Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari. Kirish
Download 132.13 Kb.
|
Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari
Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari. KIRISH M amlakatimizda yoshlarni sportga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Zero, sport sog‘- lom turm ush tarzini amaliyotga joriy etish bilan bir qatorda, V atanim iz shon-shuhratini xalqaro miqyosda yanada oshirishga im kon berm oqda. Sport nafaqat jismoniy bellashuv, balki g‘urur va or-nom us uchun kurash maydoni hamdir. Ushbu kurashda g‘olib ham bor, mag‘lub ham. M uhimi, g‘oliblikka ishonishingda, yuragingdagi Vatanga bo‘lgan muhabbatni zafar qo‘shiqlari bilan sharaflashingda. Xalqimiz azaldan afsonaviy polvonlari bilan faxrlanadi. Istiqlol tufayli esa jahonga milliy sport turlarim izni tanishtirish imkoniyati tug‘ildi. Agar millionlab sport ishqibozlari tasaw urida Yaponiya dzyudo, karate, sum o, Xitoy — ushu va kung-fu, Koreya — taekvondo va sirim, Angliya — futbol, K anada — shaybali xokkey, AQSh — beysbol, basketbol vatani hisoblansa, endi 0 ‘zbek'ston dunyoda kurash yurti sifatida tilga olinm oqda. 0 ‘zbek xalqining a n ’anaviy sport turlaridan bo‘lmish kurash uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash o ‘zbekcha so‘z bo‘lib, u qator qadim iy sharq adabiy m anbalarida yakkam a-yakka olishuv va ko‘ngilochar sport turi sifatida tilga o.ingan. Kurashda yengilgan akasining origa ukasi davraga chiqaverac.i «Uning yoshi m endan katta yo vazni og‘ir-ku», deb o ‘ylab o ‘t.rilmaydi. M uhimi, or-nom usni, g‘urum i saqlash. Buni birov o ‘ylab topgani ham, joriy qilgani ham yo‘q. Biz ana shunday ildizlari mustahkam tomirlarga ega xalqmiz. Vatan tuyg‘usi murg‘ak tasaw urlarda, birinchi navbatda, oila sha’ni timsolida shakllangan. Zero, o ‘z oilasi orini himoya qilgan odam gina Vatan sha’nini asray oladi. B undan ming yillar m uqaddam paydo b o ‘lgan afsonaviy Alpom ish eposida kurash olis o ‘tm ishda yurtim iz hududida ommaviy tus olgan eng sevimli sport turi bo‘lgani qayd etilgan. Sharqning buyuk m utafakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sino kurash bilan shug‘ullanm oq jon va tan sog‘ligini ta ’minlashning eng yaxshi vositasidir, deya e ’tiro f etgan. 3 Arxeologik ilmiy ko‘zatuvlar, qidiruvlar natijasida topilgan ko'plab ashyoviy dalillarga ko‘ra, o ‘zbek kurashining yoshi 2,5- 3 m ingdan oshgani isbotlanm oqda. Surxon, Zarafshon vohalari ham da Farg‘ona vodiysining bir qator qadimgi aholi m anzilgohlarida aniqlangan noyob topilm alar, osori atiqalar, qoyalarda aks etgan tasviriy san’at nam unalari ham milliy kurashirmzning uzoq tarixiga shohidlik beradi. Baqtriya (Janubiy 0 ‘zbekiston) hududidan topilgan silindr shakldagi sopol idishning bir parchasida ikki kurashchi va ular bir- birlarining oyoqlaridan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham polvonlarning qoNlarini ko‘tarib, kurashga shaylanayotgan holati o ‘z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bo‘lib, u o ‘zbek kurashining kamida 3,5 ming yoshda ekanligi borasida faraz uyg‘otadi. 1998-yil 6-sentabrda Yevropa, Osiyo va Amerika qit’alarining 28 mamlakati vakillari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA)ga asos soldilar. U xalqaro miqyosda o ‘zbek kurashini namoyon etuvchi rasmiy xalqaro sport tashkilotiga aylandi. Dastlabki ta’sis kongressi davomida yangi xalqaro sport tashkilotining nizomi tasdiqlandi, Kurashning xalqaro qoidalari qabul qilindi hamda IKAning boshqamv organi- Ijroiya qo‘mitasi saylandi. Kurashning xalqaro miqyosda rivojlantirish g‘oyasining tashabbuskori va rahnamosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir ovozdan IKAning Faxriy Prezidenti lavozimiga saylandi. Kurash xalqaro qoidalari muallifi Komil Yusupov esa IKAning Prezidenti etib saylandi. Davlatimiz rahbarining 1999-yil 1-fevraldagi «Xalqaro «Kurash » Assotsiatsiyasini qo‘llab-quw atlash to ‘g‘risida»gi Farm oni milliy sportimiz — kurash rivojini yangi bosqichga ko‘tardi. 1999-yilda Toshkentda bo‘lib o ‘tgan kurash bo‘yicha birinchi jahon chem pionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va ja nubiy Amerika qit’alarining 32 mamlakati vakillari ishtirok etdi. Qadimiy an’analarimizni e ’zozlash, milliy o ‘zlikni anglash, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyon etishning muhim omili sifatida o ‘zbek kurashi tobora ravnaq topayotganini alohida ta’kidlash joiz. Olijanob xislatlami o ‘zida mujassam etgan va insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan o ‘zbek kurashi o ‘zining adolatli tartib-qoidalari, chiroyli usullari bilan jahon xalqining, sport ishqibozlarining hurmatiga sazovor bo‘lishga ulgurdi. 4 «Kurash», «ta’zim», «to‘xta», «yonbosh», «chala», «dakki», «halol», «yaktak» kabi o ‘zbekcha so‘zlaming turli millatga mansub hakam lar tilidan yangrashi ko‘ksimizni tog^day ko‘tardi. Milliy kurashimiz usullarini m ohirona qo‘llab, bel olishayotgan xorijlik polvonlarni ko‘rganimizda qalbimiz faxr-iftixorga to ‘ladi. Bularning barchasi o ‘zbek kurashi um um insoniy qadryat sifatida Olimriya o ‘yinlari safidan m unosib o ‘rin olishga haqli ekanligining tasdigidir. Download 132.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling