Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati


Download 0.89 Mb.
bet8/11
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu maruza

2.3-rasm. Davlat tuzilishi



Konfederatsiya o’z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda u yoki bu maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo’lmaydi. Har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti bo’ladi. Hozirgi davrda Shvetsariyada konfederatsiya maqomi saqlanib qolgan.

    1. Dunyo mamlakatlarining guruhlanishi va tavsiflanishi

Har bir dunyo mamlakatini o’rganishda, uni tabiiy, xo’jalik, ma’daniy va siyosiy jihatlari geografik ob’ekt nuqtai nazaridan qaraladi. Dunyo mamlakatlarini guruhlanishi va tavsiflanishi turli mezonlar asosida olib boriladi. Agar mamlakatlarning guruhlanishi miqdor ko’rsatkichlari asosida o’tkazilsa, ularning tavsiflanishi esa, sifat ko’rsatkichlari asosida olib boriladi.

Mamlakatlar hududining maydoni, aholi soni, geografik o’rin xususiyatlari bo’yicha guruhlanadilar. Dunyo davlatlari soni bo’yicha eng katta yirik davlatlar, o’rta, kichik va juda kichik (mitti davlatlar) davlatlarga bo’linadi. Bundan dunyoning eng katta maydoni bo’yicha yirik davlatlarga quyidagi o’nta mamlakat kiradi (2.1-jadval).

Shuningdek, dunyoning maydoni bo’yicha eng kichik, mitti-davlatlari mavjud bo’lib, ular G’arbiy Evropada joylashgan, Andorra, Lixtenshteyn, San-Marino, Monako, Vatikan davlatlari (bulardan eng kichik davlat Vatikan – 0,44 km2), va boshqalar kiradi.

Aholisi soni bo’yicha ham dunyo mamlakatlari guruhlanadi va ushbu guruhlanish har doim o’zgarib turadi.

Geografik o’rnining xususiyatlariga ko’ra mamlakatlar dengiz bo’yi, yarimorol, orol, arxipelag va dengizga chiqish yo’li bo’lmagan davlatlarga bo’linadi. Bundan tashqari mamlakatlar siyosiy geografik o’rniga (SGO’) ko’ra makro, mezo va mikro - o’rin dunyo siyosiy xaritasidagi o’rni xususiyatlarini ko’rsatadi. U mamlakatning dunyoni eng muhim iqtisodiy markazlari, transport va savdo yo’llari, davlatlar integratsiyasi guruhlari, turistik (sayohat) oqimlariga nisbatan baholanadi. Shu sababdan geografik o’rin iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega.





Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling