Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati
-rasm. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi
Download 0.89 Mb.
|
2-mavzu maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tuzumi va davlat tuzilishi
2.2-rasm. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi-1993 yil Eritreya davlatining (Efiopiyaning Qizil dengiz qirg’og’idagi sobiq provintsiyasi) mustaqilligi e’lon qilindi. Mutaxasislarning ta’kidlashiga ko’ra dunyo siyosiy xaritasining kelajakda o’zgarishi avvalo ko’p milatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning rivoji, yo’nalishiga, mamlakatlar va xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning tavsifiga bog’liq holda davom etishi mumkin. Davlat tuzumi va davlat tuzilishiDunyoning siyosiy xaritasida davlatlarni siyosiy rejimi, davlat tuzumi va tuzilishi bo’yicha o’rganish alohida ahamiyatga ega. Mustaqil mamlakatlar davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega. Ulardan eng muhimi davlat tuzumidir. U monarxiya va respublika bo’lishi mumkin. Hokimlikning respublika shaklida davlat hokimiyatining oliy organlari saylanadi yoki umummilliy vakillar muassasi-parlament tomonidan tuziladi. Respublika tuzumida qonun chiqaruvchi hokimyat –parlamentga, ijoriya hokimiyat hukumatga tegishlidir. Bunda Prezident juda katta vakolatga ega bo’lgan va hukumatni boshqaradigan Prezident respublikasi (AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlarining ayrimlari) va Prezidentning roli kamroq, hukumatni esa bosh vazir boshqaradigan parlament respublikalari bir-birlaridan farq qiladi. Dunyoda bunday respublikala soni 140 dan ko’proq. Hokimlikning monarxiya shaklida oliy davlat hokimiyati monarxlarga - qirol, knyaz’, sulton, shoh, amirga qarashli bo’lib, hokimiyat meros orqali avloddan-avlodga o’tadi. Dunyo siyosiy xaritasida 30 ta monarxiya bor, shu jumladan, Osiyoda-14, Evropada 12 Afrikada 3, Okeaniyada-1. Monarxiyalar konstitutsion va mutlaq tiplarga bo’linadi. Ularning ko’pchiligi konstitutsion monarxiya bo’lib, unda monarx ramziy "podsholik" qiladi, lekin davlatni boshqarmaydi (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya), real qonun chiqaruvchi hokimiyat parlamentga, ijroiya hokimiyat hukumatga qarashlidir. Mutlaq monarxiyada monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan, hukumat va boshqa hokimiyat organlari faqat monarx oldida ma’sul va javobgardir (Saudiya Arabiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Omon, Bruney, Quvayt va boshqalar). Teokratik monarxiyada davlatni diniy boshqaruv amalga oshiradi. Davlat tuzilishi shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir. Davlat tuzilishi bo’yicha barcha davlatlar turlarga bo’linadi (2.3-rasm). Unitar davlat – bu oddiy, yaxlit davlat bo’lib, davlat, oblast, okrug, rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma’muriy-hududiy birliklarga bo’linadi. Bunday davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta prezident bo’ladi. Bunday davlatlarga Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Shvetsiya, Pol’sha va boshqalar misol bo’la oladi. Federativ davlat murakkab, ittifoqdosh davlat bo’lib, bir qancha ma’muriy- hududiy bo’linmalardan tashkil topadi (shtatlar, o’lkalar, respublikalar), bularga AQSh, Rossiya, Hindiston, Meksika va boshqalar kiradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling