Birinchi bosqich (1917-1939 yillar) dunyo xaritasida SSSR (sotsialistik imperiya)ning paydo bo’lishi, Evropa va dunyoning boshqa qismlarida muhim hududiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi bilan tavsiflanadi. Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalandi, ko’p davlatlarning chegaralari o’zgardi. Yangi mustaqil mamlakatlar Pol’sha, Finlandiya, Chexoslavakiya, Yugoslaviya (Serbiya, Xorvatiya, Slovakiya qirolliklari) va boshqalar paydo bo’ldi. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Bel’giya, Yaponiya mustamlakalari ko’paydi hamda kengaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |