E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet36/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

Ish haqi va foyda nazariyalari. D.Rikardoning ish haqi nazariyasi yoki uning yozishi bo’yicha “mehnatning tabiiy bahosi” va “mehnatning bozor bahosi” T.Maltusning nazariy qoidalariga asoslanadi. “Mehnatning tabiiy bahosi” bu ishchining yashashi va o’z naslini davom ettirishi uchun zarur bo’lgan baho hisoblanadi. U olinadigan pul miqdoriga emas, balki unga sotib olinishi mumkin bo’lgan zaruriy vositalar miqdoriga bog’liq. “Mehnatning bozor bahosi” mehnatga bo’lgan talab va taklifning real nisbati asosida shakllanadigan haq sifatida tavsiflanadi. D.Rikardo bo’yicha, ish haqi dinamikasi ishlovchi aholining soniga bog’liq, negaki ishlovchi aholining soni ishchi kuchi taklifiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlovchi aholining tabiiy o’sishiga bog’liq holda mehnatga bo’lgan talab va taklif shakllanadi, demak ish haqi ham tebranib turadi. Aholining o’sish sur’atidan kelib chiqqan holda, ish haqi pasayish moyilligiga ega deb hisoblaydi, uningcha, ish haqi talab va taklif bilan tartiblanib turiladi, ishchilarning soni esa doimo ko’payib boradi, ularga bo’lgan talab esa sekin oshadi. D.Rikardo o’zining bu pessimistik qarashlarini tasdiq-lashga urinib, ish haqining oshishi tovarlar bahosining oshishi-dan sekin yuz beradi, natijada ishchi ish haqi va baho oshgan davrgacha xarid qilishi mumkin bo’lgan tovarlarga qaraganda kamroq tovar sotib olishga majburligini qo’shimcha ham qiladi. Lekin ish haqini tartibga soluvchi turuvchi “omillarini” tadqiq qilgach, ish haqining pasayish moyilligi faqat uning davlat tomonidan tartibga solinmaydigan “xususiy va erkin raqobat bozori” sharoitida amal qilishi mumkinligiga izoh berib o’tadi.
D.Rikardoda foyda ishchining haq to’lanmagan mehnati nati-jasi sifatida tavsiflanadi. Erkin raqobat sharoitida foyda, xuddi ish haqiga o’xshab, pasayish moyilligiga ega, chunki jamiyat-ning rivojlanib va boyib borishi bilan qo’shimcha talab qilinadi-gan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarflari ko’payib boradi. Lekin shu erda u haqli ravishda, foydaning pasa-yish moyilligi muayyan vaqt o’tgandan keyin ishlab chiqarishda foydalanayotgan mashinalarni takomillashtirish, agronomiya yutuq-laridan foydalanish tufayli to’xtatiladi, deb qayd qilib o’tadi.
Kapital nazariyasi. D.Rikardo bo’yicha, kapital ishlab chiqa-rishda foydalaniladigan mamlakat boyligining bir qismi bo’lib, u oziq-ovqat, kiyim-kechak, asbob-uskunalar, xom ashyo, mashinalar va b. iborat. Uning kapital to’g’risidagi qarashlari bu muammo bilan shug’ullangan klassik iqtisodiy maktabning boshqa vakil-larining iqtisodiy qarashlari bilan ham ohang bo’lsa-da, ulardan farqli ravishda, bir xil kapital qo’yilmasidan keladigan daro-madning har xilligi sababli kapital bir kasb turidan boshqasiga o’tib turishini ko’rsatib berdi. Har bir kishi ko’proq foyda olishga intiladi, shuning uchun u kam foydali ish joyini tashlab ko’p foyda keladigan joyga o’tishga harakat qiladi. Buning uchun fabrikachi o’z kasbini o’zgartirishi shart emas; u kapital qo’yil-masini kamaytirsa bas. Bundan kapitalning yuqori foydali tarmoqqa oqib o’tishining kuchayishini D.Rikardo nazariyasidan ko’rish qiyin emas.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo birinchilardan bo’lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, balki mamlakatlar o’rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asos-langan holda, u qiyosiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko’radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. Shu bois, qiyosiy ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham, bu sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan, vino tayyorlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’ri-nadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayir-boshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamla-katlar o’rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi zarurligi kelib chiqadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling