E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


J.S.Millning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari


Download 0.98 Mb.
bet43/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

2. J.S.Millning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari


Unumli mehnat nazariyasi. J.S.Millning bu nazariyasi o’z mohiyatiga ko’ra A.Smit nazariyasi bilan hamohang. J.S.Millning ta’kidlashicha, faqat unumli mehnat (natijasi ko’rinib tura-digan mehnat) “boylik” ya’ni “moddiy ne’matlar”ni yaratadi. Uning nazariyasidagi yangilik shundan iboratki, mulkni muhofaza qiluvchi mehnatni va jamg’armalarni ko’paytirishga imkon beruvchi malakaga ega bo’lish uchun sarflanadigan mehnatni ham unumli deb hisoblaydi. J.S.Millning tasdiqlashicha, agar bu iste’mol “ja-miyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini qo’llab-quvvatlasa va ko’pay-tirsa”, unumli mehnatdan keladigan daromadlar unumli iste’mol hisoblanadi. Uningcha, unumsiz mehnatdan keladigan har qanday daromad bu–faqat unumli mehnat bilan yaratilgan daromadning oddiy qayta taqsimlanishidir. Agar u ishchining va uning oilasi-ning yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumini ta’minlasa, hatto ish haqi iste’moli unumli hisoblanadi, uning “zeb-ziynat” keltiradigan qismi esa unumsiz hisoblanadi.
J.S.Mill qiymat, almashuv qiymat, iste’mol qiymat tushun-chalarini ko’rib chiqadi. Uningcha, qiymat ishlab chiqarish sohasiga emas, balki muomala sohasiga xos hodisa hisoblanadi va bir tovarni boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun xarakterli bo’lgan o’rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda o’rnatiladi. Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo’lganligi sababli, u barcha tovarlar bo’yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv qiymat (tovar bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada o’rnatiladi, ya’ni talab va taklifga qarab o’rnatiladi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklifni aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar qiymatning puldagi ifodasi uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita raqobat asosida o’rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o’rnatiladi. Aksincha, «mono-polist o’z ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o’rnatishi mumkin, faqat u xaridor sotib olishi yoki xohishi mumkin bo’lgan bahodan yuqori bo’lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo’li bilan erishishi mumkin».
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish xarajatlardan past bo’lishi mumkin emas, negaki hech kim o’z zarariga ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o’rtasidagi barqaror muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga fa-qat ularning ishlab chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayir-boshlangandagina o’rnatiladi».
Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg’arish nati-jasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapi-tal deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli ki-shilar topilsa va ular eyishi uchun ovqat bo’lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo foydalanish mumkin. Chunki investitsiya-ning asosi sifatida kapitalning tashkil topishi ish bilan band-lik doirasini kengaytirish imkonini beradi va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka barham berishi mumkin.
Ammo J.S.Millning ta’kidlashicha, kapitalning rivoj-lanishiga boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri – kapi-taldan keladigan daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me’yorli unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulot-lari miqdorini ko’paytirish ushbu miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas.
Umuman, foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda me’yorining vujudga kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi, baho esa – xarajat-larga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan joyda foyda ham bir xil bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’l-gan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda ... ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…, balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, mehnatkashlar ish haqi ko’rinishida iste’mol qiladigan mahsulotdan 20 foizga ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, foyda 20 foizni tashkil etadi».

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling