E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


E.Denison: iqtisodiy o’sish «arifmetikasi»


Download 0.86 Mb.
bet35/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

3. E.Denison: iqtisodiy o’sish «arifmetikasi»

Biz iqtisodiy o’sishning bir omil, (Xarrod, Domar) va ikki omilli (Duglas, Kobb) modellarini ko’rib chiqdik. Amerika iqti-sodchisi Edvard Denison ulardan farqli o’laroq iqtisodiy o’sish muammosiga omillarni maydalashtirish va detallashtirish orqali yondashdi. U turli mamlakatlardagi iqtisodiy o’sishni aniq tasav-vur qilish uchun iqtisodiy o’sish sur’atiga ta’sir etuvchi bir talay omillarning «hissasini» hisoblab chiqishga harakat qilgan.


Denison G’arbiy Evropa, Yaponiya, AQSh mamlakatlarida o’sish sur’atlari nega bir birlaridan keskin farq qilishini, unga ta’sir etuvchi sabablarni (omillarni) aniqlab berishni o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Bunda iqtisodiy o’sishda qaysi omil bir-lamchi, qaysi omil ikkilamchi rol o’ynashini ham tadqiq qiladi.
Tahlil keng statistik materiallar yoradamida olib borildi. 23 omil, jumladan, ta’lim darajasi, professional tayyorgarlik, bilim tarqatish, asosiy kapitalning “yoshi” va boshqa omillar ta’sirini aks ettiruvchi mufassal jadval tuzildi. Turli omil-larning amal qilishi bir biriga chirmashib ketadi. Ba’zi omillar iqtisodiy o’sishga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatsa, ba’zilari bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Amerika iqtisodchisi barcha omillarni ikki guruhga ajra-tadi: «jismoniy» (mehnat va kapital) va «unumdorlik» (texno-logiya, joylashish, ko’lami, ixtisoslashuv). O’z navbatida, yirik-lashtirilgan omillar ancha mayda shakllarga ajratiladi; masalan, kapital – uy joy, xalqaro aktivlar, imorat-inshootlar va asbob-uskunalarni o’z ichiga olsa, mehnat esa, ishchilarning soni, jinsi, yoshi bo’yicha tuzilishi, ta’lim va ishlatilgan vaqtni o’z ichiga oladi. Mehnatni o’lchashda ketma-ketlik uslubidan foydalaniladi. Avvalo ishlovchilarning umumiy soni olinadi, keyin unumdorlik-ka ta’sir etuvchi ishlovchilarning sifat tavsifi hisobga olinadi va shunga o’xshash.
Denisonning statistik raqam, hisob-kitob va xulosalarini aniq tasavvur etish uchun, uning «Iqtisodiy o’sish sur’atidagi farqlar tadqiqoti» kitobida 12 mamlakat misolida alohida davr-lar uchun berilgan jadvali asosida tuzilgan quyidagi jadvalni ko’rib chiqamiz.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling