E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet34/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

d) sinflar va daromadlar

A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko’rsatiladi: er egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar:


– er egalari qo’lida asosiy ishlab chiqarish vositasi er bo’ladi. Ular ijaraga bergan eri uchun ijara to’lovlari sifatida ushbu erdan olingan daromadning bir qismini renta ko’rinishida oladi;
– tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom ashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko’rinishida foyda oladi;
– yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi oladi,
A.Smit bo’yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlar-ning daromadlari esa – ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash nati-jasida shakllanadi.
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib chiqdi.
Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit bo’yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevo-sita bog’liq. A.Smitning ish haqi nazariyasining e’tiborga molik joyi shundan iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda mehnatga haq to’lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasayadi deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit mehnatga bo’lgan qiziqishni kuchay-tirish maqsadida ish haqini oshirish tarafdori bo’lgan. Uningcha, past ish haqidan ko’ra, yuqori ish haqi amal qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga jalb etish mumkin bo’ladi.
Foyda nazariyasi. A.Smit bo’yicha, tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga to’lanadigan haq deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik daromadining adolatli ekanli-gini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo’ladi.
Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko’ra, renta ishchining haq to’lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulot-ning bir qismi hisoblanadi. U rentada erga bo’lgan xususiy mulk-chilik monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va dif-ferentsial renta tushunchalari ajratib ko’rsatib bermagan. Er uchastkalari ham unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan.


3. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti

David Rikardo (1772–1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug’ilgan. Oila-dagi o’n etti farzandning uchinchisi bo’lgan David yoshligida mun-tazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlar-da ham o’qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o’rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo’lib ishlagan.


D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo’ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo’ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5–6 yil o’tgach, D.Rikardo birjada o’ynab yirik boylik orttirdi. (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug’iladi, keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko’radi). D.Rikardo 1810 yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi.
1799 yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Odamlar boyligi ...” asarini o’qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqti-sodga bo’lgan jiddiy qiziqish paydo bo’ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug’ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning guvohlik berishicha, D.Rikardo o’sha davrdagi iqtisodchi-olimlarning ko’pchiligi bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Ayniqsa, Jeyms Mill (Jon Styuart Mill-ning otasi) bilan D.Rikardo qalin do’st bo’lgan va unga qattiq ishongan. U D.Rikardoning dastlabki nashrlariga yordam bergan. P.Samuelsonning yozishicha “... Katta Mill deyarli tahlika ostida D.Rikardoni “Siyosiy iqtisod tamoyillari va soliq solish”ni (1817) yozishga majbur etdi va u Rikardoga shuxrat keltirdi”. Lekin D.Rikardoga A.Smitning ta’limotini va o’z zamondoshlari T.Maltus, J.B.Sey va boshqa “klassik maktab” iqtisodchilarining iqtisodiy qarashlarini “tushunishga” yordam bergan, har holda, J.Mill emas, balki uning iste’dodi va amaliy tajribasi hisoblanadi. Bunda uning asarlari, ayniqsa, “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi” (1817 y.) asaridagi mohirona mulohazalar, ilmiylik tamoyillari D.Rikardoni bugungi kunda ham hurmatga sazovor o’ziga xos olim sifatida ko’rsatib turadi.
Quyida biz D.Rikardoning nazariy qarashlarini ko’rib chiqa-miz.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling