E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
K.Marks iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifi
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
3. K.Marks iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifi
Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qol-dirdi. U 1818 yil 5 mayda Germaniyaning Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo’lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo’lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so’ng, dastlab Bonndagi, so’ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o’rgandi. 1841 yilda Epikur falsafasi to’g’risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842 yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktyabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muxarriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib o’tdi. 1843 yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo’ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko’chib o’tdi. Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani va ijtimoiyogiyani chuqur o’rganishning boshlanish davri bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do’stlashdi. K.Marks 1845–1848 yillari Bryusselda bo’ldi. O’sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848 yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o’zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu erga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u erda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu erda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o’zining ko’p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan “Kapital”ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy kontseptsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to’rt tomdan iborat bo’lib, birinchi tom 1867 yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o’limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil, uchinchi tom 1894 yil) chop etildi. To’rtinchi tom tugallan-masdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko’rib chiqmoqchi bo’lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi tomining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi tomda yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To’rtinchi tom («Qo’shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag’ishlangan. K.Marks «Kapital»ga yozgan so’zboshida: «Asarimning tub maq-sadi hozirgi zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik jamiyati hara-katining iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabat-larini va bu munosabatlarning paydo bo’lishini, taraqqiy qili-shini va tanazzulga yuz tutishini ko’rsatib berish K.Marks iqti-sodiy ta’limotining mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi. Qiymat nazariyasi. Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o’lchanadi. Bir turdagi tovarni ishlab chiqa-rish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo’ladi. Lekin qiymat o’zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o’lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste’mol qiymatiga ega bo’lgan qiymat miqdori, – deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan ijti-moiy zarur mehnat miqdori bilangina, ya’ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o’z jinsidan bo’lgan tovarlarning faqat o’rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». Ijtimoiy zarur ish vaqti me’yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensiv-ligining darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yorda-mida qiymat qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o’zining qiymati bo’yicha ayir-boshlanadi (Ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo’yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo’lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, ayni jamiyatda o’rtacha mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Bu ayirboshlanadigan to-varlarni taqqoslashning yagona o’lchovi mehnat ekanligini bildi-radi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o’lchov bo’la ol-maydi, negaki ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat nazariyasidan farqlanishiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo to-varlarning nisbiy qiymati to’g’risida so’z yuritadi: A va B tovar-lar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish tax-minan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos ob’ektiv xususiyatdir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling