E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
73
Genetik klassifikatsiya Organizmning embrionai rivojlanishi davrida qaysi embrion varaqlaridan, ya'ni ektoderma, entoderma yoki mezodermadan kelib chiqishiga qarab epiteliy uch guruhga bo'linadi. Bu klassifikatsiyani N.G.Xlopin aniq eksperimental ma-teriallarga asoslanib tuzgan. Ektodermadan hosil bo'ladigan epiteliy. Bunga teri epiteliysi, ter bezlari epiteliysi, og'iz bo'shligi epiteliysi, so'lak bezlari epiteliysi kiradi. Entodermadan hosil bo'ladigan epiteliy. U odatda, bir qavatdan iborat bo'Hb, yaxshi qutblanga 1 bo'ladi. So'rish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun ham organizm trofikasini ta'minlashda ishtirok etadi. Yuqorida aytib o'tilganidek, u organizm uchun kerak bo'lmagan yot moddalarni (zarrachalarni) tutib qolish bilan himoya vazifasini ham bajaradi. Ayrimlari esa sekret ishlab chiqaradi. Mezodermadan, odatda, bir qancha epiteliy hosil bo'ladi. Ular turlicha vazifalarni bajarib, o'ziga xos tuzilishga ega bo'ladi. Odatda, quyidagicha guruhga bo'Iib o'rganiladi: 1) tanosil organlari epiteliysi; 2) ayirish organlarn epitelysi; 3) mezoteliy. Bunday bo'lishiga sabab mezoderma organizmning embrionai rivojlanish davrida filogenetik jixatdan mustaqii, kam tabaqalangan hujayra gruppalaridan hosil bo'Iib, undan har xil vazifalarni bajaruvchi va o'ziga xos tuzilgan epiteliy tarqaladi. 4. Epiteliy—glial epiteliy. Orqa miya o'zagining ichki yuzasini qoplab turadi (ependima). 5. Endoteliy (mezenxima). Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, ulardan oxirgi ikkitasi organizmda qoplab turuvchi vazifani bajarsa ham keyingi vaqtlarda ularni epiteliy to'qimasiga qo'shib o'rganilmaydigan boiindi. Sababi, orqa miya kanali va miya qorinchalari devorini qoplab turuvchi ependima nerv to'qimasi bilan, qon tomirining ichki devorini qoplab turuvchi endoteliy esa biriktiruvchi to'qima bilan qo'shib o'rganiladi. ll-§. Epiteliyning turlari, ularning joylashishi va vazifasi Epiteliy to'qimasining klassifikatsiyasidan ma'lum bo'ldiki, mazkur toqima tuzilishi, funksional xususiyatlari, kelib chiqishi, tashqi va ichki muhitga nisbatan joylashishi, yangilanib turishi va boshqa shunga o'xshash jihatlari bilan bir necha turlarga, kenja turlarga 74 bo'linadi. Shu prinsipga asoslanib, epiteliy to'qimasining qavatlari va qatorlarini hamda ulaming ichki bo'linishini nazarga olgan holda morfologik klassifikatsiya bo'yicha ko'rib chiqamiz (6-rasm). 6-rasm. Epiteliy to'qimasi turlarining sxemasi: 1 - bir qavatli yassi epiteliy; 2 - bir qavatli kubsimon epiteliy; 3 - bir qavatli silindrsimon epiteliy; 4 - ko'p qatorli silindrsimon kiprikli epiteliy; 5 - ko'p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy; 6 - ko'p qavatli mu-guzlanadigan epiteliy; 7 - ko'p qavatli o'zgaruychan epiteliy (chapda -to'qtma cho'zilgan holatida, o'ngda -to'qima cho'zilmagan holatida). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling