E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Bir qatorli prizmasimon (silindrsimon) epiteliy


Download 1.72 Mb.
bet40/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Bir qatorli prizmasimon (silindrsimon) epiteliy hujayralari bazal membranada joylashadi, 6,7,8 qirrali prizmaga o'xshab ketadi, ovalsimon yoki yumaloq shakldagi bitta yadroga ega. Hujayralarining bo'yi birbiriga teng bo'lgani uchun ularning yadrosi ham bir xil tekislikda, bir qator bo'lib, hujayraning bazal qismida joylashadi. Prizmasimon (silindrsimon) hujayralarning bo'yi eniga nisbatan uzun. Bazal qismlari bevosita bazal membrana bilan tutashgan, apikal qismlari esa bo'shliqqa qaragan bo'lib, organizmda uchraydigan joyiga va bajaradigan vazifasiga ko'ra o'ziga xos morfologik tuzilishga ega bo'ladi.
81

9-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy.
Buyrak preparati. Gemotoksilin eozin bilan bo 'yalgan
(400 marta katta):
1 - siydik naychasining ichki bo'shlig'i; 2 - kubsimon epiteliy hujayralari; 3 - bazal membrana; 4 - biriktiruvchi to'qima va tomir.
Sutemizuvchi hayvonlarda bir qavatli silindrsimon epiteliy me'da va ichaklarning ichki yuzalarini, o't pufagi, ko'p hujayrali tashqi sekretsiya bezlarining yirik chiqaruv kanalchalari devorini, me'da osti bezi, so'Iak bezlari, jigar va buyrak kanalchalari, bachadon va uning naychasi devorini qoplab turadi (10-rasm). Morfologik tuzilishiga ko'ra silindrsimon epiteliy hujayralar: mikrovorsinkali, kiprikli va xivchinli 'bo'ladi.
Bir qatorli prizmasimon mikrovorsinkali epiteliy hujayralari, asosan ovqat hazm qilish yo'li devorida uchraydi, ya'ni, asosan, ingichka va yo'g'on ichaklar devorini qoplab turadi. Shuning uchun, bu epiteliyni ichak epiteliysi, yoki suruvchi epiteliy ham deyiladi. Bu hujayralar silindrsimon, ya'ni bo'yi eniga nisbatan ancha uzun, ko'p qirrali bo'lib, bazal membranada bir qavat bo'lib joylashgan. Bunday epiteliy hujayralarining shakli bir xil bo'lgani uchun ularning yadrosi ham bir tekisda, bir qatorda joylashgan bo'ladi. Ingichka va yo'gon ichakning mikrovorsinali epiteliy hujayralari orasida prizmasimon shakli bilan ajralib turadigan bir hujayrali qadahsimon bez hujayralari ham ko'p miqdorda uchraydi. Odatda, bu hujayralarning apikal qismi qisman kengaygan bo'lib, bazal qismiga tomon ingichkalashib boradi va organ tashqarisidan xuddi hujayrani tutib turuvchi oyoqchaga o'xshab ko'rinadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling