E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-rasm. Ko'p qavatli muguzlanmaydiganyassi epiteliy. Ko'zning


Download 1.72 Mb.
bet50/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

15-rasm. Ko'p qavatli muguzlanmaydiganyassi epiteliy. Ko'zning muguz pardasi:
1- yassi hujayralar qavati; 2 - tikansimon hujayralar qavati; 3 - bazal hujayralar qavati; 4 - bazal membrana; 5 - biriktiruvchi to'qima.
98
yuqorigi qavatga o'sib chiquvchi hujayralar egallab boradi, bunday hodisa haqida oldin ham bir necha marta gapirilgan.
Jarohat natijasida epidermis qavatlari tiklanishi bilan bir qatorda derma qavatida ham tiklanish jarayoni yuz beradi. Binobarin, derma bilan epidermis o'rtasida bazal membrana hosil bo'ladi.
Hozirgi tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, jarohatlangan yuza kupayish natijasida hosil bo'lgan hujayralar bilan qoplanmay, aksincha jarohat atrofidagi hujayralaming jarohat yuzasiga sunlishi hisobiga qoplanadi. Demak, jarohat atrofidagi sog'lom epidermis hujayralari bir-biri bilan yaqinlashib, jarohat yuzasining bitishiga sabab bo'ladi. Bunda dastlab 1-3 qavatdan tashkil topgan parda paydo bo'lib, so'ng qolgan qavatlar hosil bo'ladi.
Ko'p qavatli muguzlanmaydigan kubsimon epiteliy. Epiteliy bu turining tuzilishi ham ko'p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliyning tuzilishiga o'xshaydi. U, asosan, baliqlar hazm qilish yoiining xalqum va qizilo'ngachga o'tish chegarasida, shuningdek, qushlar tuxumdo-nining follikullari devorida, yog' hamda ter bezlarining sekret chiqarish yo'llarida uchraydi. Ayrim hollarda mazkur kubsimon epiteliy kiprikchali bo'ladi. Shunga ko'ra u ko'p qavatli muguzlanmaydigan kubsimon kiprikchali epiteliy deb yuritiladi. U aksariyat ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlarning og'iz bo'shlig'i epiteliysida bo'ladi. Uning ikkinchi nomi hilpillovchi epiteliydir.
Ko'p qavatli muguzlanmaydigan prizmasimon epiteliy. Bu epiteliyning tuzilishi ham ko'p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliynikiga o'xshaydi. U sutemizuvchi (platsentar) hayvonlarning (odamning ham) moyak ortig'i payida, urug' yo'lida, quloq oldi so'lak bezlari sekret chiqaruv yoiining oxirgi boiimida, burun bo'shlig'ida va ayrim sut emizuvchi hayvonlarning bachadonida bo'ladi. Uning ham ko'p qavatli muguzlanmaydigan prizmasimop kiprikchali (yoki hilpillovchi) epiteliy deb nomlanuvchi turi bor. Bu epiteliylar aksariyat kavsh qaytaruvchilar ayrim turining bachadonida va qushlarning tuxum yo'li bilan bachadonida uchraydi. U ikki qavat: bazal qavat va apikal qavat hujayralardan tashkil topgan. Bazal qavat, odatda, bazal membranada joylashgan bo'ladi. Apikal qavatning bo'sh yuzasida kiprikchalari bo'ladi. Shu kiprikchalari qatorida epiteliy hujayralari mikrovorsinalar hosil qiladi. Uning shu jihati tufayli bunday eptiteliyni ko'p qavatli muguzlanmaydigan prizmasimon mikrovorsinali epiteliy deyiladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling