E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-§. Epiteliy toqimasining klassifikatsiyasi
- Morfologik klassifikatsiya
Tonofibrillalar epiteliy hujayrasi sitoplazmasining tabaqalanishi jarayonida hosil bo'ladigan o'ziga xos element. Har bir tonofibrillaning diametri 60-150 A ga teng bo'lib, juda mayda keratindan tashkil topgan tonofilament, ya'ni protonofibrilla tolachalaridan iborat. Hozirgi zamon tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, tonofibrillalar yonma-yon turgan hujayralar membranasiga tutashib turadi, lekin bir hujayradan ikkinchi bir hujayra sitoplazmasiga o'tmaydi. U epiteliy hujayrasi va to'qimani mustahkamlashda faol ishtirok etadi.
10-§. Epiteliy to'qimasining klassifikatsiyasi Demak, to'qimalar organizmlarning uzoq evolutsiyasi jarayonida divergensiya yo'li bilan bir-biridan ajrab, bo'linib ixtisoslashib borgan. Natijada to'qimalar turi paydo bo'Jgan. Vaqt o'tishi bilan organizmlar bilan bir qatorda to'qimalar turi ham o'z ichida bo'linib, tabaqalanib, yangi ixtisosga ega bo'lgan to'qimalar paydo bo'lgan. Epiteliy to'qimasi ham ana shunday «o'z ichida» bo'linib, ixtisoslashib borgan to'qimadir. Shu jihatdan olib qaraganda epiteliy odam va hayvonlar organizmining ko'p qismiga tarqalib, morfologik tuzilishi va qaysi organni qoplab turishi jihatdan har xil fiziologik vazifalami bajaradigan bo'lgan. Masalan, teri epiteliysi tashqi muhit bilan bevosita bog'iiq bo'lib, tashqaridan bo'ladigan ta'sirdan organizmni saqlab turish, ya'ni himoya 70 qilish vazifasini bajarishga moslashgan. Ovqat hazm qilish sistemasini qoplab turuvchi epiteliy esa organizm trofikasini ta'miclaydi.Shunday qilib, epiteliy to'qimasining o'ziga xos tuzilishi va vazjfasi metodik nuqtai nazardan bir necha xil klassifikatsiyalarning keljb chiqishiga sabab bo'lgan. Hozirgi vaqtda qo'IIaniladigan ana shunday klassifikatsiyalardan asosiysi uchta: 1) morfologik, 2) fjziologik va 3) genetik klassifikatsiyadir. Morfologik klassifikatsiya Morfologik klassifikatsiyada epiteliy to'qimasi hujayralarining shakli, tuzilishi va qavatlar hosii qilishi asos qilib olitigan. Hozirgi vaqtda epiteliy to'qima hujayralarining mikroskopik preparatlarini o'rganishda va o'qishda, asosan, morfologik klassifikatsiyadan foydalanib kelinmoqda, chunki bu klassifikatsiyada epiteliyning tuzilishiga xos barcha xususiyatlar e'tiborga olingan bo'lib, bunda gnitologik preparatlar oson ko'rinadi va o'rganiladi. Shu bilan birga to'qimaning morfofunksional tasviri yaxshi yoritib beriladi. Shuni e'tiborga olib, biz ham epiteliy to'qimadan olingan gistologik preparatlarni ko'rish va o'rganishda asosan shu klassifikatsiyadan foydalanamiz (quyidagi sxemaga e'tibor bering). Epiteliy to'qimasi, yuqorida aytib o'tilganidek morfologik tuzilishi jihatidan ikkita yirik guruhga: bir qavatli va ko'p qavatli epiteliyga bo'linadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling