Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Download 0.68 Mb.
bet15/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ilonbaliq - ilonbosh balig'i Amudaryo va Sirdaryo basseynlaridagi suvlarda (ko'llarda, zaxkash-kollektorlarda va daryo suvlarida) keyingi 20-25 yil ichida keng tarqalib ketgan yirtqich baliqlardan biri.
Tolstolobik, oq amur va ilonbaliq Qoraqalpog'iston sharoitiga tez moslashgan, hozirgi vaqtda uning suvlarida (daryo, ko'llar, zaxkash-kollektorlar) ko'p uchraydigan va ko'proq ovlanadigan baliqlardan.
Qoraqalpog'iston o'simligi va xayvonot dunyosiga resurs sifatida baho berganimizda, birinchi navbatda respublikamizning asosiy bo'limining (Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumi, Amudaryoning hozirgi zamon del'tasining ko'pchilik territoriyasi) yaylov ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Albatda shu jihatdan Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumi daryo del'tasidan farq qiladi. Masalan Qoraqalpog'iston Ustyurti xalq xo'jaligida, birinchi navbatda yaylov sifatida ahamiyatli ekanligini nazarda tutsak, albatda uning cho'l iqlimi sharoitida yaylov o'simliklarining uncha unumdor emasligi va Ustyurtning keskin iqlimining (ayniqsa qishda) territoriyada chorvachilikni rivojlantirishda bir qancha qiyinchilik tug'dirishini unutmaslik kerak. Lekin Qoraqalpog'iston Ustyurtining yaylov jihatidan imkoniyati ko'p, u hozirgi vaqtda to'liq foydolanilmayapdi. Asosiy em-xashak hisoblanuvchi o'simliklar tabiiy sharoitda o'sib rivojlanmoqda, hech qanday iqtisodiy sarfni talab qilmaydi. Lekin yaylovning unumdorligini oshirish uchun ma'lum darajada agrotexnik ilojlar ishlanib, yaylov fondinig sifatli em-xashak bilan boyishiga sharoit tug'dirishimiz kerak.
Albatta, Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumda yaylovlarni effektiv foydalanishda, birinchi navbatda ularni suvlandirishga ishlariga e'tibor berishimiz kerak. U respublikamizda qo'y-echki va tuyachilik xo'jaliklarini rivojlantirishga asosiy baza bo'la oladi.
Amudaryo del'tasidagi yaylovlar o'simliklarining soni, sifati va unumdorligi bo'yicha boshqacharoq. Ularning orasida qishki oziq-ovqat zaxirasini to'plash maqsadida em-xashak o'rib-yig'ib olinadigan maydonlar juda ko'p. Yaylovning suv bilan ta'minlanishi ham yaxshi. Yaylovlar ayniqsa yirik shoxli qoramollar va yilqichilik xo'jaliklarining rivojlanishi uchun qulay. Albatda qaysi turdagi yaylovlar bo'lmasin, ularni yaylov maqsadida foydalanishning ilmiy asosda ishlanib chiqilgan sistemasiga ega bo'lishimiz kerak. Shu bilan birga, ayniqsa Amudaryo del'tasidagi yaylovlar, zarur bo'lsa, tegishli agrotexnik ilojlardan so'ng dexqonchilik uchun o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan zaxira erlar ekanligini unutmasligimiz kerak.
Keyingi yillarda Amudaryoning quyi bo'limida borgan sari suv resurslarining kamligi dexqonchilik sistemasida ayrim o'zgarishlarni ishlashni talab etadi. Masalan bo'yan o'simligi chorvachilikda baholi, sifatli em-xashak bo'lish bilan bir qatorda uning ildizi (tomiri) meditsinada qimmatbaho dori olish uchun foydalaniladi. Shu jihatidan u iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda respublikamizda keng tarqalgan paxta, sholi va makkajo'xori kabi ekinlarga qaraganda suvni juda kam talab qiladi. Haqiyqatan ham bo'yan o'sib turgan erlar respublikamizda (kanal va ariqlarning yoqalarida, bo'z va qo'riq erlarda) katta maydonni egallaydi. Agarda uning normal o'sib, rivojlanishiga sharoit tug'dirilsa, bo'yanning tomiridan (dori olish maqsadida va oziq-ovqat sanoatida ahamiyatli xom ashyo sifatida) va poyasidan (em-xashak maqsadida) yuqori hosil olishga imkoniyat bizning respublikamiz tabiiy sharoitida to'liq bor. Shuning uchun ham kelajakda paxtachilik, g'alla, poliz bilan bir qatorda Qoraqalpog'istonda bo'yanni o'stirish va uni ko'paytirishga bog'liq maxsus xo'jaliklarni tashkil qilishga to'la imkoniyat mavjud.
Yildan-yilga dexqonchilik maydonining kengayishi, chorvachilikning rivojlanishi va respublikamizda mineral boyliklardan foydalanishning yuqori sur'atlarda ko'payishi yovvoyi hayvon turlarining kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa Orol dengizi sathining keskin pasayib ketishi, suvining tuzliligining ortishi, dengizning quruqlikka aylanishi, umumiy olganda Orol xavzasida ekologik sharoitining juda keskinlashib ketishiga olib kelmoqda.
Shunday bo'lishiga qaramastan, bundan 40-50 yil oldin respublikamiz territoriyasiga xarakterli bo'lgan hayvon turlarining o'rnini to'ldirish uchun ish ilojlari ishlanishi kerak. Buning uchun to'qaylarning, qishloq xo'jaligi maqsadida foydoladilmay yotgan erlarning, butazorlar, botqoqliqlar, qamishzorlar va suv maydonlarining ayrim bo'limlari qo'riqxona (zapovednik) yoki burtmalarga (zakaznik) aylantirilishi kerak. Bunday zonalarda hayvonlar bilan qushlarning ayrim turlarining ovlanishi qatiyan mann qilinishi kerak. Hozirgi vaqtda ishlab turgan Quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati (sobiq Bodayto'qay qo'riqxonasi) bu masalalarni echishda etarli emas. Respublikamiz butun O'zbekistonning uchdan bir bo'limidan ortiqroq hududini egallashi va keyingi yillarda ekologik sharoitining haddan tashqari keskinlashib ketganini hisobga olib, bunday qo'riq va burtmalarning maydoni kengaytirilishi va soni ko'paytirilishi kerak. Shu maqsadda Dovutko'l va uning atrofi, Amudaryoning Orol dengizi qirg'oqlaridagi del'ta bo'limi, Nurimtubek buyurtmasi birinchi navbatda foydalaniladigan erlar. Shu bilan birga bunday hududlar Qoraqalpog'iston Ustyurti va Qizilqumda ham barpo qilinishi kerak.
Shunday qilib, Qoraqalpog'istondagi hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligi maqsadida foydoladilmay yotgan keng hududni kelajakda o'simliklar dunyosini boyitishga va ayrim hayvon turlarining (qirg'ovul, quyon, ondatra, Ustyurt arxari va b.) normal ko'payishi uchun qulay makonga aylantirilishiga erishishimiz kerak bo'ladi

.Ma'ruza N«8

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling