Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Download 0.92 Mb.
bet47/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

36 Jahondagi qaram hududlar
Buyuk mustamlakachi davlatlar oxirgi yuz yillikda kuchli “ozib ketganligi”ga qaramasdan, unyoning zamonaviy siyosiy xaritasida hanuzgacha metropoliyalar va mustamlakalar mavjud. Bugun bu hududlar turlicha: dengiz orti departamentlari, dengiz orti hududlari yoki inkorporatsiya qilinmagan hududlar deb nomlanadi. Mustamlakalar hatto o‘z bayrog‘i va boshqaruv organlariga ega bo‘lishi mumkin. Biroq bu bilan mazmun o‘zgarmaydi: mustamlakalar va ularning tub aholisi u yoki bu darajada o‘z metropoliyalariga qaram hamda siyosiy suverenitetga ega emas, deb yozadi TravelAsk. Zamonaviy dunyoda 50 dan ortiq mustamlaka mavjud. Ularning sohiblari o‘z dengiz orti hududlaridan voz kechishga shoshilmaydi. Keling, bugungi kunda qay bir metropoliya eng ko‘p mustamlakaga ega ekanligini ko‘rib chiqamiz. Britaniya imperiyasining avvalgi buyukligidan kam qismi qolgan. Shunga qaramasdan, bugun Buyuk Britaniya sayyoraning barcha asosiy mintaqalarida mustamlakalarga ega. Yevropa: La-Mansh bo‘g‘ozida Jersi oroli, La-Mansh bo‘g‘ozidagi Gernsi oroli, Irland dengizidagi Men oroli, Pireney yarimoroli janubidagi Gibraltar shahri, Kipr orolidagi harbiy bazalar — Akrotiri va Dekeliya. Atlantika okeani: Bermud orollari, Muqaddas Yelena oroli, Me’roj oroli, Tristan-da-Kunya arxipelagi, Janubiy Amerika sohillaridagi Folklend orollari (Argentina bilan bahsli hudud), Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari (Argentina bilan bahsli hudud). Karib dengizi: Angilya orollari, Kayman orollari, Montserrat oroli, Britaniya Virgin orollari, Terks va Kaykos orollari. Tinch okeani: Pitkern orollari — Tinch okeani janubiy qismidagi beshta orol. Hind okeani: Britaniyaning Hind okeanidagi hududi — 55 ta oroldan iborat guruh. Mustamlaka BMTning 1965-yilgi qaroriga qaramasdan tashkil etilgan, Seyshel orollari va Mavrikiy bilan bahsli. Yaqin vaqtlargacha Fransiya Afrika va dunyoning boshqa mintaqalarida bepoyon hududlarga ega edi. Bugun mamlakatlarning aksariyati mustaqillikka erishdi, biroq Fransiya hozirga qadar ko‘p sonli dengiz orti hududlari sohibidir. Bu hududlar aholisi Buyuk Britaniya “mustamlaka fuqarolari” sonidan ortiq. Janubiy Amerika: Aholisi 240 ming kishi bo‘lgan Fransuz Gvianasi. Atlantika okeani: Sen-Pyer va Mikelon orollari.
Karib dengizi: Gvadelupa orol davlati, Martinika oroli, Sen-Bartelemi oroli, Sen-Marten.
Hind okeani: Reyunyon oroli, Mozambik bo‘g‘ozidagi Mayotta oroli (Komor orollari bilan bahsli), Amsterdam oroli, Sen-Pol oroli, Kroze oroli, Kergelen arxipelagi, Eparse oroli (ulardan aksariyati qo‘shni davlatlar bilan munozarali). Tinch okeani: Uollis va Futuna orollari hududi, Yangi Kaledoniya, 280 ming kishiga yaqin aholisi bo‘lgan Fransuz Polineziyasi, Klipperton oroli.
Qo‘shma Shtatlar maktab darsliklarida kolonial imperiya sifatida ko‘rsatilmagan, biroq bugungi kunda aynan mazkur davlat qaram aholisi soni (4 milliondan ortiq odam) bo‘yicha eng yirik metropoliyadir.
Karib dengizi: Qo‘shma Shtatlar Virgin orollari, erkin qo‘shilgan davlat Puerto-Riko — AQSh Kongressi tomonidan boshqariladigan, aholisi 3,7 million kishidan iborat davlat. Tinch okeani: Guam oroli, Shimoliy Marian Orollari, Amerika Samoasi (Sharqiy Samoa), to‘qqizta orol guruhidan iborat Tashqi kichik orollar, AQShga erkin qo‘shilgan davlat — Marshall orollari.
Bugungi kunda Niderlandiyaning faqat Karib dengizida mustamlakalari qolgan. Bu Aruba oroli, Kyurasao oroli, Muqaddas Martin orolidagi Sint-Marten davlati va Karib Niderlandiyasi (Boneyr, Sint, Estatius, Saba orollari). O‘tmishda nufuzli Portugaliya imperiyasi bugun Atlantika okeanida bor-yo‘g‘i ikki dengiz orti mustamlakasi: 270 ming aholisi bo‘lgan Madeyra oroli va 250 mingga yaqin aholisi bo‘lgan Azor oroliga ega.
Bugun Ispaniya deyarli barcha mustamlakalarini yo‘qotdi, uning mamlakatdan uncha uzoq joylashmagan bir nechta mustamlakasi qoldi, xolos. Atlantika okeani: Kanar orollari.
O‘rta Yer dengizi: Afrikaning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Seuta va Melilya shaharlari, shuningdek, Alusemas, Chafarinas, Perexil, Alboran orollari. Mazkur hududlarning barchasi siyosiy suverenitet va shaxsiy qurolli kuchlarga ega emas, ularning xavfsizligi metropoliya armiyasi tomonidan ta’minlanadi.
Bu oddiy jug'rofik savolning javobi shundaki, bu kimning hisoblashiga bog'liq. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, masalan, 240 dan ortiq mamlakat va hududlarni tan oladi. Biroq, Qo'shma Shtatlar rasmiy ravishda 200 dan kamroq davlatni tan oladi. Eng muhimi, dunyodagi 196 mamlakatda eng yaxshi javob.
Ushbu jami ko'pincha dunyodagi haqiqiy davlatlar soni sifatida noto'g'ri ko'rsatilgan, chunki chegaralangan statusga ega bo'lgan ikkita boshqa a'zo mavjud. Mustaqil davlat bo'lgan Vatikan (Vatikan) va qashshoq davlat organi bo'lgan Falastin ma'muriyati BMTda doimiy kuzatuvchi maqomiga ega bo'ldi. Ular BMTning barcha rasmiy tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin, biroq, Bosh Assambleyada ovoz berish huquqi berilmaydi.
Xuddi shu tarzda, o'z mustaqilligini e'lon qilgan va BMT a'zolarining ko'pchiligi tomonidan e'tirof etilgan ayrim davlatlar yoki mintaqalar bor, biroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibiga kirmaydi. Kosovo 2008 yilda mustaqillik e'lon qilgan Serbiya hududi bunga misoldir.
Ma’lumki, dunyoda nechta davlat bor degan savolga aniq javob berish qiyin. Buning sababi, dunyo xaritasida turli maqomga ega hududiy-ma’muriy birliklar - mustaqil davlatlar, jahon hamjamiyati to’la tan olmagan mamlakatlar, maqomi noaniq davlatlar, qaram davlatlar mavjudligi bilan izohlash mumkin. 
Davlatlarni siyosiy birlik sifatida tan olish XXasrning boshlariga kelib birmuncha dolzarb masala bo’lib qoldi. Chunki, 1919-yildan boshlab o’tkazila boshlagan butunjahon anjumanlari, Millatlar Ligasini tashkil etilishi ushbu tadbirlarda davlatlarning qatnashish huquqlari masalasi ko’ndalang qo’yiladigan bo’ldi. Bu muammoni 1933-yil Urugvayning Montevideo shahrida o’tkazilgan xalqaro anjumanda hal etishga ilk bor harakat qilib ko’rildi. Anjumanda qabul qilingan "Montevideo konvensiyasi" deb nomlangan hujjatda "davlat" tushunchasiga ta’rif berilib, uni siyosiy-geografik birlik sifatida tan olishning quyidagi asosiy to’rtta mezoni belgilandi: 
1. Doimiy aholining mavjudligi
2. Ma’lum hududga egaligi
3. O’z hukumatining mavjudligi
4. Boshqa davlatlar bilan tashqi aloqa qilish imkoni mavjudligi
Haqiqatdan ham manbalarga ko’ra, davlat xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi va muayyan aholiga ega bo’lgan hududda siyosiy hokimiyatni tashkil etishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, dunyoda nechta davlat bor degan savolga aniq javob berish qiyin. Buning sababi, dunyo xaritasida turli maqomga ega hududiy-ma’muriy birliklar - mustaqil davlatlar, jahon hamjamiyati to’la tan olmagan mamlakatlar, maqomi noaniq davlatlar, qaram davlatlar mavjudligi bilan izohlash mumkin. 
Shuningdek, Falastin, Sahroi Kabir, Silend kabi birliklar maqomi noma’lum hududlarga kirsada, ularda davlatning barcha belgilari bor. Ammo dunyo siyosiy xaritasida davlatning barcha belgilariga ega lekin mustaqil boshqaruvga ega bo’lmagan 61ta hududiy birlik ham bor. Ba’zi ishlarni o’zlari hal qilishi tufayli ba’zi mamlakatlar ularni mustaqil deb tan olgan, shuning evaziga dunyoda 221 ta davlat ba’zi manbalarda 230ta davlat bor deyiladi. Masalan, Germaniyada chop etilgan adabiyotlarda 243 ta davlat borligini ko’rish mumkin. Har yili Nyu-Yorkda chop etiladigan "Dunyo mamlakatlari" jurnalida jami 195 ta davlat borligi ta’kidlangan.
Har yil Vashingtonda chop etiladigan "Jahon faktlar yilnomasida" (World Year Factbook) duynoda 266 ta siyosiy va geografik hudud borligi haqida ma’lumot beradi.
Shunday qilib, dunyodagi davlatlar soni davlat va mamlakatlarga qanday ta’rif berilishiga qarab, 196 tadan 266 tagacha o’zgarishi mumkin. Adabiyotlarda davlatlar soni turlicha bo’lishiga sabab, mutaxasislar bu masalaga qanday yondashganiga qarab belgilanishi mumkinligini xulosa qilish mumkin.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling