E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet53/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Ko'p qavatli epiteliy regeneratsiyasi va uning yangilanib turishi
Ma'iumki, teri ustki qavatining hujayralari muttasil to'kilib, o'rnini pastki qavat hujayralari to'ldirib turadi. Terida sodir bo'lib turadigan bunday jarayonga uning fiziologik regeneratsiyasi deyiiadi. Aniqroq qilib aytganda, epidermisning o'sish qavatidagi hujayralar doim bo'linib turadi, yangi hosil bo'igan hujayralar yuqori qavatlar tomon siljiydi va to'kilgan hujayralar o'rnini egallaydi.
Bir qavatli epiteliy to'qimasida faqat bazal hujayralar ko'payadi, ko'p qavatli epiteliyda esa hamma bazal hujayralar va muguzlanuvchi ayrim (shox) qavat hujayralari ko'payadi.
Teriga bo'ladigan har xil tashqi ta'sir (mexanik, kimyoviy, operativ va hokazolar) natijasida nobud bo'igan to'qimalar o'rnining tiklanishiga, ya'ni jarohat bitishiga reporativ regeneratsiya deyiiadi.
102
Reporativ regeneratsiya, odatda, jarohatiangan joyda qon oqishi butunlay to'xtagandan so'ng boshlanadi. Qon chiqib turgan jarohat yuzasi bitmaydi. Qon oqishi to'xtashi biian dastlab kesilgan va hamma jarohatlatgan hujayralar nobud boiib, tashqariga chiqadi. Jarohatiangan yuza chegarasidagi hujayralar jadal ravishda ko'paya borib, qotgan qon ostiga o'sib kiradi va ochiq yuzani asta-sekin berkitadi. Qotgan qon tushganidan so'ng ko'paygan hujayralardan epidermisning boshqa qavat hujayralari rivojlanadi. Ba'zan shunday ham bo'ladiki, jarohatiangan joyda sog' joydagiga qaraganda ko'proq (ortiqcha) hujayralar qatlami hosil bo'ladi. Bu o'rinda yana shuni aytib o'tish kerakki, agar jarohatga infeksiya tushib, uni yiringlatib yubormasa, jarohat bitgan joyda ter va yog' bezlari tiklanishi va hatto tuk chiqishi mumkin. Bu hodisa aksariyat sog' epiteliyning jarohatiangan yerdagi to'qima ustiga chiqib borishidan yuzaga keladi. Yuqorida aytib o'tilganlarni umumlashtiradigan boisak, jarohat, birinchidan, yangi to'qimaiar yuzaga kelishidan, ikkinchidan, jarohat chetlarining sog' to'qimaiar tomonidan siqilib kelishidan, uchinchidan, sog' to'qimalarning jarohatiangan go'qima ustiga chiqib borishidan bitar ekan.
Ko'p qavatti epiteliyning qiyosiy gistologik element la ri
Ma'lumki, umurtqali hayvonlarning barchasida qoplovchi epiteliy ko'p qavatlidir. Shunga asoslanib, ko'p qavatli epiteliy qiyosiy o'rganilar ekan, umurtqali hayvonlarning qoplovchi epiteliysi xususida fikr yuritamiz. Chunonchi, to'garak og'izlilar bilan baliqlarning epiteliysi (epidermisi) garchi ular qavati juda ko'p bo'lmasada, hamisha ko'p qavatlidir. Uning xarakterli tomoni shundaki, epiteliy bag'rida shilliq, oqsil hujayralari bilan birga kolbasimon bez hujayralari ham bo'ladi. Mana shu bez hujayralari oqsil va mukopolisaxaridlar aralashmasidan iborat maxsus «qo'rqitadigan» modda ajratadiki, bundan xabar topgan baliqlar to'dasi qochish taraddudini ko'radi. Bundan farqli oiaroq, boshqa bir xil baliqlar epiteliysida temir xloridli hujayralar bo'lib, ular baliq tanasidagi osmotik bosimning bir xilda saqlanib turishiga xizmat qiladi. Epiteliy hujayralarining usti mikrovorsinalar bilan qoplangan bo'ladi. Amfibiyalarda qoplovchi epiteliy yuqorida ta'riflanganidek, xiyol muguzlangan bo'lib, bezlari boimaydi, shilimshiq bezlardan tashqari, 4-6 qator o'suvchi hujayra qavatlaridan va 1-2 muguzlangan hujayra qavatidan iborat. Aksariyat hollarda o'suvchi qavat bilan ustki hujayralar qavati o'rtasida oraliq boimaydi.
103
Ko'pincha ustki qavatning muguzlangan hujayralarida yadro saqlanib qolgan bo'ladi. Epiteliyda keratogialin donachalar bilan tonofila-moltlarning qayta tashkil topishi munosabati bilan unda keratin hosil bo'lib turadi. Reptiliyalarda teri epiteliysi yaxshigina muguzlangan bo'ladni Muguz tangachalar, xatto butun bir sovut hosil qiladi. Tangachalar bo'rtgan shaklda, plastinkaga o'xshagan bo'lishi mumkin. Shakli qanday bo'iishidan qat'iy nazar, cherepitsa singari bir-birining ustiga mingashib joylashadi. Ba'zi reptiliyalarning, masalan, toshbaqalarning qorni bilan ustidagi tangachalar butun boshli toshdek qalqon hosil qiladi. Timsohlarda esa ko'pincha tangachalar ostida, ya'ni terining biriktiruvchi to'qima qismida tangachalarning har qaysisiga aloqador suyak plastinkalar bo'ladi. Reptiliyalar terisida hech qanday bezlar bo'lmaydi. Ammo epiteliy qatlamidan narida maxsus sekret ishlab chiqaradigan bezlar bo'lishi mumkin. Chunonchi, timsohiarnnng pastki jag'ining ikki yon tomonida bir juft muskat bezlari bo'ladi, toshbaqalarda esa xuddi shu singari bez qaiqonining qorin qismi bilan ustki qismi tutashganjoyda bo'ladi. (18-rasm.)


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling