E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet44/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari. Pulning mohiya-tini J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi. U bu bilan o’zini pulning miqdoriy nazariya-si tarafdori ekanligini ko’rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko’payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nis-biy o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo agar uning miqdorining ko’payishi oldi-sotdi miqdorining ko’payishiga (yoki yalpi daro-madga) muvofiq kelsa, faqat birgina pul miqdorining ko’payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Uningcha, boshqa barcha sharoit-lar bir xil bo’lganda, “pulning qiymati pul miqdoriga teskari mutanosiblikda o’zgaradi: pul miqdorining har qanaqasiga ko’payi-shi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har qanaqasiga kamayi-shi esa, uning qiymatini bir xil mutanosiblikda oshiradi... Bu – pulning maxsus xususiyati”. Qachonki pul mexanizmi buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila boshlaydi.
So’ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtiso-diyotdagi o’rnini tadqiq qilishga o’tadi. Bu erda J.S.Mill o’zini A.Smit va D.Rikardo g’oyalarini ommaviylashtiruvchi oddiy iste’-dod egasi sifatida emas, balki chuqur o’ziga xos tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko’paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to’liq ishlatiladi». Kredit manbai ayni chog’da unumli iste’molda bo’lmagan pul shaklidagi kapital hisoblanadi. Foiz to’lash evaziga kredit beruvchi asosiy instru-ment sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti bahoga taklifning o’sishi qanday ta’sir ko’rsatsa, xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi.
Kredit to’lovga qobil talabni kengaytirgach va sub’ektlar-ning istaklariga ta’sir ko’rsatgach, savdo kon’yunkturasini keskin o’zgartirib yuboradi. Muayyan tovarning bahosi oshishi kutilsa, savdogarlar bundan foyda olishga bo’lgan o’z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho’ziladigan bo’lsa, unda u boshqa chayqovchilarni ham o’ziga torta-di. Ular tovarlar xaridini kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko’paytiradi, bahoni oshiradi. Bir oz vaqt o’tgandan keyin bahoning o’sishi to’xtaydi va tovarlarni o’z qo’l-larida ushlab turganlar foyda olish vaqti kelganini his qila-dilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho pasaya boshlaydi, tovar egalari katta zarar ko’rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko’p bo’lmaganligi sababli, baho oldin oshganiga qaraganda, ancha tez pasayib boradi.
Shunga o’xshagan bir oz tebranishlar kredit bo’lmagan paytda ham bo’lib turadi. Ammo pul miqdori o’zgarmagan vaqtda bir xil tovarlarga bo’lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. Lekin kreditdan foydalanilganda, iqtisodiy sub’ektlar qo’shimcha pul manbaiga ega bo’ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik barcha tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi kelib chiqadi.
Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta’si-rida oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. Baholar qaysi nuqtadan oshishiga boshlagan bo’lsa, shu nuqtagacha pasayishi mumkindek tuyuladi yoki iste’mol va taklif o’zini oqlaydigan darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha chuqur bo’ladi, negaki har bir kishi zarar ko’rayotgan paytda, ko’pchilik esa bankrotga uchragan bir davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar o’zlari o’rganib qolgan kreditni zo’rg’a olishlari mumkin. Bunday vaziyat shuning uchun sodir bo’ladiki, hech kimda qarzga bergan mablag’ini o’z vaq-tida qaytarib olishga ishonch bo’lmaydi. Favqulodda sharoitda bunga vahimachilik kelib qo’shiladi. Pul qisqa muddatga deyarli har qanday foiz to’lash sharti bilan qarzga olinadi, tovarlarni sotishda esa, darhol naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan ko’riladigan har qanday zararga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobay-nida osha boshlagan darajadan ham past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra, bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtiso-diyotning pasayish dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir.
Bu erda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish (inqiroz) tushunchasiga qo’shilmadi. Uning fikricha, in-qiroz umumiy ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi deyish, katta xatodir. «Bu faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa – taklifni kamay-tirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir.
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz val-yutalar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog’oz pullar konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo’q) baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)i ning kelib chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825 yildagi inqiroz bunga misol bo’la oladi. Ammo keyingi 1847 yildagi inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi hisoblanadi. Savdo inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra, tovarlarning ortiqchaligi yuzaga keladi, ya’ni pul taklifining etishmasligi kelib chiqadi».

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling