Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Tadqiqotni boshlang’ich ilmiy vazifalari


Download 203.15 Kb.
bet32/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

2. Tadqiqotni boshlang’ich ilmiy vazifalari
Tadqiqotchini boshlang’ich ilmiy vazifalariga muammoni aniqlash, hal qilish vositalari va yo’llarini belgilash, tekshirish, o’rganish usullarini tanlash kiradi.
Ilmiy muammo aniqlangandan keyin tadqiqot mavzusi belgilanadi.
Demak, tadqiqotni boshlang’ich bosqichida quyidagi ishlar bajariladi. Yo’nalishni tanlash, muammoni ifodalash, tadqiqot mavzusini belgilash, ilmiy masalalarni qo’yish.
Tanlangan yo’nalish ilmiy xodimni keyingi faoliyatini strategiyasi bo’lib qoladi.
Ilmiy yo’nalishni asosini maxsus fan yoki ma’lum ilm tarmog’iga kiradigan bir qator maxsus fanlar, hamda maxsus tadqiqot usullari tashkil qiladi.
Ilmiy yo’nalish ilmiy muammoni sohasini belgilaydi. Fan tarixida shunday hollar bo’lganki, ilmiy muammoni hal etish jarayonida yangi ilmiy yo’nalitshlar paydo bo’lgan. Aytaylik, jamoatchilik fikri muammosi bilan shug’ullanish jarayonida jamoatchilik fikri sosiologiyasi yo’nalishi, falsafada fan muammosi bilan shug’ullanish epistimologiyasi va fan metodologiyasi yo’nalishlarini shakllanishiga olib keldi.
Muammoni tarkibiy qismini ilmiy tadqiqot mavzusi tashkil qiladi. Mavzu bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muammoni bir qismini tashkil qilgan ilmiy masalalarga javob topadilar.
Ilmiy muammo mavzular yoki mavzular kompleksini manbaidir. Mavzular kompleksiga doir javob va natijalarni umumlashtirish ilmiy muammo yechimini berishi mumkin.
Mavzular orqali ilmiy muammo masalalariga bo’linib ketadi. Ilmiy masala konkret ilmiy tadqiqot mvzusiga oid ilmiy savollar majmuasidir.
Ilmiy tadqiqotning eng mas’uliyatli bosqichi yo’nalish, ilmiy muammo, tadqiqot mavzusini tanlash va ilmiy masalalarni (savollarni) qo’yishdir.
Ilmiy yo’nalish va muammoni dolzarbligini ijtimoiy ehtiyoj va buyurtmalar belgilaydi.
Ilmiy yo’nalish ko’pgina tadqiqotchi ishlab turgan ilmiy muassasani xususiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ilmiy yo’nalishni tanlash tadqiqotchi uchun u ishlashni hohlagan fan tarmog’ini tanlashga borib taqaladi. Ilmiy muammo va tadqiqot mavzusini tanlashda qarab chiqilayotgan yo’nalishdagi ziddiyatlar, noaniqliklar, hal etilmagan muammolar aniqlanadi, shu asosda tadqiqot muammosi va umumiy tarzda kutilayotgan natija belgilanadi, keyinchalik muammoni strukturasi, tarkibiy qismlari ishlab chiqiladi, tadqiqotni mavzusi, ijrochilar, muammoni dolzarbligi qayd qilinadi.
Muammoni asoslanishi, uni strukturasi qayd qilinadigan keyin ilmiy tadqiqot mavzusi belgilanadi. Mavzu dolzarb xarakterga ega bo’lishi, ilmiy yangiligi mavjud bo’lishi lozim.
Har bir ilmiy jamoa shakllangan an’anaga qarab o’zini yo’nalishiga, darajasiga, tadqiqot loib borish malakasiga ega.
Shu bilan birga fanda monopoliya holatiga yo’l qo’ymaslik kerak. Monopoliya holati g’oyalar raqobatiga g’ov bo’ladi, uslubiy va nazariy ko’pxillikka yo’l qo’ymaydi.
Mavzuni muhim tomonini olingan natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilishni tezligi va ko’lami tashkil qiladi.
Mavzuni tanlashdan oldin yo’nalishga oid adabiyotni, bibliografik manbalarni sinchiklab o’rganish zarur. Ko’p hollarda bu ishni qilib yurgan ilmiy tadqiqot muassasasi rahbari o’zi belgilangan muammoni tadqiqotchiga tayyor holda beradi.
Ilmiy tadqiqotni dolzarbligini oshiradigan omil ilmiy bahs, muhokama va ilmiy tanqiddir.
Bahs jarayonida hali hal etilmagan masalalar ochilib qoladi, soxta ilmiy muammolar olib tashlanadi, ilmiy muammo dolzarblik va ahamiyati jihatidan o’ziga xos g’alvirdan o’tadi.



Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling