E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
Qiymat nazariyasi. D.Rikardo, eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e’tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish, D.Rikardo bo’yicha, siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ko’rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ularni tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur kategoriyaga bo’lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U, qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o’zini qiymatning meh-nat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi.
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish, klassik iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda e’tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xom ashyoni ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini qayd qilib o’tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog’liq bo’ladi. Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo’lib tanqid qilgan o’zining do’sti T.Maltus hisoblanadi. U, birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymat-ning mehnat nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekviva-lentli ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) - bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamo-yili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: agar qiymat-ning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’p sarf-lanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me’yori deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, o’zining qiymat faqat mehnat sarf-lari bilan o’lchanadi deb tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan. Renta nazariyasi. D.Rikardoning renta to’g’risidagi kontsep-tsiyasi bugungi kunda ham o’z faolligi bilan ajralib turadi. Erdan foydalanilganlik uchun hamisha renta to’lanadi, bunda uning manbai, D.Rikardoning tasdiqlashicha, erga sarflangan mehnat hisoblanadi. Er resurslari cheklanganligi sababli, xo’jalik amaliyotida unumdorligi va joylashishi bo’yicha har xil bo’lgan er uchastka-laridan foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining qiymati, D.Rikardo bo’yicha, eng yomon uchastkada ishlatiladigan mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan er uchastkasida ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining o’sishi oziq-ovqat tovarlari bahosi-ning oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni yomon erlarda ham ishlashga majbur qiladi. Bu erlardan ko’rsatilgan miqdordagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq, mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda, yomon er uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarish uchun 10 pul bir-ligiga teng mehnat sarflaydilar, o’z mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. o’rtadagi 5 birlik farq er egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha, renta miqdori bozor bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta to’lanadi... Agar hatto, er egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech kamaymagan bo’lar edi», - deb yozadi D.Rikardo. Rentani tashkil etuvchi omillarni ham ishonarli qilib ko’rsatib berdi. Bunday omillar: tuproq unumdorligining har xilligi va er uchastka-sining bozorga uzoq yaqin joylashishi hisoblanadi. Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining ko’payib borish moyilligi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko’payib borish moyilligi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga o’xshab, tug’ilishni kamaytirish deb bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, yomon erlarni ishlamaslikka imkon beruvchi yana bir vosita xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi zich bo’lmagan mamlakat-lardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi texnik taraqqiyotga ishonch hosil qilgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling