Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк
Download 0,68 Mb.
|
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi
Bo'yan - Amudaryo vohasi va del'tasidagi eng ko'p tarqalgan ahamiyatli yovvoyi o'simliklardan biri. U ko'pincha suvg'orish sistemalarining bo'ylarida, vohalardagi ekindan bo'sh joylarda va to'qaylarda bir butun maydonni egallab yotgan bo'yanzorlarni paydo qilib o'sadi.
Qamish - Amudaryo del'tasida yilning ko'pchilik bo'limida suv bilan band uchastkalarda o'sadi. Qamishni Qoraqalpog'iston sharoitida ayniqsa yilqi va qora mollarga, shuningdek qo'y-echkilarga ham em-xashak uchun foydalansa bo'ladi. Bundan boshqa, u mahalliy qurilish xom ashyosi hisoblanadi. Qamishdan ximiyaviy yo'l bilan uksus va chumoli kislotasi, metan spirti, atseton va formalin olinadi. To'rong'il - bo'yi ko'pincha 12-14 metrgacha etib, diametri yarim metrdan oshuvchi daraxt. U har xil mexanik tarkibga ega allyuvial tuproqlarda o'sish va rivojlanish xususiyatiga ega. To'rong'ilni to'qaylarnining ayrim sharoitlarda shYrlashgan tuzli tuproqlarida ham uchratamiz. Tuproqdagi namlikning haddan tashqari ko'pligi to'rong'ilning normal rivojlanishini qiyinlashtiradi. Agar uni uzoq vaqt davomida suv bosib qolsa, to'rong'illarning vegetatsiyasi to'laligicha to'xtab qolishi mumkin. To'rong'il qurilishda va o'tin uchun keng foydalaniladi. Jigildik - Respublikamizdagi uchraydigan yog'ochning ikkinchi bir turi. Uning bo'yi odatda 7-9 metrgacha etadi. Ayrim sharoitlarda u yirik buta (kustarnik) ko'rinishida ham (balandligi 5-6 metr) uchraydi. Jigildik mevasi odamlar uchunda foydali oziq, ulardan yuqori sifatli spirt olish mumkin. Yontoq - Amudaryo del'tasidagi eng ko'p tarqalgan o'simliklardan biri. U er osti suvlari yaqin joylashgan Amudaryo bilan suvg'orish sistemalarining sohilidagi xalqada, boshqa namlikni xush ko'ruvchi o'simliklarning orasida har uchraydi, bu zonadan Ustyurt va Qizilqumga qanchalik yaqin joylashgan sari er osti suvining pasayishiga bog'liq, yontoqning soni ortib boradi. Ayrim joylarda yontoqlar hattoki qalin to'qaylarni ham paydo qiladi. Ularning ayrimlarining bir butun egallagan maydoni 20-30 gektar gacha etadi. Yontoq - sifatli em-xashak bo'luvchi o'simlik. Ayniqsa uni tuya yaxshi eydi. Bundan tashqari qo'y-echki va qora mallar uchun ham ol ozuqa hisoblanadi. Yulg'un - Qoraqalpog'iston hududida, ayniqsa uning ikki turi (oq yulg'un va qizil yulg'un) ko'proq uchraydi. Ularning bo'yi ko'pchilik sharoitda 2-4 metr bo'lib, ayrim vaziyatlarda 5-6 metr ga etadi. Yulg'unlar bilan ko'pchilik qora mollar, ayniqsa echki va tuyalar yil davomida oziqlanadi. Ular o'tin sifatida ham foydalaniladi. Saksovul - Qoraqalpog'iston hududida saksovulning ko'pincha uch turi: oq saksovul, qora saksovul va qil saksovul uchraydi. Ularning bo'ylari 4-5 metrga etib, yog'och yoki buta ko'rinishida uchraydi. Ular odatda qumli va tuzli tuproqlarda yaxshi o'sadi. Ayrim adabiyotlarda O'rta Osiyo sharoitida saksovulning bo'yi 14 1 9 metr ga, diametri esa 1 metrgacha etishi mumkin. em-xashak ahamiyati bo'yicha qora saksovul oq saksovulga qaraganda ahamiyatliroq. Ular kuzning oxirida pishib etiladi. Mevasi (tuxumi) qo'ylar uchun juda yaxshi ozuqa. Saksovul ximiya sanoatida xom ashyo sifatida qo'llaniladi va harakat etuvchi (ko'chmanchi) qumlarga qarshi kurashish uchun ekiiladigan asosiy o'simliklarning biri. U o'tin uchun ham ahamiyatli. Download 0,68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling