Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari. Kirish


CHIQADIGAN M U H IM QOIDA VA TALABLAR


Download 132.13 Kb.
bet45/53
Sana08.05.2023
Hajmi132.13 Kb.
#1443315
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari

CHIQADIGAN M U H IM QOIDA VA TALABLAR
Yakkama-yakka kurashish turlaridagi sport trenirovkasi sportchilam
ing asosiy tayyorgarlik form alari sifatida jism oniy ta rbiya
sistemasining barcha qonuniyatlari, xususiyatlari va prinsiplarigabo‘
ysunadi.U lar quyidagilardan iborat:
— har tom onlam alik, ya’ni aqliy, axloqiy, g‘oyaviy, siyosiy,
jism oniy va estetik tarbiya ham da m ehnat tarbiyasining qo‘-
shib olib borilishi;
— ilmiylik;
— sogNomlashtirish va amaliy yo‘nalishda;
— boiishlik;
— xalqchillik va baynalminalchilik.
Bu prinsiplarning m azm unini jism oniy tarbiya sistem asining
ijtimoiy funksiyalarni, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari va
qurilish vazifalari bilan belgilanadi. Sistema kishilarning jism oniy
tom ondan takomillashuviga yordam berishga, ularda keng
dunyoqarash, yuksak axloqiy sifatlar va to ‘g‘ri estetik idrokni
tarkib toptirishga da’vat etilgan.
Jismoniy tarbiya sistemasi-xalqimizning jismoniy kamol topishiga
qaratilgan tashkiliy, metodologik, ilmiy-pedagogik prinsiplar
va talablar yig‘inlari bo‘lib hisoblanadi. Shu boisdan ham u
oila tarbiyasidan tortib to Qurolli kuchlardagi jismoniy tayyorgarlik
va professional amaliy-jismoniy tayyorgarlikkacha bo‘lgan o ‘z
bosqichlariga ega. Kurashchilarning sport trenirovkasi o ‘ziga xos
74
xususiyatlarga ega va bu xususiyatlar boshqa sport turlarida yo‘q.
Bu esa trenerlami ana shu xususiyatni e ’tiborga olishga undaydi.
Chunki uning asosida sport trenirovkasiga xos bolgan imkoniyatlar
yotadi. Bu qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
1) qat’iy ixtisoslashish va trenirovka protsessini individuallashtirish
tufayli yuqori sport natijalariga intilish hissi va shunga
yo‘nalganlikni tarbiyalash. Bu mamlakatimizda sport faoliyatining
tashkil etilishi, musobaqalar sistemasi va sportning rag‘batlantirilishi
kabi barcha yo‘llar bilan qiziqtirish natijasida amalga oshiriladi;
2) tanlagan sport turida har tom onlam a rivojlanish bilan
ixtisoslashishning birligi ham da shaxsni garm onik rivojlantirishga
intilish;
3) tanlangan sport turida yil davomida va ko‘p yillar mobaynida
trenirovka prostessining uzluksizligi. Trenirovkalaming sportchi
organizmining funksional imkoniyatlarini maksimal rivojlantirishga
va har bir mashg‘ulotdan olingan samaraning bundan
oldingi mashg‘ulot samarasiga qo‘shilib borishini hisobga olib,
mahorat cho‘qqilariga erishishga qaratilganligi. Bunda agar organizmning
talab etilgan holati qisman bo‘lsa-da tiklanmasligi kuzatilsa,
trenirovkalaming davriyligiga yo‘l qo‘yiladi. Sportchining
trenirovka yuklamalari va dam olishi qayta ko‘rib chiqiladi;
4) yuklam alar dinam ikasida maksimumga yo‘l tutib astasekin
va sakrab-sakrab mashq qilishni qo‘shib olib borish.
M aksimum yuklama deganda, organizm ning funksional im koniyatlari
doirasidagi yuklam ani tushunm oq kerak va hech
qachon uni holdan toyguncha yuklama berish bilan tenglashtirish
m um kin emas;
5) trenirovka jarayonining siklligi deganda, trenirovka ishi
davrlari va fazalarining ayrim m ashqlar, mashg‘ulotlar, trenirovka
bosqichlari va davrlari qism an takrorlanadi. A na shu
siklli davrda m ikrosikllar 3-5 kun, m ezosikllar va makrosikllar
farqlanadi. Bundan tashqari trener va sportchi sport trenirovkasi
jarayoniga ijodiy yondashishlari kerak. Negaki, ijodiylik
har bir ishda zarurdir va unga har bir yosh sportchini birinchi
kundanoq o ‘rgatish lozim. Ishga faqat professional m ahoratni
emas, balki qalb q o ‘rini ham sarflab kirishish kerak. Bularning
barchasi milliy kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan,
milliy kurash bilan shug‘ullanishga yondashish hissini hosil
qilish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
75
— trenirovkalarning maqsadi va vazifalarni tushinishga o ‘rgatish
ham da yuqori natijalarga, o ‘z -o bzini takom illashtirishga
intilish hissini tarbiyalash;
— m ehnatsevarlikni, yuksak intizomlilikni tarbiyalash, sport
rejimiga, axloq norm alariga q at’iy rioya qilishga odatlantirish;
— texnik-taktik harakatlarning m a’nosini tushunish, shcrigi,
raqiblarining fikrlari va harakat uslubini bilib olishga o ‘rgatish,
kurash nazariyasini chuqur tahlil qilish yo‘li bilan o ‘z tajribasini
boyitish;
— usullarning asosiy strukturasini egallab olishda faollikni
va kurashdagi masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur'ati,
tezligi am plitudasini o ‘zgartirish bilan texnik harakatlarni ijodiy
bajarish malakasini, turli xil taktik vazifalarni hal etish,
kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish
uquvini tarbiyalash;
— texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish, o ‘z kurash usulini
majbur etish, g'alabaga erishish uchun darsdagi trenirovka
harakatlarini kurash vaziyatida malakali o'rgatish;
— asosiy va orqada qoluvchi harakat sifatlarini va o ‘z repertuaridagi
kurashish harakatlariga oid ko‘nikm alarini, kurash
variantlari va kombinatsiyalarini rivojlantirish uchun uy sharoitida
doim o o ‘z mahoratini takomillashtirishga odatlantirish.

Download 132.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling