Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari. Kirish


Download 132.13 Kb.
bet1/53
Sana08.05.2023
Hajmi132.13 Kb.
#1443315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari


Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari.
KIRISH
M amlakatimizda yoshlarni sportga jalb etish borasida amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar barkamol avlodni voyaga
yetkazishdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Zero, sport sog‘-
lom turm ush tarzini amaliyotga joriy etish bilan bir qatorda,
V atanim iz shon-shuhratini xalqaro miqyosda yanada oshirishga
im kon berm oqda.
Sport nafaqat jismoniy bellashuv, balki g‘urur va or-nom us
uchun kurash maydoni hamdir. Ushbu kurashda g‘olib ham bor,
mag‘lub ham. M uhimi, g‘oliblikka ishonishingda, yuragingdagi
Vatanga bo‘lgan muhabbatni zafar qo‘shiqlari bilan sharaflashingda.
Xalqimiz azaldan afsonaviy polvonlari bilan faxrlanadi. Istiqlol
tufayli esa jahonga milliy sport turlarim izni tanishtirish
imkoniyati tug‘ildi.
Agar millionlab sport ishqibozlari tasaw urida Yaponiya dzyudo,
karate, sum o, Xitoy — ushu va kung-fu, Koreya — taekvondo
va sirim, Angliya — futbol, K anada — shaybali xokkey,
AQSh — beysbol, basketbol vatani hisoblansa, endi 0 ‘zbek'ston
dunyoda kurash yurti sifatida tilga olinm oqda.
0 ‘zbek xalqining a n ’anaviy sport turlaridan bo‘lmish kurash
uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash o ‘zbekcha so‘z bo‘lib,
u qator qadim iy sharq adabiy m anbalarida yakkam a-yakka
olishuv va ko‘ngilochar sport turi sifatida tilga o.ingan. Kurashda
yengilgan akasining origa ukasi davraga chiqaverac.i «Uning yoshi
m endan katta yo vazni og‘ir-ku», deb o ‘ylab o ‘t.rilmaydi. M uhimi,
or-nom usni, g‘urum i saqlash. Buni birov o ‘ylab topgani
ham, joriy qilgani ham yo‘q. Biz ana shunday ildizlari mustahkam
tomirlarga ega xalqmiz. Vatan tuyg‘usi murg‘ak tasaw urlarda, birinchi
navbatda, oila sha’ni timsolida shakllangan. Zero, o ‘z oilasi
orini himoya qilgan odam gina Vatan sha’nini asray oladi.
B undan ming yillar m uqaddam paydo b o ‘lgan afsonaviy
Alpom ish eposida kurash olis o ‘tm ishda yurtim iz hududida
ommaviy tus olgan eng sevimli sport turi bo‘lgani qayd etilgan.
Sharqning buyuk m utafakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sino
kurash bilan shug‘ullanm oq jon va tan sog‘ligini ta ’minlashning
eng yaxshi vositasidir, deya e ’tiro f etgan.
3
Arxeologik ilmiy ko‘zatuvlar, qidiruvlar natijasida topilgan
ko'plab ashyoviy dalillarga ko‘ra, o ‘zbek kurashining yoshi 2,5-
3 m ingdan oshgani isbotlanm oqda. Surxon, Zarafshon vohalari
ham da Farg‘ona vodiysining bir qator qadimgi aholi m anzilgohlarida
aniqlangan noyob topilm alar, osori atiqalar, qoyalarda
aks etgan tasviriy san’at nam unalari ham milliy kurashirmzning
uzoq tarixiga shohidlik beradi.
Baqtriya (Janubiy 0 ‘zbekiston) hududidan topilgan silindr
shakldagi sopol idishning bir parchasida ikki kurashchi va ular
bir- birlarining oyoqlaridan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir
idish gardishidagi haykalchalarda ham polvonlarning qoNlarini
ko‘tarib, kurashga shaylanayotgan holati o ‘z ifodasini topgan.
Bu idishlar bronza davriga oid bo‘lib, u o ‘zbek kurashining kamida
3,5 ming yoshda ekanligi borasida faraz uyg‘otadi.
1998-yil 6-sentabrda Yevropa, Osiyo va Amerika qit’alarining 28
mamlakati vakillari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA)ga asos
soldilar. U xalqaro miqyosda o ‘zbek kurashini namoyon etuvchi
rasmiy xalqaro sport tashkilotiga aylandi. Dastlabki ta’sis kongressi
davomida yangi xalqaro sport tashkilotining nizomi tasdiqlandi,
Kurashning xalqaro qoidalari qabul qilindi hamda IKAning boshqamv
organi- Ijroiya qo‘mitasi saylandi. Kurashning xalqaro miqyosda
rivojlantirish g‘oyasining tashabbuskori va rahnamosi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir ovozdan IKAning
Faxriy Prezidenti lavozimiga saylandi. Kurash xalqaro qoidalari
muallifi Komil Yusupov esa IKAning Prezidenti etib saylandi.
Davlatimiz rahbarining 1999-yil 1-fevraldagi «Xalqaro «Kurash
» Assotsiatsiyasini qo‘llab-quw atlash to ‘g‘risida»gi Farm oni
milliy sportimiz — kurash rivojini yangi bosqichga ko‘tardi.
1999-yilda Toshkentda bo‘lib o ‘tgan kurash bo‘yicha birinchi
jahon chem pionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va ja nubiy
Amerika qit’alarining 32 mamlakati vakillari ishtirok etdi.
Qadimiy an’analarimizni e ’zozlash, milliy o ‘zlikni anglash, xalqimizning
dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyon etishning
muhim omili sifatida o ‘zbek kurashi tobora ravnaq topayotganini
alohida ta’kidlash joiz. Olijanob xislatlami o ‘zida mujassam etgan va
insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan o ‘zbek kurashi o ‘zining
adolatli tartib-qoidalari, chiroyli usullari bilan jahon xalqining,
sport ishqibozlarining hurmatiga sazovor bo‘lishga ulgurdi.
4
«Kurash», «ta’zim», «to‘xta», «yonbosh», «chala», «dakki»,
«halol», «yaktak» kabi o ‘zbekcha so‘zlaming turli millatga mansub
hakam lar tilidan yangrashi ko‘ksimizni tog^day ko‘tardi. Milliy
kurashimiz usullarini m ohirona qo‘llab, bel olishayotgan xorijlik
polvonlarni ko‘rganimizda qalbimiz faxr-iftixorga to ‘ladi.
Bularning barchasi o ‘zbek kurashi um um insoniy qadryat
sifatida Olimriya o ‘yinlari safidan m unosib o ‘rin olishga haqli
ekanligining tasdigidir.

Download 132.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling