Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati


Download 0.89 Mb.
bet6/11
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu maruza

Ikkinchi bosqich (1939-1990 yillar) Evropa siyosiy xaritasida yuz bergan o’zgarishlardan tashqari, sotsialistik eksperimentning kengayishi, (Evropa va Osiyodagi ayrim davlatlarning sotsialistik yo’lga o’tishi), imperializm mustamlakachilik tizimining emirilishi oqibatida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi (Karib regionida), Okeaniyada 100dan ortiq mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi bilan nishonlanadi.

Uchinchi bosqich 1990 yildan boshlanib, hozirga qadar davom etmoqda. Dunyo siyosiy xaritasida butun dunyo hamkorligining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan yangi sifat o’zgarishlari quyidagilardir:

-1991 yil SSSRning parchalanishi, sobiq ittifoqdosh respublikalarning siyosiy mustaqillikka erishishlari;

-Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining (MDH) paydo bo’lishi;

-Sharqiy Evropadagi sobiq sotsialistik davlatlarning tipik xalq demokratik inqiloblari g’alabasi orqali yangi mustaqil rivojlanish yo’liga o’tishlari (1989-90 yillar);

-1991 yilda harbiy Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VShT), O’zaro Iqtisodiy Yordam Tashkiloti Kengashi (O’IYoK) faoliyatining to’xtalishi va uning Evropa hamda butun dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga jiddiy ta’sir ko’rsatishi;

-Sotsialistik tizimning barbod bo’lishi;

-1990 yil 3 oktyabr ikki German davlatining (GFR va GDR) birlashuvi;

-Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining (YuSFR) parchalanishi oqibatida Sloveniya, Bosniya va Gertsegovina, Makedoniya, Xorvatiya, Yugoslaviya Ittifoqi Respublikasi (Serbiya va Chernogoriya tarkibida) siyosiy mustaqilligining e’lon qilinishi, Sobiq Federatsiyadagi keskin siyosiy inqiroz (krizis) fuqarolar urushiga va millatlararo ziddiyatlarning kuchayishiga, ularning bugungi kunga qadar davom etishiga olib keldi;

-1990 yil may oyida ikki arab davlati – Yaman Arab Respublikasi (YaAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YaXDR) – milliy-etnik asoslarda birlashdi (Yaman Respublikasi, poytaxti – Sana shahri);

-1990-1991 yillarda mustamlakachilikning barbod bo’lishi jarayoni davom etib, quyidagi davlatlar mustaqillikka erishdilar: Namibiya (Afrikada eng so’nggi mustamlaka); Okeaniyada yangi davlatlar – Mikroneziya Federativ Shtatlari (Karolin orollari), Marshall orollari Respublikasi paydo bo’ldi;



-1993 yil 1 yanvarda Sobiq Chexoslovakiya o’rnida, ikki mustaqil davlat - Chexiya va Slovakiya paydo bo’ldi;




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling