoqatli aholining qariyb 75 % mashgʻul. 5 mln.ga yerda qishloq xoʻjaligi ishlari olib boriladi. Ayrim hududlarda 2—3 marta hosil olinadi. Vyetnamda asosiy qishloq xo'jalik ekini sholi. Batat, maniok, makkajoʻxori, sabzavot, texnika ekinlaridan shakarqamish, choy, tamaki, shuningdek ananas, banan, kofe, kauchuk, efir moyli ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — choʻchqachilik. Bundan tashqari qoramol, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.Temir yo'lning uzunligi — 2,6 ming km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 300 ming km, ichki suv yoʻllarining uzunligi — 40 ming km ga yaqin. Asosiy dengiz portlari: Xoshimin, Xayfon, Danang, Xonggay, Kamfa. Xoshimin va Xanoyda xalqaro aeroportlar bor. Vyetnam chetga neft, koʻmir, sholi, kauchuk, qalay, kofe, baliq hamda dengiz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft mahsulotlari, oʻgʻit, poʻlat, prokat, sement, paxta, mashina asbob-uskunalari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya. Pul birligi — dong. Vyetnam sanoati rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligi va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 36,6 %, sanoatning ulushi — 20,9 %ni tashkil etadi. Sanoati tarkibida yengil va oziqovqat tarmoqlari ustun. Juda koʻp kichik sholi oqlash, qand-shakar, pivo va konserva zavodlari, choy va tamaki fabrikalari bor. Xanoy, Namdin, Xayfon, Xoshimin va boshqa shaharlarda toʻqimachilik kombinatlari, trikotaj fabrikalari ishlab turibdi. Elektr energiya asosan issikdik elektr styalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 10,8 mlrd. kVt-soat). Konchilik sanoatida toshkoʻmir, qalay (Kaolang viloyatida), xromit (Kodin), apatit, volfram qazib olinadi. Kaobangda kapay, Langshonda alyuminiy, Txaynguyen, Benxoada poʻlat eritish korxonalari bor. Mashinasozlik mahsulotlari orasida stanoklar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, konchilik mashina-uskunalari, nasoslar, radiopriyomniklar, televizorlar, transport vositalari ishlab chiqarish asosiy oʻrinni oladi. Mashinasozlik korxonalari asosan Xanoy, Xoshimin, Benxoa, Kamfa, Xayziong va Xadong sh.da joylashgan. Qora va rangli metallurgiya, metallni qayta ishlash sanoati mavjud. Xayfon va Xoshiminda kemasozlik korxonalari, Xanoy, Vetchi, Lamtxao shaharlarida va mamlakat janubida kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Binokorlik materiallari sanoati korxonalari, yogochsozlik va sellyuloza-qogʻoz, kauchukni qayta ishlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi sohasida mehnatga layoqatli aholining qariyb 75 % mashgʻul. 5 mln.ga yerda qishloq xoʻjaligi ishlari olib boriladi. Ayrim hududlarda 2—3 marta hosil olinadi. Vyetnamda asosiy qishloq xo'jalik ekini sholi. Batat, maniok, makkajoʻxori, sabzavot, texnika ekinlaridan shakarqamish, choy, tamaki, shuningdek ananas, banan, kofe, kauchuk, efir moyli ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — choʻchqachilik. Bundan tashqari qoramol, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Temir yo'lning uzunligi — 2,6 ming km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 300 ming km, ichki suv yoʻllarining uzunligi — 40 ming km ga yaqin. Asosiy dengiz portlari: Xoshimin, Xayfon, Danang, Xonggay, Kamfa. Xoshimin va Xanoyda xalqaro aeroportlar bor. Vyetnam chetga neft, koʻmir, sholi, kauchuk, qalay, kofe, baliq hamda dengiz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft mahsulotlari, oʻgʻit, poʻlat, prokat, sement, paxta, mashina asbob-uskunalari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya. Pul birligi — dong. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2010 yili 276,6 milyard dollarni tashkil etgan Ishchi kuchining 52 foizi qishloq xoʻjaligida band. Bu tarmoq yalpi ichki mahsulotning 21 fozini taʼminlaydi. Asosan guruch, qahva, kauchukli ekinlar, paxta, choy, qalampir, soya, banan yetishtiriladi. Choy paykallarining umumiy maydoni 131 ming gektar atrofida. Tarmoq yiliga 150 milyon dollarga yaqin daromad keltiradi, uning 70 foizi eksort hisobidan. Parrandachilik; baliq va boshqa dengiz neʼmatlaridan foydalanish rivojlangan. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, kiyim va poyabzal tikish, neft qazib olish, kemasozlik kabi sohalarga ixtisoslashgan sanoat tarmogʻida ishchi kuchining 15 foizi mehnat qiladi. Bu soha hissasiga yalpi ichki mahsulotning 40 foizi toʻgʻri keladi. Xizmatlar sohasi bilan esa ishchi kuchining 33 foizi mashgʻul. Bu tarmoq yalpi ichki mahsulotning 39 foizini taʼminlaydi. Xalqaro qahva tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 2012 yilning birinchi yarmida Vyetnam qahva yetishtirish boʻyicha Braziliyani 13 foizga ortda qoldirdi va tarixda ilk bor eng yirik eksportchiga aylandi. Vyetnam asosan neft xomashyosi, dengiz mahsulotlari, guruch, qahva, kauchuk, choy, ustkiyim va oyoqkiyim sotadi. Asosiy xaridorlari – AQSH, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya va Germaniya. Chetdan esa sanoat mahsuslotlari, neft mahsulotlari, oʻgʻit, gʻalla, paxta, semon va motosikllar sotib oladi. Asosiy taʼminotchilari – Xitoy, Singapur, Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreya, Tayland va AQSH. Vyetnam iqtisodiyoti taraqqiyotiga AQSH qoʻygan embargo va Sobiq Ittifoqning qattiqqoʻl vasiylik siyosati koʻp yillar toʻsqinlik qilib keldi. Amerika chet el mollari savdosiga qarshilik koʻrsatgan boʻlsa, sovetlar mamlakatga xorij sarmoyalari kirib kelishiga rozilik bermadi.1988 yili hukumat chet el sarmoyalari haqidagi qonunni qabul qildi. Unda xorij korxonalari faoliyatini kafolatlash va ularning mulklari oʻzlashtirilmasligi belgilab qoʻyildi. Vyetnamga birinchi boʻlib Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, jumladan, Janubiy Koreya va Avstraliya kompaniyalari kirib keldi. Soʻngra bunday sarmoyadorlar safi kengayib bordi. 1997 yili esa parlament barcha viloyat va tumanlarga tashqi savdoni erkin yuritish imkonini berdi. Vyetnam aholisining 85,7 foizi viyetlardan iborat. Shuningdek taylar (1,9 foiz), txaylar (1,8 foiz), mionglar (1,5 foiz), kxmerlar, myaolar (1,2 foiz), nunglar (1,1 foiz) va boshqa xalqlar vakillari ham yashaydi. Rasmiy til – viyet tili. Aholining maʼlum bir qismi ingliz, fransuz va xitoy tillarida soʻzlasha oladi. Vyetnamda asosan mahalliy tushunchalarga eʼtiqod qilinadi. Ajdodlar ruhiga sigʻinish va ulardan madad soʻrashga asoslangan bu ibodat yoʻnalishi biror-bir taʼlimotga, boshqaruv tizimiga, ibodatxonalarga va diniy konfessiya maqomiga ega emas.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling