E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


-MAVZU. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING


Download 0.98 Mb.
bet42/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

6-MAVZU. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING
YaKUNLANIShI


1. Klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri – J.S.Mill


Jon Styuart Mill (1806–1873) klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri hisoblanadi. Uning otasi Jeyms Mill iqtisodchi, D.Rikardoning yaqin og’aynisi bo’lib, o’g’lining tarbiya-si bilan jiddiy shug’ullangan. Shuning uchun Millga o’n yoshidayoq jahon tarixini, grek va lotin adabiyotlarini ko’rib chiqishga to’g’ri kelgan. O’n uch yoshida u bir vaqtning o’zida falsafa, siyosiy iqtisod va boshqa fanlarni o’rganishni davom ettirgan holda Rim tarixini yozib chiqqan.
J.S.Mill o’zining birinchi siyosiy iqtisod bo’yicha «tajri-ba»sini 23 yoshida, ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod asoslari…» bo’-lib, u 1848 yili chop etilgan. Bu asar beshta kitobdan iborat: (1) “Ishlab chiqarish”, (2) “Taqsimot”, (3) “Ayirboshlash”, (4) “Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va taqsimotga ta’siri”, (5) “Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’siri to’g’risida”. Bu asarning so’zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy bilimlar darajasi-ning yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni hisobga olgan holda A.Smitning “Odamlar boyligi ...” va D.Rikardoning “Siyosiy iqtisodning boshlani-shi”ning yangilangan variantini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda tuzilishi esa, muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommaviy-lashtirdi, balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakun dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa aba-diy hisoblanadi.
Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy fan-ning metodologiyasini takomillashtirish J.S.Millning asosiy xizmati hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to’g’ri bo’lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy sxemaning nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko’p omilli tahlil-ning zarurligini ko’rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Mill-ning tavsiyasiga ko’ra, ikki asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan sharoitda to’g’ridir; 2) ular har tomon-lama (universal) bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko’p sabablar amal qiladi. Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, shuning uchun ularni chalkash-tirib yubormaslik, sabab va oqibatni bir-biridan ajrata bilish lozim.
O’zgarib turuvchi sharoitlarni va o’zaro aloqalarni hisobga olgan holda turli kontseptsiya va qarashlarni, yondashuv va tavsiya-larni taqqoslash, to’g’ri xulosa chiqara bilish iqtisodiy bilim-larning meros bo’lib qolishini ta’minlaydi.
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. Biz uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko’rib chiqamiz.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling