E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet51/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. K.Marksning asosiy il-miy yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari to’g’risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijti-moiy-iqtisodiy formatsiyani) ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko’rsatib berdi.
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo’lgan jamoa.
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xusu-siy mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli.
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat.
K.Marks ta’limotiga ko’ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o’tish ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig’i portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari emirilib, ijtimoiy tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi.
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapi-talistik munosabatlar iqtisodiy o’sishni rag’batlantirsa, keyin-chalik bu munosabatlar iqtisodiy o’sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko’ra kapitalizm halokatga yuz tutadi. Chunki u o’zining ichki ziddiyat-larini echishga qodir emas.
Uningcha, kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echa oladi-gan, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag’al-likni stixiyali bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisob-langan bo’lsa, kelajakda bo’ladigan ancha takomillashgan iqtiso-diyot esa, ijtimoiylik asosida tashkil etilgan bo’lishi, yagona reja bo’yicha ishlashi kerak. Uning tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja bo’yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon tug’iladi».
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kapitalizmning muqar-rar halokati to’g’risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi sinflar o’rtasida daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida emas, balki bu tizimning to’la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo’lgan moyilligi hisoblanadi. U, sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb atadi. K.Marks nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vosita-lari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo’lgan sinfsiz tuzum.
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo’lgan qat’iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar nazariyasiga asoslanadi. U o’zini klassiklarning davom-chisi hisoblagan holda, haqiqatan ham, iqtisodiy o’sish muammosi bilan, xususan, farovonlikning va daromadlarning o’sishi hamda daromadlarning mehnat, kapital va er egalari o’rtasida, ya’ni sinflar o’rtasida taqsimlanish muammosi bilan shug’ullandi. Le-kin uning sinflar nazariyasidagi markaziy g’oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o’tgan hamma jamiyatlar tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o’rtasida doim antagonizm bo’lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan tuga-di». Markscha, o’zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan ka-pitalistik jamiyat ham istisno hisoblanmaydi: turmush daraja-si muttasil pasayib borayotgan sanoat ishchilari sinfi kapita-lizm «go’rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning bashorati to’g’ri chiqmaganligini hayotning o’zi ko’rsatdi. Kapitalizm yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlay oldi.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktab-ning yakunlanganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

  1. Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga in-tiluvchi kishi sifatida ko’riladi.

  2. Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qo-nun oldida ham, shuningdek, uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va barobar.

  3. Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish haqi va renta to’g’risida to’liq ma’lumotga ega.

  4. Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi: mehnat va kapital bir zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin.

  5. Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi sonining ko’payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi esa, ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi.

  6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan kela-digan foydani maksimallashtirish hisoblanadi.

  7. Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslashuvchan bo’ladi (uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi).

  8. Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jam-g’arilishi hisoblanadi.

  9. Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa dav-latning haddan tashqari aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bun-day sharoitda «ko’rinmas qo’l» resurslarning optimal taqsimla-nishini ta’minlaydi.

  10. Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echib berishga, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga imon beruvchi jamiyat keladi.




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling