E-qaror gov uz 98-11-156-Q/23
Download 304.92 Kb. Pdf ko'rish
|
98-11-156-Q 23
e-qaror.gov.uz
98-11-156-Q/23 13 favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish; FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish; favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish; fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sug’urta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sug’urtalangan himoyasi samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va sug’urta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish; aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuchlar va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish. 16. Quyidagilar ob’ektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; texnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan omillarni barvaqt aniqlash, ular ro’y berganda oqibatlarini prognoz qilish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yong’in va boshqa xavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish; ob’ektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining lokal va ob’ekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish; FVDT boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlardagi harakat qilishga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling