E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
v) “ko’rinmas qo’l”
Bozor iqtisodiyoti bir markazdan turib boshqarilmaydi. Shunday bo’lsa-da, u muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo’jalik faoliyatining har bir ishtirokchisi o’z maqsadini ko’z-lagan holda ish yuritadi. Biroq bunday sharoitda alohida kishi-larning manfaatlari qanday uyg’unlashadi, barcha jamiyat manfa-atlari qanday yuzaga chiqadi? Birinchi bo’lib bu muammoni ilmiy darajaga ko’targan A.Smit bo’ldi. U shunday yozadi: «Har bir kishi o’z kapitalini ko’proq qiymat keltiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga ta’sir ko’rsatishni nazarda tutmaydi va unga ancha ta’sir ko’rsatayotganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini nazarda tutadi, faqat o’z foydasini ko’zlaydi. Shunday bo’lsa-da, bunday maqsad uning rejasiga kirmagan bo’lsa ham, ushbu sharoitda ko’rinmas qo’l uni maqsad sari yo’naltiradi. O’z manfaatlarini ko’zlagan holda, jamiyat manfaatlariga ataylab unga xizmat qilgandan ko’ra tez-tez xizmat qilib turadi». Gap shundaki, o’z manfaati yo’lida xizmat qilayotgan har bir odam pirovard natijada ijtimoiy mahsulotning ko’payishiga, jamiyat boyligining oshishiga yordam beradi. Shaxsiy manfaatga intilish ishlab chiqarishning rivojlanishiga, taraqqiyotga olib keladi. Har bir kishi o’zini o’ylab ish yuritadi, bundan butun jamiyat yutadi. A.Smit aytib o’tgan «ko’rinmas qo’l» bozor mexanizmidir. U odamlarni o’z istak va xohishlariga bog’liq bo’lmagan holda maqsad sari yo’naltirib turadi. Masalan, agar qandaydir bir mahsulotga, aytaylik, nonga bo’lgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ularning daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoq-dan ikkinchi tarmoqqa oqib o’tib turadi, ayni chog’da, u non yopish sanoatiga oqib o’ta boshlaydi. Natijada, non ishlab chiqarish ko’payadi va narx yana pasaya boshlaydi. Bu erda A.Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo’jalik mexanizmining ichki harakatlan-tiruvchi kuchi sifatida ko’rsatib bergan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha turli mehnat egalari o’rtasida raqobat kurashi amal qilib turadi. Bunda shaxsiy manfaat, o’z foydasini ko’zlab ish yuritish bir vaqtning o’zida jamiyatga foyda keltiradi, umumiy boylikka erishishni ta’minlaydi. Demak, bozor iqtisodiyotida “ko’rinmas qo’l” amal qiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling