Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi
Kasbiy ta’lim olishning boshqa imkoniyatlari
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonada ta’lim olish.
Kasbiy ta’lim olishning boshqa imkoniyatlari. Korxonada ta’lim olish va
kasb-hunar maktablarida o‘qishdan tashqari mutaxassislik egallashning boshqa imkoniyatlari ham mavjud. Masalan, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar bilim yurtlarida o‘qish 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. U korxonada kasbiy tayyorgarlik deb hisoblanishi yoki uni to‘liq ravishda o‘rnini bosishi mumkin. Real maktab bitiruvchilari texnikumlarga qabul qilinadi va 2 yildan keyin ular ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini beruvchi o‘qishni tamomlaganlik haqida guvohnoma olishadi. Tugallangan kasbiy ma’lumotta ega o‘quvchilarga bunday huquq 1 yil o‘qiganlaridan so‘ng beriladi. Nazariyadan tashqari, o‘qitish stikliga o‘quv ustaxonalarida ishlash va amaliyot kiradi. Har yili mehnat masalasi bo‘yicha federal boshqarma jismoniy zaiflik bilan og‘rigan yoshlarning individual kasbiy ma’lumot olishlari uchun 4,3 mln marka ajratadi. Jumladan, korxonalarning majburiyatlariga ishchi joylarning 6 foizidan kam bo‘lmagan qismi nogironlarga taqdim etish majburiyati yuklatilgan. Ushbu nizomni bajarmaganlik uchun jarima solinadi. Korxonada ta’lim olish. Korxonada amaliy ta’lim olish, «shogirdlik», mutaxassislikka qarab 2 yildan 3,5 yilgacha, o‘rtacha 3 yil davom etadi. Davlat tomonidan e’tirof etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlik ruxsat etilgan xolos. Etuklik shahodatnomasiga ega bo‘lgan fuqaroning o‘qish muddati yarim yilga qisqartirilishi mumkin. O‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lsa, o‘qish muddatini yana yarim yilga qisqartirish mumkin. Shogirdlarning maoshi yildan-yilga ortib boradi. O‘quv dasturlari tadbirkorlar uyushmasi va kasaba uyushmalari tomonidan belgilanib, tegishli federal vazirliklar nizomlarida e’tirof etiladi. Ularda o‘qitiladigan fanlar va imtihon shakllari belgilanadi. Imtihonlar iqtisoddagi o‘z-o‘zini boshqarish organlari (sanoat-savdo palatalari, hunar palatalari) tomonidan qabul qilinadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga ishbilarmonlar, mehnat jamoasi vakillari hamda kasb- hunar maktablari o‘qituvchilari kiradi. O‘quvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan 500.000dan ortiq korxonalarda, shuningdek erkin kasblar sohasida va davlat muassasalarida o‘qiydilar. Yirik firmalar o‘quvchilarni o‘zlarining o‘quv ustaxonalari va ish joylarida tayyorlaydilar. Kichik korxonalarda o‘qish bevosita ish joylarida tashkil etilgan. Agar korxona tor ixtisoslikka ega bo‘lib, zaruriy bilimlarni berish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ularga yoshlar o‘zlarining kasbiy bilimlarini chuqurlashtirishlari mumkin bo‘lgan tarmoqlararo o‘quv markazlari yordam beradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling