E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Ichak epiteliysining regeneratsiyasi va yangiianib turishi


Download 1.72 Mb.
bet43/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Ichak epiteliysining regeneratsiyasi va yangiianib turishi
Ichak epiteliysida ham ayrim boshqa epiteliy hujayralariga o'xshash regeneratsiya jarayoni fiziologik va reperativ yo'l bilan boradi. Ichaktardagi regeneratsiya jarayoni hozirgi vaqtda yaxshi o'rganilgan. Masalan, organizmga har xil moddalar yuborish yo'li bilan va ayrim nurlar yordamida ichak epiteliysining tiklanish jarayonida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatib, proliferativ jarayonlar qanday kechayotganiigini aniqlash mumkin. Yuqorida qisman aytib o'tilganidek, hozir aniqlanishicha, ichak kriptalarini tashkil etuvchi hujayralar ko'payish xususiyatiga ega. Ko'paygan hujayralar asta-sekin vorsina uchiga yetib borib, so'ng bazal membranadan ajralib to'kilib tushadi.
87
Endilikda bo'lingan hujayralarning siljish jarayoni va yuqoriga ko'tarilishi natijasida qanday tabaqalanishini va hujayra tarkibidagi moddalar miqdorining o'zgarishini nishonlangan tilidin moddasini hayvon organizmiga yuborib o'rganib chiqilgan. Masalan, sichqon organizmiga yuborilgan nishonlangan tilidin moddasi bir soatdan so'ng deyarli hammasi ichak kriptalari bilan vorsina hujayralariga yig'ila boshlaydi. Oradan 72 soat o'tgach, vorsinalarning yuqori qismida ko'rinadi. Bundan ma'lumki, bo'linish natijasida hosil bo'lgan hujayralar asta-sekin vorsinalar yuqorisiga siljib boradi va to'kilib tushib turgan hujayralar o'rnini to'ldira^li. Ma'lum bo'lishicha, vorsinalardagi epitelip hujayralarining barchasi /angidan tiklanishi uchun 2,5-3 sutka vaqt ketar ekan (K- Leblon).
Shuni aytib o'tish kerakki, chakning epiteliy hujayralarida sodir bo'ladigan har >Jl jarohatlar yon-veridagi hujayralarga ta'sir qilmaydi. Buning asosiy sababi, ichak epiteliysidagi shiddatli fiziologik regeneratsiya kombial hujayralarining muntazam bo'Iinib turish jarayonining o'zginasidir. Kombial hujayralar muntazam bo'Iinib turishi natijasida hosil bo'ladigan yangi hujayralar eskisini siqib chiqarib turadi, oqibatda jarohatlangan hujayra uzoq vaqt dosh bera olmay u ham tushib ketadi. Buning natijasida hujayralar orasiga kirib olgan mikroorga-nizmlar shu hujayralar bilan birga ichak bo'shlig'iga tushadi. Epiteliy hujayralari bu xususiyati bilan yuqorida eslatib. o'tilganidek, to'qimalarni boshqa yot moddalardan va mikroorganizmlardan muttasil tozalab turadi va ularning qonga so'rilnshiga imkon bermaydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling