Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati


Maydoni bo‘yicha eng katta mamlakatlar*


Download 0.89 Mb.
bet9/11
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu maruza

Maydoni bo‘yicha eng katta mamlakatlar*

10 o‘rin: Aljir – Shimoliy Afrikadagi davlat bo‘lib, uning yer maydoni 2 381 740 km2. Aljir – maydoni bo‘yicha Afrikaning eng yirik mamlakati hisoblanadi.

Janubiy Sudanning mustaqil bo‘lganiga qadar (9 iyul 2011 y.) Sudan Afrikaning eng katta mamlakati bo‘lib 2 505 810 km2 maydonni egallab, dunyoda o‘ninchi o‘rinda turgan. Janubiy Sudanni mustaqil bo‘lishi tufayli Sudanning yer maydoni 2 505 810 km2dan 1 886 065 km2 gacha kamaygan. Natijada Janubiy Sudanning yer maydoni hozirgi kunda 619 745 km2ni tashkil etadi.



9 o‘rin. Qozog‘iston – yer maydoni 2 724 902 km2ni tashkil etgan davlat bo‘lib, yevroosiyoning markazida joylashgan. yer maydonining katta qismi Osiyo qit'asida, kam qismi yevropada. Qozog‘iston o‘z yer maydoni bo‘yicha Osiyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.

8 o‘rin. Argentina – Janubiy Amerikada joylashgan mamlakat bo‘lib, uning yer maydoni 2 766 890 km2ni tashkil etadi. Argentina – o‘z yer maydoni bo‘yicha Janubiy Amerikada ikkinchi o‘rinda turadi.

7 o‘rin. Hindiston – Janubiy Osiyodagi davlat bo‘lib, uning yer maydoni 3 287 263 km2ni tashkil etadi. Hindiston – yer maydoni jihatidan Osiyodagi uchinchi mamlakatdir. 6 o‘rin. Avstraliya – Janubiy yarim shardagi davlat bo‘lib, Avstraliya materigi, Tasmaniya oroli va Hind hamda Tinch okeandagi boshqa orollardan iborat.

Avstraliyaning yer maydoni – 7 692 024 km2.



5 o‘rin. Braziliya – Janubiy Amerikadagi davlat bo‘lib, uning yer maydoni 8 514 877 km2ni tashkil etadi. Braziliya – Janubiy Amerikaning maydon jihatidan eng katta mamlakati hisoblanadi.

4 o‘rin. Amerika Qo‘shma Shtatlari – Shimoliy Amerika qit'asida o‘z hududi bo‘yicha ikkinchi davlat hisoblanadi. AQShning yer maydoni bo‘yicha turli xil ma'lumotlarni uchratish mumkin. Butun dunyo ma'lumotlar kitobining ma'lumotlariga ko‘ra uning yer maydoni 9 526 468 km2 deb hisoblaydi. Ushbu ma'lumotlar hududiy suv maydonlarini (qirg‘oqdan 5,6 km) qo‘shib hisoblaganda AQShni maydon jihatidan dunyodagi uchinchi o‘ringa olib chiqadi. Britannika entsiklopediyasi AQShning yer maydonini hududiy suv havzalarisiz hisoblagandagi maydonini – 9 526 468 km2ligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, AQShning yer maydoni jihatidan Xitoydan kamdir.

3 o‘rin. Xitoy – G‘arbiy Osiyodagi davlat bo‘lib, uning yer maydoni 9 598 077 km2 (Gonkong va Makao bilan birga). Xitoy yer maydoni jihatidan Osiyodagi ikkinchi mamlakatdir.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling