E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomas Robert Maltus (1766–1834)
5. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan muallif-larni sharmanda qilish «an’anasi» bor edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy muxolifatlari bo’l-gan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunlik-lariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko’rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishish-ga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766–1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida tajri-ba» (1798), «Er rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqi-qot» (1815), «Siyosiy iqtisodning printsiplari» (1820) hisob-lanadi. «Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi extiyojlarini qon-dirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni to’g’risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payi-shini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini taklif etadi: birinchisi – epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning yashash vositalari o’rtasida me’yorl nisbatning o’rnatilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo’l – nikohdan voz kechish yoki kech turmush ko’rish, tug’ilishni kamaytirish. T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini etarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’min-lash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imko-niyatlari bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas. T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdor-ligining pasayib borish kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shun-day nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unum-dorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’ja-ligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arif-metik progressiyada o’sadi (eslatib o’tamiz , arifmetik progres-siyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi). Agar er aholisi asr boshida 1 mlrd. bo’lsa, asr oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga ko’payadi. Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’u-lisi, eng ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi J.L.Saymonning tas-diqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi – texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiya-lashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi mumkin. Ijtimoiy siyosatga munosabat. «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarining yozilishiga U.Godvinning «Ijtimoiy adolat to’g’risida» ocherki sabab bo’lgan. Unda, daromadlarning adolatsiz taqsimlanishi – kambag’allikning asosiy sababidir, deb ko’rsa-tilgan va taqsimot mexanizmini takomillashtirish taklif etil-gan. T.Maltus esa ijtimoiy siyosatning hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlar tomonidan olib borilishiga qat’iy qarshi bo’lgan. Uning fikricha, kambag’allarga bo’lgan xayrixohlik ularning ahvo-lini yaxshilashga qodir emas, balki faqat vaziyatni keskinlash-tiradi. Aholining quyi tabaqalariga ko’rsatiladigan moliyaviy yordam qisqa muddatli samara beradi va shu bilan aholining o’sishini rag’batlantiradi. Ammo bu unga muvofiq ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining ko’payishiga olib kelmaydi. Demak, umuman olganda, jamiyat kambag’allashadi. T.Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy sababi boshqaruv yoki notekis taqsimotga bog’liq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson ehtiroslari», tabiatning xasisligi va odamlarning juda tez ko’payishi bilan bog’liqdir. Shu bois, «xalq o’z azob-uqubatlari uchun, birinchi navbatda, o’zini ayblashi kerak». Unga hech qanday inqilob va ijti-moiy islohotlar yordam bera olmaydi. Shuning uchun aholining o’sishini va tekinxo’rlikni rag’batlantiruvchi ijtimoiy va xusu-siy xayrixohlikdan voz kechish zarur. Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltusning ijtimoiy siyosatning ahamiyatiga bergan bahosiga qo’shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va kam ta’minlangan aholini qo’llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy jamiyat iqtisodiy siyosatning zarur qismidir. Bundan tashqari, xayriya faoliyati ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ush-lab turish uchun ham zarur: kambag’allarning ko’payishi bunday bar-qarorlikka xavf solishi mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini ham hisobga olish zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni susaytiradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling