E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jan Batist Sey (1767–1832)
- «Siyosiy iqtisod traktati» (1803)
4. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti
Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQShda butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning mar-jinalizm bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oya-larining va kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. Shu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767–1832) hisoblanadi. U 1767 yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’ildi. Oilaviy tadbirkorlik an’analarni davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilimni olish bilan birga, J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o’rganish bilan shug’ullandi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, u A.Smitning “Odamlar boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratgan. Undagi g’oyalarni ommaviy-lashtirish, uning fikricha, Frantsiya manfaatlariga ham, shuning-dek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. J.B.Sey hayotda har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iq-tisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit kontseptsiyasini tizim-lashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini ko’paytirishga to’sqinlik qiluvchi “man etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifi-ni suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga majbur bo’ldi. Ammo tinib–tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga «Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826 yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi. Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va omma-viylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqti-sodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi. «Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va protektsionizmning har qanday qo’rinishiga yo’l qo’ymaslik tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra, ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya’ni iqti-sodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra, har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromad-larga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yarata-di, ya’ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daro-madga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi). Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga sarflamaydilar, balki ularning bir qis-mini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi ta-labni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga sarf-lanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o’rtasidagi muvozanat buziladi. Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomoni-dan rioya qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmat-larni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning pas-siv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoi-tida, albatta, shunday daromadlarni keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo’jalik kon’yunkturasidagi o’zgarishga darhol moslasha oladi, iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solib turi-shini kafolatlaydi, deb hisoblagan. Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisob-langan barterli iqtisodiyot amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling