E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Ko'p qavatli muguzlanuvchi yassi epiteliy
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Ko'p qavatli muguzlanuvchi yassi epiteliy. Bu epiteliy odam va hayvonlar terisining yuzasini qoplab turadi. Ma'lumki, teri, asosan, ikkita qalin qavatdan tuzilgan. Birinchnsi, tashqi epiteliy hujayralardan tashkil topgan epidermis, ikkinchisi, uning ostida joylashgan asosiy qavat - dermadir. Ularning o'rtasida bir-biridan ajratib turuvchi bazal membrana joylashgan. Epidermisning o'zi bir necha qavatni tashkil etuvchi epiteliy hujayralardan iborat (14-rasm). Har bir qavat hujayralari morfoiogik tuzilishi va vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Epidermis 4-5 qavat hujayralardan tashkil topgan. Terining tuk bo'lmagan qismiga kaft va tovon yuzalari kiradi, bu joylarda epidermis 5 qavatdan iborat. Epidermisning qolgan qismi 4 qavatdan iborat bo'lib, ularda beshinchi yaltiroq qavat bo'lmaydi:
1. Birinchi pastki - bazal qavat ko'p qirrali silindrsimon, bir qator joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Ular bazal membrana ustida joylashib, u bilan bevosita tutashib turadi. Har bir hujayraning bazal, ya'ni membranaga qaragan qismida ko'pgina barmoqsimon o'simtalar bo'lib, ular membranaga o'sib kiradi va u bilan jips tutashib ketadi. Bunday tutashish ikkita yonma-yon joylashgan hujayralarning desma-somalar yordamida birikishidan farq qiladi, sabab - bu yerda hujayralararo birikish bo'lmay, hujayra bazal membrana bilangina birikadi. Shuning uchun, bunday birikishga yarim birikish, ya'ni 94 gemodesmasomalar yoki polidesmasomalar yordamida birikish deyiladi. Bazal hujayralaming yon tomonlaridan ham hujayralararo bo'shliqqa ko'pgina mikrovorsinalar o'sib chiqadi. Bu barmoqsimon o'simtalar va mikrovorsinalar terining pastki qavatidan oziq moddalarni so'rib, yuqori qavat hujayralariga uzatadi. Bazal hujayralar doim bo'linib turadi, shuning uchun, ularni kombial, ya'ni bo'linish xususiyatiga ega hujayralar deyiladi. Bo'linish natijasida hosil bo'lgan yangi hujayralar muntazam ravishda yuqori qavatga o'tib, uni to'ldirib turadi. 2. Bazal hujayralar qavatidan so'ng ikkinchi, ya'ni tikanli hujayralar qavati keladi. Bu o'z navbatida bir necha qavat hujayralardan tashkil topgan. Ko'pincha bu ikkala qavat birgalikda o'suvchi qavat ham 14-rmm. Ko 'p qavatli muguzlanuvchiyassi epiteliy. Barmoq terisida,. tayyorlangan preparat: 1 - muguz qavat: 2- yaltiroq qavat; 3 - donador hujayralar qavati: 4 - tikansimon hujayralar qavati: 5 - bazal hujayralar qavati; 6 - bazal membrana; 7 - ter bezlarinnig chiqaruv kanalchalari; 8 - biriktiruvchi to'qima. deyiladi, chunki tikanli qavat hujayralarinnng ham ko'pchiligi bo'linish xususiyatiga ega bo'lib, epidermisning o'sishida ishtiroki bor. Bu qavatni tashkil etuvchi hujayralar noto'g'ri shaklda, o'zidan qanotsimon 95 (tikansimon) o'simtalar chiqarib, atrofdagi hujayralar bilan tutashib turadi va to'qima mustahkamligiki ta'minlaydi, bu o'simtalarga desmosomalar deyiladi. Elektron mikroskopda tekshirish shuni ko'rsatadiki, bu desmosomalar qadim ta'rif qilinganidek, bir hujayradan ikkinchi hujayraga kirib bormas ekan. Hujayra plazmolemmasining desmosoma fibrillalari tutashgan joylari qisman qalinlashadi va hujayralararo moddalar yordamida qattiq qotadi, shu bilan hujayralararo mexanik jipslashish sodir bo'ladi. Hujayra sitoplazmasi tomonidan har bir desmosomaga mayda fibrillalar kelib tutashadi, ular yig'indisiga esa tonoflamentlar deyiladi. Gistokimyoviy usullarda tekshirish shuni ko'rsatdiki, ilazmolemmaning qalinlashgan qismi va shu yerda hosil bo'lgan hujayralarning oraliq moddasi asosan oqsillardan va mukopolisaxaridlardan tashkil topgan. Binobarin, bazal hujayralarning bazal membrana bilan birikishi ham xuddi shu yo'sinda sodir bo'ladi. Lekin bunda yonma-yon joylashgan ikkita hujayra tutashmay, balki hujayra pastki tomonida bazal membrana bilan tutashadi. Shuning uchun, bu yerda desmosomalar faqat bazal hujayralarining yon tomonidagina ko'rinadi. Bu yerda ham plazmolemmalar qalinlashadi va desmosoma fibrillalari hujayralararo moddalar yordamida jipslashadi, tarkibi ham oqsil va mukopolisaxaridlardan iborat. Tikanli qavat hujayralarining boshqa hujayradan asosiy farqi shundaki, ularning sitoplazmasida protonofibrillalar nisbatan ko'p bo'ladi. Uiar oddiy mikroskopda ham yaxshi ko'rinadigan tonofib-rillalardir. 3. Donador qavati tashkil etuvchi hujayralar sitoplazmasida to'q bo'yaladigan ko'pgina yirik donachalar bo'ladi. Ular fibrillar oqsil moddasidan tashkil topgan bo'lib, unga keratogialin donachalari deyiladi. Epidermisning yuqorigi yaltiroq qavatida bu modda eleidin, muguzlanuvchi qavatida keratin moddasiga aylanadi. Keratogialin donachalarining tarkibi polisaxaridlar, lipidlar va qisman oqsillardan tashkil topgan. Bu hujayralar bir necha desmosomalar yordamida bir-biri bilan birikib, to'qroq bo'yaladigan yadroga ega. Sitoplazmasida donachalardan tashqari, ko'p miqdorda ipsimon mayda strukturalar uchraydi, ular protofibrillalar yig'indisidir. 4. Yaltiroq qavat yuqorida aytib o'tilganidek, terming tuksiz joylarda, ya'ni qo'l kaft bilan oyoq kafti yuzalarida uchraydi. Terining boshqa qismlarida uchramaydi. Bu qavat hujayralari va ularning chegaralari oddiy mikroskopda ko'rinmaydi. Hujayra sitoplazmasiga nurni kuchli singdiruvchi eleidin moddassi shimilgan, shuning uchun 96 oddiy mikroskopda u yaltiroq lentaga o'xshab ko'rinadi. Bu qavat hujayralarini ko'rish uchun o'ziga xos bo'yash usulidan foydalanish kerak. Yaltirok qavat 1-2 qavat yassi hujayralardan tashkil topgan, yadro va sitoplazmasida asta-sekin degenerativ (karioreksiya) o'zgarishlar yuz berib, bu yerda muguzlanuvchi qavatni tashkil etuvchi muguz tangachalar hosil bo'la boshlaydi. Buning natijasida, eleidin moddasidan keratin, ya'ni muguzlanuvchi qavat moddasi shakllanadi. Terining yaltiroq qavati bo'lmagan joylarda esa bu modda keratogialin va tonofibrillar moddalardan tashkil topgan bo'ladi. 5. Muguzlanuvchi qavat ichi muguz moddasi va xoanadan iborat yassi hujayralardan tashkil topgan. Terining yuza qismida joylashgan muguz tanachalar doim yonida joylashgan hujayralardan ajralib tushib, ularning o'rnini o'sish qavatida hosil bo'lgan hujayralar toidirib turadi. Bu jarayon organizm oxirigacha sodir bo'lib, bunga teri epidermisining fiziologik regeneratsiyasi deyiladi. Teri epidermis qavatining, yuqorida aytib o'tilganidek, murakkab mikroskopik tuzilishi organizmni har xil tashqi ta'sirdan himoya qilishga moslashgan. Terining nihoyatda egiluvchan hujayralari zich joylashgan bo'lib, kasallik qo'zg'atuvchi har xil mikroorganizmlarni o'zidan o'tkazmaydi. Shu bilan birga u terini qurib qolishdan saqlaydi va organizmning termoregulatsiyasini tartibga soladi. Tashqaridan har xil omillar ta'sir ettirib, muguzlanish jarayonini tezlatish yoki sekinlatish mumkin. Masalan, karbonat angidrid (SO2), A vitamin yetishmasligi va gidrokortizon hamda esterogen gormoni bu jarayonni tezlatsa, rentgen nuri sekinlashtiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling