E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet36/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Bir qavatii epiteliy. Bu epiteliyda barcha hujayralarning pastki bazal qismlarn bazal membrana bilan bevosita tutashgan bo'lib, bir qator joylashgan bir qavat hujayradardan iborat epiteliyni tashkil qiladi.
Organizmning ayrim joylarida (ichaklarda, nafas olish sistemasi epiteliysida) uchraydigan bunday epiteliy hujayralari orasida bo'yi-bo'yiga teng bir hujayrali (qadoqsimon) bez hujayralari ham uchraydi. Bir qavatli epiteliy, o'z navbatida, yana ikkiga: bir qatorli va ko'p qatorliga bo'linadi.
Bir qavatli bir qatorli epiteliy hujayrasi bazal membranaga tutashgan bo'lib, yuqoridagi erkin, ya'ni apikal1 qismi tashqi muhit bilan bog'Iiq bo'ladi. Shu bilan birga bu epiteliy hujayralari, odatda bir xil o'lchamda bo'lib, ularning yadrosi bir qator bo'lib joylashadi, ayrimlarida esa yadro hujayraning bazal qismiga siljigan bo'ladi.
1 Apikal - lotincha prex, apicis - yuqori, cho'qqi degan so'zdan olingan bo'lib, organ (yoki hujayra) ning tepa qismini ifodalaydi.
71
Bir qavatli ko'p qatorli epiteliyda ham hujayralarning bazal qismlari bazal membrana bilan tutashgan, lekin hujayralarning bo'yi har xil, ya'ni baland-past bo'ladi. Faqat bo'yi uzun hujayralarning apikal qismlari to'qima yuzasiga yetib chiqqan bo'lib, qolganlariniki oraliqda qolib ketadi. Natijada ularning uchi to'qima yuzasigacha o'sib chiqmaydi. Shuning uchun ularning yadrosi bir tekis joylashmagan bo'ladi.
Epiteliy hujayralari shakliga qarab quyidagicha bo'linadi: yassi shakldagi epiteliy hujayrasining bo'yi enidan ancha kichik bo'ladi, kubsimon hujayraning bo'yi eniga teng bo'ladi, silindrsimon yoki yuqori prizmasimon hujayraning bo'yi enidan ancha uzun bo'ladi.
Ko'p qavatli epiteliy. Bu epiteliy bir necha qavat hujayralardan tashkil topgan bo'lib, bazal merr.brana bilan faqat eng birinchi qavat hujayralari orqali tutashib turadi, yuqori qavatdagilari esa tutashmaydi. Bu epiteliy bir necha xil bo'lib, tarkibidagi qavatlarni tashkil etuvchi hujayralar kubsimon, o'simtali va silindrsimon bo'lishiga qaramasdan, to'qima eng ustki qavatini qoplab turuvchi hujayralaning shakliga qarab nomlanadi. Masalan, to'qimaning ustki qavatini yassi epiteliy qoplab turgan bo'lsa, uni ko'p qavatli yassi epiteliy deyiladi. Ko'p qavatli epiteliy umurtqali hayvonlarda muguzlanadigan va muguzlanmaydigan holda uchraydi. Epiteliy hujayralari muguz qavat, ya'ni tangacha hosil qilish xususiyatiga ega bo'lib, to'qimada shu qatlam hosil bo'lsa, unda bunday to'qima ko'p qavatli muguzlanadigan epiteliy deyiladi. Binobarin, hujayralarda muguzlanish xususiyati bo'lmasa, ya'ni muguz qavati bo'lmasa, bunday epiteliy ko'p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi.
Shuni aytib o'tish kerakki, epiteliy to'qimasining morfologik klassifikatsiyasi hali maromiga yetmagan bo'lib, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning mazkur to'qimalarini yanada chuqurroq o'rganib, unga o'zgartirishlar kiritish va to'ldirish kerak bo'ladi.
Mazkur klassifikatsiyaning afzalligi shundaki, to'qima qavatlari va ularni tashkil etuvchi hujayralar preparatda yaxshi ko'rinadi. Masalan, yassi, kubsimon, prizmasimon hujayra shakllarini yoki ko'p qatorli hamda ko'p qavatli epiteliy hujayralarini oson aniqlash mumkin.
Ma'lumki, organizmdagi ayrim epiteliy hujayralari aktiv faoliyati jarayonida shaklini o'zgartirib turadi, ya'ni bir shakldan ikkinchi shaklga o'tadi (epiteliyning morfologik klassifikatsiyasini tuzishda mana shu xususiyati ham nazarga olingan). Masalan, umurtqaiilarda siydik qobig'ining ichki yuzasini qoplab turuvchi epiteliy hujayralari shaklini
72
doim o'zgartirib turadi. Bu albatta, fiziologik holat: qovuq bo'sh bo'lganida hujayralar kubsimon shaklda bo'lsa, ichiga suyuqlik - siydik yig'ilishi bilan asta-sekin tortilib borib, yassi hujayra shakliga kiradi. Qovuq bo'shab kichik tortganida epiteliy hujayralari yana dastlabki holatiga qaytadi va yana kubsimon shaklga kiradi. Shuning uchun bunday epiteliy o 'zgaruvchan epiteliy deb ataladi.
Epiteliy to'qimasi hujayralari organizmning ayrim qismlarida bir necha qavatni tashkil etgan, buni ko'p qavatli epiteliy deb yuritiladi. Ko'p qavatli epiteliy bir necha qavat, shakli har xil hujayralardan tashkil topgan bo'lib, eng pastki qavatni tashkil etuvchi hujayralargina bazal menbrana bilan tutashgan boiadi. Yuqori qavatdagi hujayralar esa membrana bilan tutashmaydi.
Fiziologik klassifikatsiya
Ma'lumki, epiteliy to'qimasining hujayralari umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda keng tarqalgan boiib, organizmning turli qismlarida uchraydi va o'ziga xos fiziologik vazifani bajaradi. Fiziologik klassifikatsiyada hujayralar shakliga qarab emas, balki bajaradigai vazifasiga qarab belgilanadi. Masalan, qoplovchi epiteliy, ichak epiteliysi, kiprikli epiteliy, ayirish va tanosil organlari epiteliysi, bez epiteliysi va hokazo. Shuni aytib o'tish kerakki, epiteliy to'qima bajaradigan vazifasiga qarab klassifikatsiyalansa, unda sxema juda murakkablashib ketadi, chunki ayirish organlari epiteliysining o'zi bir necha xil bo'lib, turlicha vazifalarni bajaradi yoki bezlarni olsak, ularning vazifasi ham har xil, ya'ni tarkibi har xil sekret va gormonlar ishlab chiqaradi.
Epiteliy to'qimasi hujayralarining vazifasi umuman olganda quyidagicha ta'riflanadi:
1. Qoplovchi epiteliy - teri, seroz parda epiteliysi. Bunga chiqaruv
kanalchalari devorini qoplovchi epiteliy; plevra, perikard epiteliysi,
organizm ichki bo'shliqlarining devorini qoplaydigan epiteliy kiradi.
2. Ichak eliteliysi butun organizm trofikasini ta'minlaydi,
fiziologik vazifasiga ko'ra o'ziga xos morfologik tuzilishga ega.

  1. Kiprikli yoki xilpillovchi epiteliy.

  2. Ayirish organlari epiteliysi.

  3. Tanosil organlari epiteliysi.

  4. Bez epiteliysi.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling