Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк
Qoraqalpog'istonni tabiiy-geografik rayonlashtirish. Ustyurt okrugi
Download 0.68 Mb.
|
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 CarHTOB H.H. Pbi6bi u KopMOBbie 6e3n03B0H0HHbie cpegHero u Hu^Hero TeneHun AMygapbu. TamKeHT, «OaH», 1983.
Qoraqalpog'istonni tabiiy-geografik rayonlashtirish. Ustyurt okrugi.
Reja: Tabiiy-geografik rayonlashtirishning uslubiy masalalari. Ustyurt okrugning geologik tuzilishi va rel'efi. Okrugning iqlimi va iqlim resurslari. Ichki suvlari va suv resurslari. Tuproqlari, o'simliklari va hayvonotlar dunyosi Tabiiy geografik rayonlari. Kompleks tabiiy-geografik rayonlashtirish-tabiiy geografiyaning eng muhim birinchi darajali muammolaridan biri hisoblanadi. Tabiiy-geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan printsipi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo'lishdan tashqari xalq xo'jaligining turli sohalari uchun xam amaliy ahamiyatga egadir. Chunki tabiiy boyliklardan okilona foydalanish, ularni muhofaza qilib, o'zgartirish, xalq xo'jaligini intensiv rivojlantirish, xalq xo'jaligi tarmoqlarini ixtisoslashtirish eng avvalo hudud tabiati ichidagi tafovutlarni har tomonlama va ilmiy jihatdan puxta bilishni taqozo etadi. Tabiiy-geografik rayonlashtirish bu hududda ma'lum qonuniyat asosida joylashgan va tabiatda ob'ektiv mavjud bo'lgan, bir-biridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy-hududiy komplekslarni aniqlashdir. Tabiiy-geografik rayonlashtirishning printsipi bu tabiiy geografik bo'linishning ob'ektiv holda mavjudligiga qat'iy rioya qilishdir. Tabiiy-geografik rayonlashtirishning hududiy birlik printsipi, komplekslik printsipi, ob'ektivlik printsipi, nisbiy bir xillik printsipi, genetik printsipi va boshqa printsiplari mavjud. Ma'lum hududni tabiiy-geografik jihatdan rayonlashtirishda tadqiqotchilar har xil uslublardan foydalanishlari mumkin. Ularning eng muhimlari: turli xil kartalarni bir-biriga taqqoslash uslubi; landshaft va tipologik komplekslar-kartalaridan regional birliklarni aniqlash uslubi; xarakterli landshaft komplekslarining ustunlik uslubi; kartografik uslub; tabiiy geografik birliklarni bevosita dalada (joyda) aniqlash uslubi. Tabiiy-geografik rayonlashtirishning yana bir muhim tomoni bu rayonlashtirishning taksonomik birliklari chizmasidir. Shu vaqtgacha O'zbekiston hududini raionlashtirishning xamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi yo'q. Vaholanki Turkiston, jumladan O'zbekiston, Qoraqalpog'iston hududini tabiiy- geografik rayonlashtirish bilan L.S.Berg (1913), S.I.Abolan (1929), V.M.Chetirkin (1944), E.M.Murzaev (1953,1958), P.S.Makeev (1956), L.N.Babushkin, N.A.Kogay (1964) J.Matmuratov, e.K.Umarov shug'ullanganlar va o'z taksonomik birliklarini tavsiya etganlar. Biz Qoraqalpog'iston hududini tabiiy-geografik rayonlashtirishda uni o'rta umumta'lim maktablar dasturiga yaqinlashtirish va talabalarga qulaylik tug'dirish maqsadida quyidagi rayonlashtirish tizimini qo'lladik: okrug-rayon-landshaft. Ma'lumki, Qoraqalpog'iston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik provintsiyasiga, faqat Ustyurt platosi esa Markaziy Kozog'iston provintsiyasiga kiradi. Demak Qoraqalpog'iston hududi Turon provintsiyasining bir qism i1 A^.iaHHH30B A.A., BuKTopoB C.B., ne^bT H.H. ^KO.^o^HHecKHe acneKTbi ocBoeHHa nycrbiHH YcTropT. TamKeHT, «OaH», 1984. 2 fflepSaeB E.W. O^opa ocraH^Bbix B03BbimeHH0creH h HH3KoropHH KapaKa.nnaKHH. TamKeHT, «OaH», 1978. 2 CarHTOB H.H. Pbi6bi u KopMOBbie 6e3n03B0H0HHbie cpegHero u Hu^Hero TeneHun AMygapbu. TamKeHT, «OaH», 1983. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling