E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet41/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

82
10-rasm. Siydik yig'uv nayining silindrsimon epiteliysi.
Gemotoksilin - eozin bilan bo'yalgan (400 marta katta):
1 - silindrsimon epiteliy; 2 - bazal membrana;
3 - nay atrofini o'rab turuvchi biriktiruvchi to'qima va tomirlar.
Uning bu shakli qadahni eslatgani uchun uni bir hujayrali qadahsimon bez deb yuritish rasm bo'lgan. Mazkur hujayraning asosiy vazifasi ichak bo'shlig'iga o'z mahsulotini, ya'ni sekretini chiqarib berishdan iborat. Bu bilan u ichaklar devorini mexanik va kimyoviy ta'sirdan saqlaydi, ichak bo'shlig'idagi ovqat mahsulotlarining so'rilishini va surilishini ta'minlaydi. Shunday qilib, bez sekreti ovqat hazm qilish jarayonini ta'minlashda faol ishtirok etadi. Ingichka va yo'gon ichakning epiteliy hujayralari bajaradigan vazifasiga qarab o'ziga xos morfologik tuzilishga ega. Ular so'rish vazifasiga moslashib, apikal qismida so'rib berish jiyagini, ya'ni kutikulasini hosii qiladi. Bunday hujayralarga bir qatorli jiyakli epiteliy ham deyiladi. Ichaklarda so'rilish jarayoni jadal sur'atlar bilan boradigan qismlaridagi jiyakli epiteliy hujayralari organizmda muhim vazifalarni bajaradi, ular ovqat so'riladigan yuzani yetarii darajada, masalan, 25-35 baravar kattalashtiradi va faol so'rilishni ta'minlaydi.
Jiyakli epiteliy ingichka ichak epiteliysida boshqa joydagiga nisbatan yuqori darajada tabaqalanadi. Jiyakli hujayralar elektron mikroskopda tekshirilganda-hujayraning apikal qismida mayda, ko'p miqdorda barmoqsimon protoplazmatik o'simtalardan iborat ekanligi aniqlangan. Ular vorsinalar bilan qoplangan bo'lib, mikrovorsinali
S3
hujayralar deyiladi. Mikrovorsinalarning soni har xil, asosan hujayralar bo'linishidan keyingi davrga bog'liq. Masalar., dengiz cho'chqasi ichak epiteliysining yangi bo'lingan hujayralarida, o'rta hisobda, 280 ga yaqin bo'ladi. O'lchami 1 mm2 keladigan ichak yuzasida 200 ming dona mikrovorsina uchrashi mumkin.
Yuqori darajada tabaqalangan, o'z vazifasini toia bajarish xususiyatiga ega bo'lgan ichak hujayralarida mikrovorsinalar miqdori juda ko'p mingtaga yaqin bo'lishi mumkin. Hujayralaming o'rta qismida esa undan ham ko'p bo'lishi mumkin. Aksincha, hujayralaming uchida kam bo'ladi, bu yerda hujryralar asta-sekin eskirib, o'z vazifasini o'tab bo'lganidan so'ng ajralh, ichak bo'shlig'iga to'kilib tusha boshlaydi. Ular o'rnini yetilib kelayotgan yosh hujayralar egallaydi.
Ichak shilliq qavatida bo'li lish xususiyatiga ega bo'lgan kambiy hujayralari joyLshgan. Bular bir nechta bo'lib ichak shilliq qavatiga o'sib kirgan bo'ladi. Epiteliyining bu qismiga kriptalar deyiladi. Ular muttasil ko'payib turish xususiyatiga ega. Bunda ham bo'linish natijasida hosil boigan yosh hujayralar to'kilib turadigan hujayralar o'rnini to'ldirib boradi.
Keyingi yillarda elektron mikroskop va gistokimyoviy tekshirish usullari yordamida jiyakli hujayra va ayniqsa jiyak tarkibida har xil fermentlar, ya'ni lipaza va fosfataza, mukopolisaxaridlar topilgan. Ular ta'sirida ichaklarda qisman parchalangan oziq moddalar, u erda, ya'ni hujayra membranasidan o'ta oladigan aminokislotalar, qand, yo'g' kislota va boshqa moddalar to'la narchalaiib qonga so'riladi.
Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, kriptalardagi bo'linishdan so'ng hosil bo'lgan hujayralar tabaqalanish jarayonida tarkibidagi fermentlarning aktivligi ham kuchayib borar ekan. Shunday qilib, tabaqalanayotgan bu hujayralarda interfaza aktivligi 31 marta, ishqoriy fosfataza 60 marta, esteraza 4 marta, leykosinaminopeptidaza 4 marta ortiq aktivlashib boradi (H.L.Webster, 1969). Bu fermentlar asosan mikrovorsinaiarni qoplab turuvchi hujayralar plazmolemmasida topilgan. Ularning aktivlashishi ichaklar devorida ovqat parchalanishining murakkab jarayoni kechishidan darak beradi. Mikrovorsinkalar ichida ingichka naychalar bo'lib, ularning diametri 100-200 A ga teng. Ular orqali so'rilgan oziq moddalar hujayralarga, so'ng qon tomirlariga o'tadi. Shuni aytib o'tish kerakki, mikrovorsinkalar bir-biriga nisbatan nihoyatda zich joylashadi. Ular orasiga hech qanday mikroorganizm kira olmaydi. Faqat har xil kasaiiiklar natijasida ichakning vazifalari buzilganda mikrovorsinkalar
8-1
orasi ochilib qolishi mumkin. Natijada ular orasiga mikroorganizmlar kirib, tayyor oziq bilan oziqlanishi, so'ng ko'payib qonga so'rilishi mumkin.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling