E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-rasm. Ozgaruvchan epiteliy. Qovuqning ichki yuzasini qoplovchi epiteliy (epiteliy tortilgan holat)
=:?:-2«»J
16-rasm. O'zgaruvchan epiteliy. Qovuqning ichki yuzasini qoplovchi epiteliy (epiteliy tortilmagan holat): 1-qoplovchi hujayralar qavati; 2-bazal va oraliq qavat hujayralari; 3-amitoz va mitoz yo'li bilan bo'linayotgan hujayralar; 4-biriktiruvchi to'qima. 17-rasm. O'zgaruvchan epiteliy. Qovuqning ichki yuzasini qoplovchi epiteliy (epiteliy tortilgan holat): 1-qoplovchi hujayralar qavati; 2-bazal va oraliq qavat hujayralari; 3-biriktiruvchi to'qima. orasida ulardan yirikroq, lekin bo'yoqlarda yaxshi bo'yalmaydigan, sitoplazmasida RNK kam bo'lgan hujayralar ham uchraydi. Oraliq qavat hujayralari noksimon yoki shakli noto'g'ri bo'lib, bir yoki ikki qavatni tashkil etadi. Ular ingichka, sitoplazmatik o'simtadan iborat oyoqchalari bilan bazal membranaga tutashib turadi. Sitoplazma qismi bo'yoqlarda yaxshi bo'yalmaydi, ya'ni bazofil xususiyati.-u yo'qotadi. Yosh hayvonlarda bu bir qavat hujayralardan tashkil topgan bo'Iadi, hayvonlarning yoshi kattalashgan sari ikki qavatga aylanadi. Hujayralar bir-biriga nisbatan zich joylashishiga qaramasdan, ularning chegarasi yaxshi ko'rinib turadi. Yuqori, ya'ni qollovchi qavat, bir-biriga nisbatan qatlam hosil qilib tuzilgan, shakli piramidasimon hujayralardan iborat. Mitoz yo'li bilan ko'payishi natijasida ko'p yadroli hujayralar yaxshi ko'rinadi, 101 yadrolarining soni ikkitadan o'ntagacha bo'lishi mumkin. Yuqori qavat hujayralar organlarning bajaradigan vazifasiga qarab o'z shaklini o'zgartirib turadi. Ichi siydikka toia qovuqda hujayralar yassilanib borsa, u bo'shashi bilan piramidasimon shaklga kiradi. Hujayralarning apikal qismida kutikula shaklida jiyak bo'lib, ustki qismi mukopolisaxaridlar, ya'ni sialomutsin moddasi bilan qoplangan bo'ladi. O'simlik bilan oziqlanuvchi hayvonlarning siydik pufagida shilliq parda qavati yaxshi rivojlangan bo'lib, o'rta qavat hujayralarining sitoplazmasida ham sekretor tomchilari uchraydi. Gistokimyoviy metodlar va elektron mikroskopda o'rganish natijasida yuqori qavat hujayralari orasida sekretor hujayralar borligi aniqlangan. Bunday hujayralar qo'y, maymun, ot va boshqa hayvonlarning siydik pufagida (qovug'ida) ham uchraydi. To'qima yuzasiga ishlab chiqarilgan shilliq modda to'qimani siydikning zaharli ta'siridan him'oya qiladi va siydik tuzlari bilan aralashib, ularning cho'kishiga, Uzoq turib qolishiga to'sqinlik qiladi. O'zgaruvchan epiteliyda regeneratsiya jarayoni muttasil sodir bo'lib turadi. Siydikni analiz qilib bunga ishonch hosil qilish mumkin. Odatda, sog'lom odamning siydigi tarkibida epiteliy hujayralari uchraydi. Ular to'qimaning yuqori qavatlaradan tushib turgan hujayralardir (fiziologik regeneratsiya). Har xil patologik jarayonlarda mana shu regeneratsiya tezlashishi va siydik tarkibidagi epiteliy hujayralari soni ortib ketishi mumkin (reporativ regeneratsiya). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling